Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


TADQIQOTLARNING KARTOGRAFIK USULI


Download 37.96 Kb.
bet2/4
Sana18.03.2023
Hajmi37.96 Kb.
#1280618
1   2   3   4
Bog'liq
Geografik kartalardan foydalanish tarixi Tadqiqotlarning kartogr

2. TADQIQOTLARNING KARTOGRAFIK USULI
Tadqiqotlarning kartografik usulibu kartalarda tasvirlangan hodisalarni kartalardan foydalanib bilish usuli hisoblanadi. Kartalarda tasvirlangan hodisalarni bilish bu yerda keng ma’noda tushuniladi va kartalar orqali hodisalarning tarkibini, bir-biri bilan bog’liqligini, dinamikasini, evolyutsiyasini vaqt va makonda o’rganish, rivojlanishini tahlil qilish, ular haqida turli miqdor va sifat ko’rsatkichli ma’lumotlar olishni anglatadi. Tadqiqotlarning kartografik usuli fanda va amaliyotda qo’llanilishi xilma-xil bo’lib, har bir fan sohasida borliqni tushunishda, amaliy ishlarni bajarishda, loyihalashda, yerlarni o’zlashtirishda, aholishunoslik, tabiatni muhofaza qilish va boshqa turli masalalarni yechishda kartografik usul qaror qabul qilish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Kartalardan foydalanish ularni tuzish bilan chambarchas bog’liq. Bu “kartani tuzish — undan foydalanish” chizmasida yaqqol ko’rinadi (4-rasm). Kartalarni tuzishda ma’lumotlar manbasi sifatida atrof-muhit olinadi, kartalashtirishda kuzatishlar natijasi ma’lumotlarini tanlab kartaga aylantiriladi va borliqning modeli tuziladi. Kartografik modellashtirishda ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha murakkab ilmiy ishlar bajariladi, u yaqinlashtirish, tahlil va sintez qilishlar bilan bog’liq.
Bunday ishlar kartaning maqsadiga va kimlarga mo’ljallanganligiga, tadqiqotchining bilim darajasiga, obektning o’rganilganligiga, kartalashtirishning ilmiy metodologiyasiga, tasniflashning mantiqan to’g’riligiga, generalizatsiya darajasiga va boshqalarga bog’liq holda rivojlanadi.
Kartalardan tadqiqot usuli sifatida foydalanish jarayonida ma’lumotlar qaytadan ishlanib, ishning maqsadiga, tadqiqotchining saviyasiga, tajribasiga va bir qancha boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq. Shuni aytish kerakki, olib borilayotgan tadqiqotlar jarayonlari ma’lum darajada xatoliklarga ega. SHuning uchun olingan ma’lumotlar va xulosalar albatta real borliq bilan tekshirib ko’rilishi kerak, zarur bo’lganda ularga o’zgartirishlar kiritiladi.
Kartalarni yaratish va ulardan foydalanish” tizimida bir-biriga bog’liq ikkita usul mavjud:
1. Kartalashtirish yoki kartografik tasvirlash usuli — uning maqsadi real borliqdan kartaga o’tish, ya’ni kartada voqea va hodisalar modelini hosil qilish hisoblanadi.
2. Tadqiqotlarning kartografik usuli — tayyor kartadan foydalanib borliqni bilish.
Yuqorida nomlari keltirilgan usullar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, kartalardan foydalanish imkoniyati boshqa kartalarni tuzish tartibining ketma-ketligini belgilaydi. Tadqiqotlar natijasida yangi kartalar tuziladi va ular yana o’z navbatida tadqiqotga jalb qilinadi, masalan, gipsometrik karta joyning nishabligini aniqlash uchun qayta ishlanadi, undan esa o’z navbatida yuzaning yuvilish intensivligi darajasini tasvirlovchi karta kelib chiqadi.
Bundan tashqari, tuzilgan kartalar o’z navbatida boshqa kartalarni tuzishda manba sifatida ishlatiladi, masalan, baholash va bashoratlash kartalarini tuzishda bir qancha analitik kartalar manba sifatida jalb qilinadi.
Kartalardan foydalanishning yana bir tomoni — kartograf bo’lmagan tadqiqotchilar yuqorida nomlari keltirilgan ikkita usuldan alohida- alohida foydalanishadi, masalan, tuproqshunos geomorfologik va geobotanik kartalardan ularni tuzish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan holda foydalanadi.



Download 37.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling