O’zbekiston suv boyliklari shu jumladan suv omborlari mavzusini o`qitish
jarayonida o`quvchilar qalbida O’zbekiston suv boyliklarining inson hayotidagi va
xalq xo’jaligidagi ahamiyati, hozirgi kundagi holati, suv resurslaridan oqilona
foydalanish chora tadbirlari kabi tushunchalar shakillantiriladi. Mamlakatimiz
aholisi qadimdan qishloq joylarida yashashi, ona yerga mehr-muhabbat xislari,
Vatanni qadrlash, obi hayot bo’lmish suvga nisbatan munosabati, unib-o’sib
kelayotgan yosh avlodga ham bir tomchi suvni behuda isrof qilmaslik kerakligi
haqida tushintirish ishlari olib borish xususiyatlari yoritilib suv resurslaridan
oqilona foydalanish to`g’risida tushunchalar hosil qilinadi.
Umumta`lim
maktablarida
geografiya
fanlarini
o`qitish
mobaynida
o`quvchilardan ona xalqqiga, vatanga mehr muhabbat, insonni va tabiat
boyliklarini
qadrlash
tuyg`ulari,
millatlararo
bag`rikenglik
g`oyalari
tarbiyalanadi.Maktab o’quvchilari ongida suvga nisbatan qyidagi tushunchalarni
singdirish lozim..
- Alloh bergan suvni tejab-tergab foydalanishni bilmoq lozim;
- Suvni sof holda saqlab, sog`lom bo`lishda uning roli;
- Nima uchun suv hayot manbai, u qanday paydo bo`lganligini bilmoq lozim;
- Yashaydigan joyingda, yer sharida qancha toza suv borligini bilish lozim;
- Respublikadagi suv manbalari, ularning miqdorlari haqida ma'lumotga ega
bo`lish lozim;
- Tabiatda suvning uzluksiz aylanishini suvni kelajak avlodlarga sof holda
saqlash lozim;
- Nima uchun suvdan tejamkorlikda foydalanish, uni iflos qilmaslik, iflos
suvni tirik organizmga qanday ta'sir etish sabablari haqida tushunchalarni bilishlari
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: