Geografiya va iqtisodiyot nazariyasi asoslari
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
umumtalim maktablarining 7-sinfida ozbekiston suv omborlari mavzusining oqitishning zamonaviy usullari
II bob O’zbekiston suv omborlari haqida umumiy ma’lumotlar 2.1 O’zbekiston suv omborlari haqida umumiy ma’lumotlar, ularning turlari va tasniflari Ma’lumki, daryolardagi suv miqdori mavsumdan-mavsumga va u yildan bu yilga o’zgarib turadi, Ba’zi bir daryo va soylarning (ayniqsa O’rta Osiyo davlatlari hududidagi) suv miqdori yil davomida shu qadar notekis va noqulay taqsimlanganki, oqibatda milliard-milliard metr kub suv xalq xo’jaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi, Ayrim paytlarda esa (ko’pincha toshqin davrida) to’lib-toshib oqib, katta zarar keltiradi, O’lkamiz sharoitida, qishloq xo’jaligida suvga bo’lgan ehtiyoj kuchaygan paytda esa bunday daryo va soylardagi suv keskin ozayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi, Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to’la va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim rejimini boshqarib turish zarur, Bu muammoni daryolarda sun’iy ko’llar-suv omborlari barpo etish yo’li bilan hal etish mumkin, Suv omborlari qurish o’lkamiz kabi qurg’oqchil hamda qishloq xo’jaligi sug’orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko’pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta’minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta’minotini ÿxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutilgan. Suv ombori – qishloq xo’jaligi, aholining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirish va toshqinlarni oldini olish maqsadida oqar suvlarni to’plash va saqlash uchun quriladigan sun’iy ko’lsimon gidrotexnik inshootdir. Suv omborlari umumiy ko’rinishi, suvni to’plash shart-sharoitlari, to’g’onni qurilishi usullari bo’yicha xilma-xildir. Ana shu belgilari bo’yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - yopiq suv omborlari ; - ochiq suv omborlari;
|
ma'muriyatiga murojaat qiling