Geografiyada toponimika


Nanay-Toshkent va Namangan viloyatlaridagi qishloqlar. Qadimiy otashparastlar ma'budasi Nanay deb yuritilgan. Nanga-Parbat-


Download 403.5 Kb.
bet30/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Nanay-Toshkent va Namangan viloyatlaridagi qishloqlar. Qadimiy otashparastlar ma'budasi Nanay deb yuritilgan.
Nanga-Parbat-Himolay tog'laridagi tepaliklardan biri. Sanskritcha Nanga-«qashqa», «yalang'och», parbat-«tog'» degan so'z. Tog' tepasi yalang qoyalardan iborat bo'lganligidan shunday atalgan.
Nankin-Xitoydagi yirik, qadimiy shaharlardan biri. Milodning III asridan Xitoydagi feodal davlat poytaxti. 1368-1421-yillari Xitoy imperiyasi poytaxti bo'lgan. Xitoycha Nan-«janub», kin-«poytaxt», ya'ni «janubiy poytaxt» degani.
Nanshan-Xitoydagi tog'lar. Xitoycha nan-«janub», shan-«tog'», ya'ni «janubiy tog'lar» demakdir.
Narodnaya tog'i-Ural tog'ining eng baland cho'qqisi. Mansi tilida narod-«tog'» degan so'z.

Narva-Baltika dengizining Fin qo'ltig'iga quyiladigan daryo. Daryo nomi yozma manbalarda 1221-yildan uchraydi. Nomning etimologiyasini nemis tilidagi Norbe «kesik», «yoriq» bilan bog'laydilar. Ammo nomning A.Kettunen taklif qilgan etimologiyasi-vepp tilidagi narvayne «ostona», «boshlanish» so'zi bilan aloqadorligi ancha ishonarlidir.


Nayrobi-shahar, Afrikadagi Keniya davlatining poytaxti. Shaharga 1899-yili asos solingan. Mahalliy aholi tilida «sovuq suv» degan ma'noni bildiradi.
Neapol-Italiyadagi yirik shaharlardan biri. Qadimgi yunonlar asos solgan bo'lib, Neapolis deb ataganlar. Grek tilida nea-«yangi», polis-«shahar», ya'ni «yangi shahar» degan ma'noni bildiradi.
Nebiddog'-Turkmaniston g'arbidagi tog' va shahar. Yer betiga neft oqib chiqib turganligidan shunday atalgan. Tog' yonida barpo etilgan shaharga ham shu nom berilgan.
Nefud-Arabiston yarim orolidagi qumli cho'llarning umumiy nomi (Katta Nefud, Kichik Nefud va b.) Nefud arab tilida «qumli cho'l» demakdir.
Neva-Sankt-Peterburg shahridan oqib o'tuvchi daryo. Bu nom ikki xil izohlanadi: 1) Ladoga ko'li nomi Nevo («dengiz») nomidan olingan; 2) Neva fin tilida «botqoqlik», «bilqillama» degan so'z.
Niagara-Shimoliy Amerikadagi sharshara. Buyuk ko'llardagi Eri va Ontario ko'llari oralig'ida joylashgan. Indeyes tilida neaggaron-«guldiros oqim» degan so'z.
Nepal-Janubiy Osiyoda, Himolay tog'lari vodiysida joylashgan davlat. Qadimgi hindi tilida nipa-«tog' etagi», alayya-«makon», ya'ni «tog' etagidagi makon» degan ma'noni bildiradi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling