Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


-Qayroqqum, 2- Chimqo’rg’on, 3- Kattaqo’rg’on, 4-Chorbog’, 5- O’rtato’qay suv omborlari


Download 158.75 Kb.
bet7/8
Sana08.03.2023
Hajmi158.75 Kb.
#1250585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqilish2

1-Qayroqqum, 2- Chimqo’rg’on, 3- Kattaqo’rg’on, 4-Chorbog’, 5- O’rtato’qay suv omborlari

Suv omboriga quyilayotgan daryo suvlari harorati undagi suv haroratiga nisbatan ancha sovuq bo‘ladi. Shu sababli ham suv omboriga daryolar keltirib quyadigan suv uning tubiga tushadi. Shuning uchun ham bahor­yoz oylarida suv omborlari tubidagi suv harorati ularning yuza qismidagidan 80-100 S farq qiladi. Kuz-qish oylarida esa, aksincha, suv omboriga quyiladigan daryolar suvi keskin kamayadi. Natijada suv ombori yuzasidan tubiga qarab suv harorati ko‘tarilib boradi. Bunga misol qilib Chorbog‘ suv omborini keltirish mumkin.



Suv omborlar dinamikasi. Ma’lumki, yer yuzidagi ayrim daryolar juda ham loyqa oqadi. Natijada bunday daryolarda barpo etilgan suv omborlarini tez loyqa bosa boshlaydi, oqibatda ularning suv sig‘imi yildan-yilga kamaya boradi. Ayrim hollarda esa ular bir necha yil maboynidayoq daryolar oqimini jilovlab turish uchun yaroqsiz holga keladi. Masalan, Turkmaniston Respublikasidagi Murg‘ob daryosida barpo etilgan Sultonbent suv omborining suv sig‘imi qurilganidan keyin 15 yil ichida 70 foizga kamayib qolgan. Umuman, shuni ta’kidlab o‘tmoq zarurki, tez loyqa bosa borganligi sababli tog‘li hududlardagi suv omborlarining "umri" qisqa bo‘ladi.
Ana shu xususiyatiga ko‘ra ular tekisliklardagi suv omborlaridan tubdan farq qiladi.
Suv omborlariga daryo yoki kanallar suvi bilan oqib keladigan loyqa oqiziqlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, Kattaqo‘rg‘on suv omboriga kanal orqali kelib quyilayotgan suv bilan birga sekundiga 22 kg yoki aniqrog‘i har yili o‘rta hisobda 0,847 mln. metr kub oqiziqlar kelib cho‘kadi. Natijada suv omborining sig‘imi yiliga shuncha miqdorga qisqaradi. Loyqa oqiziqlarning cho‘kishi tufayli Kosonsoy suv ombori hajmi u qurilganidan boshlab har 10 yilda 2,5 foizdan 3 foizgacha qisqarmoqda. Quyimozor suv omboriga kelib quyilayotgan suv sekundiga o‘rtacha 50 kg ga yaqin loyqa oqiziqlarni keltirib yotqizadi. Shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Download 158.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling