Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
Irkutsk-shahar, Sharqiy Sibirda Angara daryosining irmog'i-Irkut daryosi bo'yida joylashgan. VI-VIII asrlarda shu yerlarda yashagan turkiy qabila irxu qabilasi nomi bilan bog'liq. 1686-yildan boshlab shahar Irkutsk deb nomlangan.
Irtish-Ob daryosinrng chap irmog'i, Qozog'iston va Rossiya hududlaridan oqib o'tadi. Gidronim turlicha talqin etiladi, lekin qadimgi ket tilida Irsis bo'lib, ir-«kuchli», «tez oqim», ses-«daryo» degan ma'nolarni beradi, degan fikr haqiqatga yaqindir. Haqiqatan ham, daryoning yuqori qismi tez va kuchli oqim hosil qilib, hayqirib oqadi. Islomobod-shahar, Pokiston poytaxti. Shahar o'tgan asrning 60-yillarida maxsus poytaxt uchun qurilgan. Pokiston Islom Respublikasi poytaxti bo'lganligi uchun Islomobod-«islom shahri» deb nomlangan. Islandiya-davlat va orol nomi, Shimoliy Yevropada joylashgan. IX asrda norvegiyalik dengizchi Gardar tomonidan kashf etilgan va dastlab Gardarsxolm (xolm-«orol») deb atalgan. Qor ko'p yog'ishi, muzlar bilan qoplanganligi sababli keyinchalik Islandiya (is-«muz», land-«yer»), ya'ni muzlar o'lkasi deb ataladigan bo'ldi. Orol hududining 10 % idan ko'prog'i haqiqatdan ham muz bilan qoplangan. Issiqko'l-Qirg'izistondagi ko'l. Ko'pchilikning fikricha, bu ko'l muzlamaydigan bo'lganidan «issiq» deb atalgan. Lekin tabiati hushhavo, yoqimli, manzarasi go'zalligi tufayli «issiq» deyilgan bo'lsa kerak, degan mulohazalar ham bor. E.M.Murzayev va S.Umurzoqovlarning fikricha, «issiq» so'zi aslida qadimiy turkiy «muqaddas», «ezgu» ma'nosdagi iziq, idiq so'zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Istanbul-shahar, Turkiyadagi yirik portlardan biri. Qadimda Vizantiya, Konstantinopol, Sargrad deb ham yuritilgan. H.Hasanovning yozishicha, Istanbul so'zini «islom bo'l» deb izohlash xato. Shaharga kirmoqchi bo'lgan greklar turk chegarachilariga: «Is tin polis («shahar ichiga boryapmiz») deb javob qilganlar, bu grekcha ibora keyinchalik Istanbul bo'lib ketgan. Ishim-Qozog'iston va Rossiyadagi daryo. Irtishning chap irmog'i. V.A.Nikonovning yozishicha, Ishim gidronimi turkiy tillardagi ishim, ishmoq «buzmoq, sindirmoq» so'zi bilan izohlanishi to'g'ri emas. Toponimning Ishim shakli qozoq tilidagi Yesil nomining rus tilidagi talaffuzi orqali hosil bo'lgan. Ye.Koychubayevning aytishicha, Yesil «yashil, ko'k» degan ma'noda. Shunday ekan, Ishim «yashil daryo» deb tushunmoq kerak. Rossiyaning Tyumen oblastidagi Ishim shahri nomi daryo nomi asosida vujudga kelgan. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling