Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Suv omborlari geografiyasi


Download 158.75 Kb.
bet2/8
Sana08.03.2023
Hajmi158.75 Kb.
#1250585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqilish2

Suv omborlari geografiyasi.Suv omborlar qurish o‘lkamiz kabi qurg‘oqchil hamda qishloq xo‘jaligi sug‘orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko‘pchilik suv omborlarni qurishda ekinzorlarni suv bilan ta’minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta’minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi.
Yer sharida juda ko‘p suv omborlar qurilgan. Dunyodagi eng yirik suv ombor Viktoriya-Nil daryosida qurilgan Ouen­Fols (Viktoriya) suv ombori bo‘lib, u Keniya, Tanzaniya, Uganda davlatlari hududida joylashgan. Uning suv sig‘imi 205 km3 bo‘lib (Viktoriya ko‘li bilan qo‘shib hisoblanganda), Nil daryosi oqimini yillararo boshqarishga mo‘ljallangan. Rossiya hududida joylashgan Bratsk (Angara daryosi), Krasnoyarsk (Enisey daryosi), Kuybishev (Volga), Qozog‘istondagi Buxtarma (Irtish) kabi suv omborlar nafaqat mazkur mamlakatlar hududida, balki butun Yevrosiyo materigida ham eng yirik suv omborlar hisoblanadi.
Daryolar suvidan yanada unumliroq foydalanish maqsadida O‘rta Osiyoda keyingi yillarda bir qancha suv omborlar loyihalandi va qurildi (1-jadval). Ularning ko‘pchiligidan bir yo‘la qishloq xo‘jaligi, sanoat, baliqchilik va energetika maqsadlarida foydalanish mumkin. Ana shunday suv omborlariga Sirdaryodagi Chordara, Qayroqqum, Chirchiq daryosidagi Chorbog‘ kabilar misol bo‘ladi. Ayni paytda Norin daryosida To‘xtag‘ul, Qoradaryoda Andijon, Vaxsh daryosida Norak va qurilayotgan Ragun kabi yirik suv omborlari qurib bitkazildi. Bu suv omborlar to‘g‘onlarida suv elektr stansiyalari (GES) qurilib, ular hozirgi kunda juda katta elektr energiyasi manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
1-jadval. O‘rta Osiyo hududidagi eng yirik suv omborlari

O‘zbekistonda XX-asrning birinchi yarmida Zarafshon vodiysida Kattaqo‘rg‘on, Kosonsoy daryosida Kosonsoy va Sirdaryoda Farhod suv omborlari qurilgan edi.
Ma’lumki, 1950 yillardan Respublikamizda sug‘orma dehqonchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlana bordi, minglab gektar bo‘z va qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi. Bir vaqtning o‘zida Chirchiq, Angren, Bekobod, Olmaliq, Navoiy shaharlari kabi yirik­yirik sanoat markazlari bunyodga keldi. Natijada suvga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortib ketdi. Shu tufayli O‘zbekiston daryolarida ko‘plab suv omborlari qurish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Zarafshon etagida Quyimozor, Qashqadaryoda Chimqo‘rg‘on, Surxondaryoda Janubiy Surxon va Uchqizil, Tupalang, Ohangaronda Tuyabo‘g‘iz suv omborlari qurilib, ishga tushirildi. 1960 yillarda esa Chirchiq daryosida Chorbog‘, Ohangaron daryosida Ohangaron (Turk), Qashqadaryo havzasida Tolimarjon suv omborlari barpo etildi. 1970 ­yillarga kelib, ancha yirik bo‘lgan Andijon (Qoradaryo), Tuyamo‘yin (Amudaryo) kabi suv omborlari qurildi. Respub­likamizda ishlab turgan, nisbatan yirik hisoblangan suv omborlari to‘g‘ri­sidagi ba’zi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.

Download 158.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling