1) to‘yintiruvchi elementlar guruhi. Bu guruhga quyidagilar kiradi:
- suv ombori yuzasiga tushadigan yog‘inlar-X;
- suv omboriga daryolardan kelib qo‘shiladigan suvlar-Uk;
- suv omboriga qo‘shiladigan yer osti suvlari-Uer;
- suv ombori yuzasida suv bug‘larining kondensatsiyasi–K.
2) sarflanuvchi elementlar guruhi, quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
- suv ombori yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish-Z;
- suv omboridan oqib chiqadigan suvlar-Uch;
- suv ombori tubiga shimiladigan suvlar-Ush;
- suv omboridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun olinadigan suv-
Harorat rejimi. Suv omborlarining harorat rejimini ikki qismga bo‘lib, ya’ni suv yuzasi va chuqurlik bo‘yicha o‘rganish ancha qulaydir. Dastlab suv yuzasi harorati ustida to‘xtalib o‘tamiz. Suv omborlarining suv yuzasi harorati bahor oylaridan boshlab ko‘tarila boradi. Suv yuzasi haroratining yillik o‘zgarishi suv omboriga kelib qo‘shiladigan suv miqdoriga hamda suv omborining to‘lib borish sharoitlariga bog‘liqdir. Chizmadan (41-rasm) ko‘rinib turibdiki, barcha suv omborlari yuzasi harorati iyun-iyul oylarida eng katta qiymatga erishadi, avgust oyidan boshlab suv yuzasi harorati yana pasayib boradi.
Suv omborlarining harorat rejimini chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishini o‘rganish ham juda muhimdir. Suv omborlarining ko‘plarida yil davomida turli qatlamlardagi suv massalari yaxshi aralashib turadi. Shu sababli ularning harorati suv ombori tubiga tomon juda kam o‘zgarib boradi. Faqatgina bahorning oxiri-yozning boshlarida, ya’ni suv sathi eng baland bo‘lgan vaqtlardagina O‘zbekiston tog‘li hududlaridagi deyarli barcha suv omborlarida haroratning chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishini kuzatish mumkin. Qish oylarida esa tog‘li hududlardagi suv omborlari harorati chuqurlik bo‘yicha ortib boradi, biroq bu ortish uncha katta bo‘lmaydi.
Suv omborlarida suv haroratining yil davomida o’zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |