Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet33/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Ogayo
Nyurenberg­-Germaniya (Bavariya)dagi shahar. Dastlab XI asrda tilga olingan. Nemischa «qoyali tog'» degan ma'noni beradi.
Obodon-Eron janubidagi port shahar. «Obod shahar» demakdir.

Ob-G'arbiy Sibirdagi daryo. Biya va Katun daryolarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Fors tilida ob-«suv» demkdir, qadimgi hind-yevropa tillarida ar-«suv», «daryo» ma'nosidadir. Sibirning janubida ar o'zagi bo'lgan daryolar ko'p uchraydi. Rus manbalarida Ob haqida 1364-yili tilga olingan. Daryoning quyi oqimida Obdor degan joy bo'lib, komi tilida dor-o'lka, joy ma'nosida. Ob daryosi bo'yidagi joy ma'nosini beradi. Komi xalqlari daryo nomini dastlab Obva, ya'ni «Qor daryosi» deb ataganlar.

Odra-Polsha g'arbidagi daryo, dastlab X asrda Odera shaklida qo'llanilgan, hozir nemislar Oder shaklida ishlatishadi. Odra polyakcha «daryo», «suv» demakdir.


Ogayo-AQShdagi daryo va shtat. Indeyeslar tilida oxio-«ko'rkam» degan so'z; daryo nomidan shtat nomi kelib chiqqan.
Oka-Volga daryosining eng yirik o'ng irmog'i. Ma'nosi haqida ko'p farazlar mavjud. Fin tilida «daryo», litvaliklar tilida «buloq», «manba», slavyancha oko-«ko'z» (buloq) ma'nolarini beradi. Etimologiyasi noaniq, lekin ko'p daryolar nomida uchraydi. Har qalay Oka-daryo, suv bilan bog'liq nom.
Okeaniya-Tinch okeandagi 10 mingdan ortiq orollarni o'z ichiga olgan o'lka. Avstraliya bilan Okeaniya alohida bir qit'a sifatida ajratiladi. Okeaniya shimolda Gavayi orollari bilan, janubda Yangi Zenlandiya, g'arbda Yangi Gvineya va sharqda Pasxi oroli bilan chegaraladi. Bepoyon okeanda joylashgan orollar XIX asrdan boshlab Okeaniya deb umumiy nom olgan.
Olay-tog' tizmalari (Bosh Olay, Kichik Olay, Orqa Olay) va vodiy nomi. Olay nomi bir qancha qadimiy manbalarda-Mahmud Koshg'ariy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida uchraydi. Uning bir qancha ma'nolari bor: 1) qadimgi hind tilida alayya-«makon», «joy» demkdir, masalan Himolay-«qorlar makoni»; 2) qadimiy turkiy tilda «qo'shin», «jamoa», «xaloyiq», «yig'in», «toifa», «poda» deb izohlanadi.
H.Hasanovning fikricha, Olay vodiysi ilgari ham sero't yaylov bo'lgan; hozir o'tloqlari bilan mashhur, shuni hisobga olganda olay so'zi «yaylov», «poda» ma'nosiga to'g'ri keladi.
Olatov-Qozog'iston va Qirg'izistondagi bir necha tog'ning nomi: Ola so'zining «ola-bula», «qorli» ma'nolari ma'lum. Shuningdek, ola so'zining «buyuk», «katta» ma'noni anglatishini nazarda tutib, H.Hasanov Olatov-«buyuk tog'» deb izohlaydi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling