Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet27/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Karochi-shahar, Pokistondagi yirik port. Shahar XVIII asr boshlarida baliqchilarning Kulachi posyolkasi o'rnida bunyod etilgan. Kulochi-qabila nomi bo'lib, shahar nomi shundan olingan va talaffuzda o'zgarib Karochi bo'lib ketgan.
Karpat-Yevropadagi tog' sistemasi. Dastlab Ptolomey asarlarida tilga olingan. Karpat-qadimiy tillarda «qoya», «tosh» degan ma'nolarni beradi.
Kasablanka-Marokashdagi yirik shahar, XVI asrda asos solingan. Kasablanka ispancha so'z bo'lib, casa-«uy», blanco-«oq», ya'ni «oq uy» degan ma'noni beradi.
Kaspiy dengizi-Yer sharidagi eng katta oqmas dengiz-ko'l, Yevropa va Osiyo qit'alari chegarasida joylashgan. Dengizning jami 150 ga yaqin nomi bo'lgan. Kaspiy nomi dengizning Kavkaz tomonida yashagan kaspi qabilasi nomidan olingan.
Katun-Oltoydagi daryo, Biya daryosi bilan qo'shilib, Ob hosil bo'ladi. Qadimgi turkiy tilda katun, xatun-daryo demakdir. Boshqa izohlar ham mavjud, lekin Sibir daryolarining ko'pchiligini asosi kat termini tashkil etadi va «daryo» ma'nosini bildiradi. YE.M.Pospelov kat (xat) terminlari «daryo» degan ma'noni bildiradi, lekin bu termin qaysi tildan olinganligi juda ham aniq emas, deb hisoblaydi.
Kolorado-AQSH va Meksika hududlaridan oqib o'tuvchi daryo. Ispancha Rio-Kolorado deb yuritiladi va u «qizil daryo» demakdir. Daryo vodiysini tashkil etuvchi tog' jinslari qizil rangda bo'lganligi uchun shunday nomlangan. Lekin suvi loyqa, jigarrang tusda.
Kolima-Shimoli-sharqiy Osiyodagi daryo. Evenklar qadimdan daryoni Kulu deb atashadi, hozir faqatgina uning irmoqlaridan biri shunday aytiladi. Daryoning quyi oqimi Kuloma deb atalgan bo'lib, evenk tilida kula-«shimolga nishab daryo», ya'ni «shimolga oquvchi daryo» ma'nosini beradi.
Rus tiliga avval Kovima, keyinchalik Kolima tarzida o'zlashib ketgan.
Kolumbiya-AQSH va Kanadaning g'arbidagi daryo. Daryoning quyilish qismini 1792-yili amerikalik sayyoh Robet Grey kashf etgan va «Kolumbiya» kemasining nomiga daryoni shunday atagan.
Karpentariya-Avstraliya shimolidagi Arafur dengizida joylashgan qo'ltiq. 1623-yili gollandiyalik dengizchi YA.Karstens tomonidan kashf etilgan va general-gubernator Piter Karpentar nomiga Karpentariya deb atalgan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling