Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Download 158.75 Kb.
bet4/8
Sana08.03.2023
Hajmi158.75 Kb.
#1250585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqilish2

Foydasiz hajm daryo oqimini boshqarishda ishtirok etmaydi, lekin suv inshootidan samarali foydalanishda u muhim ahamiyatga ega. Jumladan, loyqa oqiziqlarning cho‘kishini, GES ni zarur napor bilan ishlashini ta’minlash foydasiz hajm o‘lchami bilan bog‘liqdir.
Foydali yoki ishchi hajm MDS va FHS orasida joylashgan bo‘ladi. Daryo oqimi asosan shu hajmda boshqariladi.
Suv omborlarning tasniflari. Daryo va soylar oqimini tartibga solish sharoitiga bog‘liq holda suv omborlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
a) daryolar oqimini kun yoki hafta davomida tartibga solib turadigan suv omborlari. Bunday suv omborlarini qurishdan asosiy maqsad sanoat korxonalari, aholi punktlari, chorvachilik fermalarini suvga bo‘lgan ehtiyojini doimiy ta’minlashga erishishdir;
b) daryolar oqimini mavsumlararo tartibga solishga mo‘ljallangan suv omborlari. Bunday suv omborlarining asosiy vazifasi to‘linsuv va toshqin davrlarida suvni to‘plash va undan daryolarda suv kamaygan paytlarda foydalanishdir. O‘lkamizdagi ko‘pgina suv omborlari shu turga mansubdir. Misol qilib Kosonsoy, Chorbog‘, Andijon, Pachkamar, Tolimarjon kabi suv omborlarini aytib o‘tish mumkin;
v) daryolar oqimini yillaroaro tartibga solishga mo‘ljallab qurilgan suv omborlari. Bu turdagi suv omborlari ko‘p suvli yillarda suvning bir qismini saqlab qolish va undan kam suvli yillarda foydalanish maqsadida quriladi. Masalan, Norin daryosidagi To‘xtag‘ul, Vaxsh daryosidagi Norak suv omborlari shu turga mansubdir.
Suv omborlari joylashish o‘rniga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linadi:
- o‘zan suv omborlari;
- to‘ldiriladigan suv omborlari.
O‘zan suv omborlari daryo yoki soylar vodiylarida baland to‘g‘onlar qurib, suv oqimini bevosita to‘sish yo‘li bilan barpo etiladi. O‘lkamizdagi ko‘pchilik suv omborlari, jumladan, Chorbog‘, Kosonsoy, Qayroqqum, Chordara, Tuyabo‘g‘iz, Pachkamar suv omborlari shu turga misol bo‘ladi.

Download 158.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling