Geografiyada toponimika


Toponimikaning rivojlanish tarixi


Download 403.5 Kb.
bet4/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Toponimikaning rivojlanish tarixi

Geografik joy nomlarining ma'nosi, uning kelib chiqishi bilan kishilar qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo'lsa, geografik joy nomlari ham shunchalik qadimiy bo'ladi.


Kishilar dastlab har qanday geografik ob'yektlarni oddiygina turdosh otlar–terminlar bilan atagan, ya'ni suv, tog', ko'l va hokazo. Bunday terminlar bora-bora atoqli otga–nomga aylangan. Masalan, qadimgi turkiy xalqlar katta daryoni o'kuz, edil, jayhun deb ataganlar. Amudaryoning qadimgi nomi Jayhun, O'kuz; Volga daryosining qadimgi nomi esa Edil bo'lgan. Demak ularning ma'nosi “katta daryo”.
Shimoliy Amerika indeyeslari “katta daryo”ni missisipi deyishadi, bu yerdagi eng katta daryo nomi Missisipi shundan olingan. Don, Amur, Ganga daryolari nomlarining ma'nosi “katta suv, daryo” demakdir.
“Ko'l qurisa ham, nomi qurimaydi” deyiladi xalq orasida. Haqiqatdan ham joy nomlari minglab yillar davomida saqlanib qoladi va turli tarixiy voqealar “guvohi” sifatida yashab keladi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Afrosiyob, Misr, Bog'dod, Makka, Hirot, Xuroson, Xitoy kabi ko'plab nomlar minglab yillik tarixga ega.
Muayyan hududda qadim zamonlarda qanday urug'-qabila, xalqlar yashaganligini shu yerdagi joy nomlaridan bilib olsa bo'ladi. Chunki ilmiy tilda etnonimlar deb ataluvchi toponimlar shu joyda qanday xalq yoki urug'-qabila yashagan bo'lsa, ularning nomi bilan atalgan bo'ladi.
Mamlakatimiz hududida bunday joy nomlari ko'plab uchraydi, chunki 92 bovli o'zbek urug'larining ko'plari unutilib ketayotgan bo'lsada, ularning aksariyati joy nomlari sifatida saqlanib qolgan.
Tabiiy ob'yektlar–daryolar, ko'llar nomlari shahar yoki qishloq nomlariga nisbatan qadimiyroq bo'ladi. Chunki aholi punktlari paydo bo'lmasdan avval ibtidoiy kishilar ko'pincha suv ob'yektlari bo'ylarida jamoa bo'lib yashashgan, hamda daryo, ko'l, soy, jilg'a, quduq kabi ob'yektlarga nom berishgan.
Toponimikaga oid dastlabki ma'lumotlar Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya”, Pomioniya Melaning “Xorografiya” kabi asarlarida, O'rta Osiyo va O'zbekistondagi joy nomlariga oid ilk yozma ma'lumotlarni Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig”, Beruniyning “Qonuni Mas'udiy”, “Hindiston”, “Saydana”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk”, Ibn Sinoning “Dengiz qirg'oqlari”, muallifi noma'lum “Hudud al-olam”, keyinchalik Mirzo Ulug'bekning “To'rt usul tarixi”, Boburning “Boburnoma” asarlarida uchratish mumkin.
O'zbekistonda toponimikaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan geograf olimlardan biri bu Hamidulla Hasanovdir (1919-1985). “O'zbek Magellani” deb nom olgan H. H. Hasanov dunyoning ko'plab mamlakatlariga sayohat qilgan. U geografiya tarixi, geografik terminshunoslik, tabiiy geografiya, geografiya o'qitish metodikasi kabi fan sohalari bilan toponimikaning rivojlanishiga ham katta hissa qo'shgan. H.Hasanovning toponimikaga oid “O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan” (1965), “Geografik nomlar imlosi” (1962), “Yer tili” (1977), “Geografik nomlar siri” (1985), “Sayyoh olimlar” (1981) nomli asarlari va o'nlab ilmiy maqolalari bor.
O'zbekiston toponimlarini tadqiq etgan yana bir olim Suyun Qorayevdir. Bu tadqiqotchi joy nomlarining etimologiyasiga oid ancha ishlar qilgan. S.Qorayevning “Joy nomlari ma'nosini bilasizmi?” (1970), “Toponimika” (1970), “Geografik nomlar ma'nosi” (1978), “Etnonimika” (1979), “Toshkent toponimlari” (1991) kabi kitoblari geografik joy nomlarining ma'nosi, etimologiyasiga bag'ishlangan.
O'zbekistondagi joy nomlarini o'rganishda filologlardan H. Egamov, Z. Do'simov va T. Nafasovlarning hizmatlari diqqatga sazovor.



Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling