Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet22/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Gamburg (Hamburg)-Germaniyadagi shahar. 810-yili baliqchilar qishlog'i o'rnida barpo etilgan. Nemischa ham-«qo'ltiq (ko'rfaz)», «qo'ltiqcha», burg-“shahar”, “qal'a”, ya'ni “qo'ltiqcha (ko'rfaz) sohilidagi qal'a, shahar” ma'nosini beradi.


Gang-Osiyodagi, asosan Hindiston hududidan oqib o'tuvchi sersuv daryolardan biri, hindlarning muqaddas daryosi. Himolay tog'laridan boshlanib Bengaliya qo'ltig'iga quyiladi. Qadimgi hind tilida «ganga»-daryo demakdir.
Gayana-davlat, Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Mahalliy indeyeslar tilida Gayana-«suvli o'lka», degan ma'noni bildiradi.
Gibraltar-O'rta dengizdan Atlantika okeaniga o'tgan bo'g'oz. 711 yilda shu bo'g'ozdan o'tib Ispaniyani bosib olgan sarkarda Ibn Toriq ismi bilan Jabal al-Toriq deb atalgan. Yevropa tillarida Gibraltar bo'lib ketgan.
Glazgo-Buyuk Britaniyadagi shahar. VI asrda asos solingan. Kelt tilida «yashil o'rmon» degan ma'noni bildiradi.
Gobi-Osiyoning markaziy qismidagi cho'l. Mongolcha gobi so'zi «cho'l» degan ma'noni anglatadi.
Golfstrim-Atlantika okeanidagi iliq oqim. Inglizcha guls-«qo'ltiq», stream-«oqim» so'zlaridan olingan bo'lib, «qo'ltiqdan chiquvchi oqim» ma'nosidadir. Ushbu nomni 1772-yili amerikalik olim B.Franklin taklif etgan.
Gorn burni-Janubiy Amerikaning eng janubiy chekka nuqtasi, Olovli Yer orolida joylashgan. 1616-yilda golland sayyohlari V.Sxouten va YA.Lemprlar kashf etgan. V.Sxoutenning ona shahri Gorn (Gollandiyada) nomiga shunday atalgan.
Gudzon ko'rfazi (qo'ltig'i)-Shimoliy Muz okeanida-Kanada qirg'oqlaridagi ko'rfaz. Ingliz dengizchisi Genri Gudzon tomonidan 1610 yilda kashf etilgan va uning nomiga shunday atalgan.
Guron-ko'l, Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko'llardan biri. Ko'l sohilida yashovchi qabila nomidan olingan.
Himolay-dunyodagi eng baland tog' tizmalaridan biri. Sanskritcha xima-«mangu qor», alayya-«makon», «uy», ya'ni «mangu qorlar makoni» degani. Tog' tepasi doimiy qor va muzliklar bilan qoplanib yotishidan shunday atalgan.
Hind-Xitoy, Hindiston va Pokiston hududidan oqib o'tuvchi daryo. Qadimgi hind tilidagi sindxu so'zidan olingan bo'lib, «daryo» degan manoni bildiradi.
Hindiston-Janubiy Osiyodagi yarim orol va davlat. Sharq manbalarida Hind deb tilgan olinadi. Bu nom sindhu-«daryo» so'zidan kelib chiqqan, chunki Hind daryosi Sindhu deb atalgan. Mahalliy xalq tilida s tovushi h tovushi bilan yaqinligi sababli sindhu so'zi hinduga aylangan. Keyinchalik bu yerning aholisi hindular deb ataladigan bo'ldi. Hindular o'z mamlakatini Bxarat (qadimgi qabilalar nomi) deb atashadi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling