Geografiya” yo’nalishi 3-bosqich sirtqi bo’lim talabasi Bekchano’v Sherzodning


Ozon qatlamining paydo bo‘lishi va uning himoya qiluvchi xususiyatlari


Download 69.3 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2023
Hajmi69.3 Kb.
#1212991
1   2
Bog'liq
O

2.Ozon qatlamining paydo bo‘lishi va uning himoya qiluvchi xususiyatlari.
O’tgan asrimiz o’rtalariga kelib tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib ketdi. Buning asosiy sabablari insoniyatning tabiiy resurslardan foydalanishda tabiat qonunlarini yaxshi o’zlashtirmasligi va ulardan ko’r-ko’rona foydalanishdir. Hozirgi kunda butun Yer shariga tarqalayotgan juda ko’p ekologik muammolar global xususiyatga ega bo’lib bormoqda. Global muammolardan biri bu atmosferada mavjud bo’lgan ozon qatlamining yemirilishidir. 1939-yilda nemis olimi Sheynbeyn tomonidan ozon moddalari aniqlangan. Ozon gazsimon o’ziga xos hidli modda bo’lib, uning molekulasi 3 ta kislorod atomidan iborat. Ozon mamaqaldiroq bo’lib, chaqmoq chaqnaganda, laboratoriya sharoitida past elektr razryadlanishida yoki ultrabinafsha nurlarining kislorodga ta’siri natijasida hosil bo’ladi.
Sayyoramizning havo qobig’idagi kislorod havosidan doimiy ravishda ozon paydo bo’lib turadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari ozon paydo bo’lishi uchun tabiiy makon hisoblanadi. Shu yerda o’tkir ultrabinafsha nurlanishi ta’sirida ikki atomli kislorod molekulasi parchalanadi va ajralgan atomlar uch atomli ozon molekulasini hosil qiladi. Bu molekula noyob xususiyatga egadir. U atrof-muhit va tirik organizmlar uchun zararli bo’lgan quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutadi.Ozon molekulalari hosil bo’lishi bilan birga ularning dissotsiatsiyasi, ya’ni molekulalarning yemirilishi kuzatiladi. Bu jarayon quyosh turlari ta’siri natijasida bo’lishi mumkin, lekin o’ziga xos “ozon qotillari” ham mavjudki, ular haqida keyinroq so’z yuritamiz.Eng ko’p ozon stratosferada to’planib, u ozon qatlami deb ataladi. Shu yerda ozonning paydo bo’lish va uning yemirilish tezligi tenglashadi. Inson faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni e’tiborga olmasak, odatdagi tabiiy hodisalar natijasida bu joyda ozon konsentratsiyasi deyarli o’zgarmaydi.
Ozon konsentratsiyasi (ya’ni 1 kub santimetrda mavjud bo’lgan molekulalar miqdori) Dobson birligi deb atalgan maxsus konsentratsiya birligi orqali o’lchanadi. Bir Dobson birligida mavjud bo’lgan ozon molekulalari millimetrning yuzdan biri (yoki santimetrning mingdan biri) qalinlik qatlamini hosil qiladi. O’rta hisobda ozon qatlami qalinligi 200-300 Dobson birligini tashkil etadi. Kenglik va mavsumiy o’zgarishlar ham (120 dan 760 gacha Dobson birligi) mavjud. Sayyoramizning shimoliy yarim sharida ozonning eng katta miqdori qishning oxiri yozning boshida (fevral- mart oylarida), eng kichik miqdori kuzda (sentabr-oktabr oylarida) kuzatiladi. Sayyoramizning janubiy yarim sharida esa aksincha holat sodir bo’ladi.
3.Ozon qatlamining yemirilish sabablari va oqibatlari
Ozon qatlami tuynuklarining kengayishi va ko‘payib ketishi insoniyatning eng yangi global muammolaridan biridir. Bu masalaga 25 yil oldin britaniyalik olimlar jahon afkor ommasi e’tiborini qaratdilar. Ko‘pchilik «osmondagi bir gap» deya e’tibor bermayotgan paytda ozon qatlamining ahamiyati, uning ona sayyoramiz hayotidagi o‘rni naqadar muhimligi olimlar tomonidan qayta-qayta isbotlandi.
Ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan o‘rtacha 15-50 km. balandlikda joylashgan. Qutblarda esa bu bor-yo‘g‘i 8 km. balandlikdan boshlanadi. 20-kilometrdan 25 km.gacha oraliqdagi 5 km.da ozon eng zich joylashgan. Juda katta qatlamni tashkil etsa-da, ozonning zichligi juda past, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 mm.li juda yupqa plyonka hosil bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ozonning ahamiyati beqiyos.
Ozon kislorodning qarindoshidir. Erkin kislorod atomlari kislorod molekulasi bilan birlashadi va ozon paydo bo‘ladi (O-O2->O3). Ozonning o‘zi juda zararli modda, kundalik hayotimiz nuqtai nazaridan qaralganda zahardan o‘zga narsa emas. Quyosh nurlari kislorodni bombardimon qilishidan hosil bo‘ladigan bu modda Yer sharidagi jamiki jonzotlarni, o‘simliklarni ayni shu quyoshning xavfli ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Ya’ni ozon qatlami yer sharining o‘ziga xos himoya qalqonidir.
Bu qatlamning yemirilish sabablari bo‘yicha bir necha nazariyalar bor. Avvaliga olimlar yuqori balandlikda uchuvchi raketalar, samolyotlar ta’sirida ozon yemiriladi, degan fikrni ilgari surishgan. Keyinchalik kimyo zavodlarining atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlari — freonlar — xlorftoruglerodlar ozonning eng xavfli kushandalari sifatida e’tirof etila boshlandi. Shuningdek, xlor va bromning zararli ta’siri natijasida stratosferadagi ozon miqdori 10 foiz kamaygan, degan taxmin ham mavjud. Ozon qatlamining yemirilishiga nafaqat insoniyatning, balki tabiiy jarayonlarning ham o‘ziga yarasha salbiy ta’siri bor. Vulqonlar uyg‘onishi, yer qa’ridagi gazlarning ajralib chiqishi bu qatlamdagi tuynuklarni kengaytiradi.
Atmosfera tarkibidagi ozonning umumiy 0.0001 foizdan ham kamroq. Lekin shu miqdorning 1 foizgagina kamayishi xavfli ultrabinafsha nurlarining yer yuziga yetib kelishini 2 foizga oshiradi.
Bu holat o‘z navbatida quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:
— qatlamning yemirilishi natijasida katta miqdordagi quyosh radiatsiyasi yer yuziga yetib keladi;
— insoniyatda teri saratoni bilan kasallanish keskin ortib ketadi. Shifokorlar bu turdagi saratonlarni davolash juda murakkabligi haqida ogohlantirishmoqda;
— insonning kasalliklarga qarshi kurashuvchi immun tizimida susayish kuzatiladi;
— odamning eng muhim a’zolaridan biri — ko‘zlar zararlanadi;
— hosildorlik pasayib ketadi. Daraxtlar parvarish qilinganiga qaramay, qurib qolaveradi. O‘simliklarning barglari kichrayadi. Bu o‘z navbatida kislorod manbai bo‘lgan barglarda fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
— qattiq ultrabinafsha nurlar dunyo okeanidagi jonzotlar va o‘simliklarni ham zararlaydi. Ayniqsa, oziq zanjirining yetakchi bo‘g‘inlarida muhim o‘rin tutadigan, radiatsiyaga juda ta’sirchan bo‘lgan planktonlar ko‘p nobud bo‘ladi. Yuza qatlamlardagi suvo‘tlar ham zararlanadi.
Jahon hamjamiyati Ozon qatlamini saqlab qolishning ahamiyatini tushunib yetgan holda bir qancha choralarni ko‘rgan va ko‘rmoqda. 1987-yilda qabul qilingan Monreal dalolatnomasida eng xavfli xlorftoruglerodlar ro‘yxati tuzib chiqilgan va bu moddalarni ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni o‘z zimmalariga olganlar. 1990-yilning iyunida bu dalolatnomaga qo‘shimcha kiritilgan. Unga ko‘ra 1995-yilda freon ishlab chiqarishni ikki barobarga qisqartirish, 2000 yilda batamom to‘xtatish ko‘zda tutilgan. Lekin bu boradagi ishlar hammasi ko‘ngildagiday ketgan taqdirda ham, birinchi ijobiy natija, qilingan mehnatning samarasi 2050-yilga boribgina ko‘rinadi. Chunki atmosferaga chiqarib yuborilgan millionlab tonna xlorftoruglerodlar tugagunlariga qadar ancha zarar yetkazib ulgurishadi. Atmosferadagi xlor ozon parchalinishida o‘ziga xos katalizator vazifasini o‘taydi va reaksiyalarga qaramay, uning miqdori deyarli kamaymaydi. Tugab bitguniga yoki atmosferaning ozon bo‘lmagan quyi qatlamlariga qaytib tushguniga qadar bitta xlor atomi 100 000 ta ozon molekulasini parchalab tashlashi mumkin.




Xulosa
Hech kimga sir emaski yer yuzida hayot paydo bo‘lishiga ozon - gazsimon modda sababchidir. Uning asosiy miqdori stratosfera - atmosferaning yuqori qatlamida yig‘ilgan.Stratosferaning ozoni butun yer sharini qamrab olgan "ozon qatlami” deya nom olgan yupqa qatlamdan tashkil topgan. Ozon qatlami quyoshdan kelayotgan radiatsiyasini yutish xususiyatiga ega. Bu radiatsiyaning oshib ketishi barcha tirik jon uchun xavflidir.
Agarda milliard yil avval ozondan iborat boigan gaz qatlami shakllanmaganda edi, bizning sayyoramiz hayotsiz fazoviy jins bo‘lib qolar edi.
Quyosh radiatsiyasi beshafqatdir, u tirik organizmlarning DNKsiga zarar yetkazishi mumkin. Quyoshning yuqori radiatsiyasi natijasida saraton kasalligi va kishilarning tez qarish kelib chiqmoqda. 1985-yili ingliz olimlari Antarktida tepasida ozon tuynuklari paydo boiganini maiumqilishdi. Bir necha yildan keyin esa Sibir samosi ham "teshik” paydo bo’ldi. Ushbu hodisa insoniyatni qayg‘uga solib qo‘ydi. Bo`lmasachi, ozon tuynugi kengayib ketsa quyosh radiatsiyasining ultrabinafsha nurlari yer yuzidagi tirik jonni - o‘simliklar, jonivorlar va insonni halokatga eltadi.
Maxsus tekshiruvlar olib borgan olimlaming taxminiga ko‘ra, ozon qatlamini xlor birikmasi buzarekan, ayniqsa, xloruglerodning ayrim turlari. Ularni yana freon deb ham atashadi. Bu moddalar muzlatgich hamda sovutgichlarda, slraningdek, porolon va penoplast ishlab chiqarishda qo`llanadi. Xlor ftoruglerodlar aerozol sepuvchi idihslar va elektr jihozlarini yuvadigan modda sifatida qo‘llanadi.
Yer yuzida beozor modda sifatida ko‘ringan freonlar atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqqanda buzg’unchilik faoliyatini boshlaydi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida ulaming molekulalaridagi kimyoviy aloqalar buziladi. Natijada xlor ajralib chiqadi. U ozon molekulasi bilan to‘qnashib, bitta atomini "urib” chiqaradi. Ozon oddiy kislorodga aylanadi. Xlor esa kislorod bilan vaqtincha birlashib, yana erkin boiib qoladi va yangi "qurbon” ortidan "quvlaydi”. Uning faolligi ozonning o‘n minglab molekulalarini buzishga yetadi.
Ozon qatlamining asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi qanday halokatga olib kelishini yaxshi anglagan dunyoning 24 rivojlangan mamlakati ozon tuynuklarini "yamash” haqida kelishib oldi. 1987-yili ular Monrealda ozon qatlamini buzuvchi texnologiyalarni asta-sekin yo‘q qilish haqida protokol imzolashdi. Natija yaqqol ko'rindi - 1990-yilda er atmosferasida xloridlar miqdori ko‘payishi to‘xtadi, 1994-yildan boshlab ulami kamaytirishga erishildi. Baribir xloridlar ancha yig‘ilib qolgan va ular atmosferaga tushmoqda, shuning uchun 50 yildan keyingina ozon qatlami qalinligi ikki barobarga ortishi, ya’ni 1979-yildagi holatiga qaytishi mumkin. Demak, ozon tuynuklarini hali "yamash” mumkinligiga ishonish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. D. Yormatova. Ekologiya. Toshkent - 2012.



  1. D. Yormatova, X.Xushvaqtova. Ekologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent, Fan va texnologiyalar. 2012.




  1. D.Yormatova. Sanoat ekologiyasi. Toshkent. Faylasuflar uyushmasi - 2008.


Intrnet saytlari
www.ziyo.net
www.arxiv.uz




Download 69.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling