Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
Download 37.96 Kb.
|
Geografik kartalardan foydalanish tarixi Tadqiqotlarning kartogr
Izohlash — an’anaviy usullardan biri bo’lib, uning maqsadi — kartada tasvirlangan hodisalarning tarqalishini, boshqa obektlar bilan o’zaro aloqalarini aniqlashdir. Izohlash umumiy, kompleksli yoki elementlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Izohlashning dastlabki bosqichida kartalarning sifati baholanishi zarur, ya’ni ularning zamonaviyligi, aniqligi, kartografik proeksiyaning xususiyatlari va xatoliklari e’tiborga olinib, kartaning oldiga qo’yilgan vazifasiga muvofiqligi aniqlanadi. Izohlashda kartada tasvirlangan joyning umumiy va alohida xususiyatlariga e’tibor beriladi. Ayrim xislatlarni tahlil qilish umumiy tomonlarni o’rganishdan keyin bajariladi.
Izohlashda obekt yoki joy boshqa manbalar, ma’lumotlardan foydalanib chuqur o’rganiladi. Shu asosda tadqiqotni dasturlash yo’li, kartani o’rganish yo’llari va metodikasi hamda tadqiqot olib borish uchun asosiy kartografik materiallar tanlanadi. Tadqiqotning xulosa qismida aniq ravishda izohlash natijalari keltiriladi. Izohlash - qisqa, ravon, dalillarga asoslangan va materiallarga boy bo’lishi talab etiladi. Bugungi kunda matematik metodlar va kompyuter texnologiyasining kartografik tahlillarda keng qo’llanilishiga qaramasdan, kartalar orqali izohlash usuli o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Tajribali tadqiqotchi shaklli algoritmlar va mantiqan-matematik yo’llar bilan ob’ekt elementlarini qismlarga ajratib tadqiq qilishga qaraganda, sifatli tahlilni o’tkazib va o’zaro aloqadorlikni tushungan holda keng va ma’noli natijalarga erishishi mumkin. Download 37.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling