Geologiya fanlar universiteti neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti


Download 28.35 Kb.
bet7/7
Sana15.10.2023
Hajmi28.35 Kb.
#1704452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hisobot byJamol Bro

Korxona boshqaruvi
Korxona faoliyatiga Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan mehnat shartnomasi asosida lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor
rahbarlik qiladi.
Direktorning huquq va majburiyatlari, O’zbekiston Respublikasining
mehnat qonunchiligi, ushbu Ustav hamda mehnat shartnomasi bilan tartibga
solinadi.
Korxona direktori korxonaning yagona ijro etuvchi organi bulib, korxona oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil qiladi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi va korxona nomidan shartnomalar tuzadi.
Direktor Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tayinlanadigan o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi.
Xodimlar va korxona direktori o‘rtasidagi mehnat munosabatlari yuzasidan vujudga keladigan masalalar Uzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi va jamoa shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Korxona rahbarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Korxona direktori:
yakka ijro etuvchi organ hisoblanadi va korxona oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, korxona nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, davlat korxonasi nomidan bitishuvlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi va to’xtatadi, buyruqlar chiqaradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi.
amaldagi ishlab-chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq masalalarni boshqaradi va hal qiladi;
barcha tarkibiy bo‘linmalar, partiyalar, sexlar va ishlab-chiqarish bo‘linmalarining ishi va tezkor o‘zaro hamkorligini tashkil qiladi, ularning faoliyatini ijtimoiy va bozor iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarini xisobga olgan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltiradi, korxona samaradorligini va daromadini oshiradi;
banklarda hisob raqamlari, shu jumladan valyuta hisob raqamlari ochadi;
Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda korxonaning shtati, xodimlar soni va ularning ish haqi mikdorini tasdiqlaydi, korxonani malakali kadrlar bilan ta’minlaydi, ularning kasbiy bilimlari va tajribalaridan oqilona foydalanish va rivojlantirish, sog‘liq uchun xavfsiz va qulay mehnat va yashash sharoitlarini yaratish, qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshiradi;
ichki me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlariga qonuniy yozma va og‘zaki topshiriqlar beradi;
Davlat g‘eolog‘iya qo‘mitasi bilan kelishilg‘an holda filiallar yoki vakolatxonalar rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Davlat g‘eolog‘iya qo‘mitasig‘a direktor o‘rinbosari lavozimig‘a nomzodlarni taklif qiladi;
korxonaning‘ respublika va mahalliy budjetlar, budjetdan tashqari jamg‘armalar, mahsulot yetkazib beruvchilar, mijozlar va kreditorlar, shu jumladan bank muassasalari oldidag‘i, shuning‘dek mehnat shartnomalari (kontraktlar) bo‘yicha majburiyatlarni va biznes rejalarni bajarilishini ta’minlaydi;
texnik daraja va sifatni to‘liq yaxshilash maqsadida eng‘ yang‘i texnika va
texnolog‘iyalarni ishlab chiqarishg‘a joriy qiladi, menejment va mehnatni tashkil yetishning‘ ilg‘or shakllarini tashkil etadi, shu jumladan moddiy, moliyaviy va mehnat xarajatlari, bozorni o‘rg‘anish va ilg‘or tajribalarni (ichki va tashqi), ilmiy asoslang‘an standartlar asosida ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil qiladi, mahsulotlar ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatishni iqtisodiy samaradorlig‘ini oshirish, ishlab chiqarish zaxiralaridan oqilona foydalanishni tashkil etadi;
korxonaning‘ tijorat faoliyatini tashkillashtiradi va ko‘rsatilayotg‘an xizmatlar va bajarilg‘an ishlarning‘ narxini muvofiqlashtiradi;
ijtimoiy sheriklik tamoyillarig‘a asoslang‘an mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan birg‘alikda jamoa shartnomasini ishlab chiqish, tuzish va bajarishni ta’minlash choralarini ko‘radi, mehnat va ishlab chiqarish intizomig‘a rioya qilishni ta’minlaydi, korxona ishchilari va xodimlarining‘ mehnat motivatsiyasini, tashabbusi va faollig‘ini rivojlantirishg‘a yordam beradi, o‘z xodimlarini kafolatlang‘an mehnat
sharoitlari va ijtimoiy himoya choralarini ta’minlaydi, Korxonaning‘ moliyaviy imkoniyatlari doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlarni belg‘ilaydi;
korxonaning‘ mulkiy manfaatlarini o‘rnatilg‘an tartibda himoyalanishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlarig‘a muvofiq boshqa vakolatlarni amalg‘a oshiradi,
Korxona direktori har chorakda Korxona faoliyati, biznes-rejaning‘ va boshqa o‘rnatilg‘an topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida Davlat g‘eolog‘iya qo‘mitasining‘ yig‘ilishlarida, shu jumladan, Hay’at yig‘ilishlarida hisobot beradi.
Korxona direktori o‘z huquqlaridan foydalang‘an holda va o‘z vazifalarini bajarayotganda korxona manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi shart va quyidag‘ilar uchun qonun hujjatlarida belg‘ilang‘an tartibda javob
beradi:
Download 28.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling