GEOLOGIYA FАNLАRI UNIVERSITETI
Kirish. Burg‘ilash qurilmalari. Burg‘ilash stanoklari, obsadka va kolonkaviy quvurlar. Burg‘ilash vishka va machtalarni montaj va demontaj qilish usullari. Burg‘ilash mashina va mexanizmlarini loyihalash hamda ularning rivojlanish istiqbollari
Ma’ruzachi: Ashurov Bobirjon Nabijonovich
email: bn_ashurov@mail.ru phone: 93 583 84 01
REJA
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
2
BURG‘ILASH VISHKA VA MACHTALARNI MONTAJ VA DEMONTAJ QILISH USULLARI
BURG‘ILASH MASHINA VA MEXANIZMLARINI LOYIHALASH HAMDA ULARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
KIRISH. BURG‘ILASH QURILMALARI. BURG‘ILASH STANOKLARI, OBSADKA VA KOLONKAVIY QUVURLAR
3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
BURG‘ILASH QURILMALARI
Burgʼilash qurilmasi deb quduqlarni burgʼilash uchun tayyor boʼlgan yer ustidagi uskunalar, burgʼilash va energetik jixozlar toʼplamiga aytiladi. Ular yordamida quduqni burgʼilash bilan bogʼliq boʼlgan hamma jarayonlar amalga oshiriladi. Burgʼilash qurilmasi asosan quydagi qismlardan: burgʼilash minorasi, burgʼilash binosi, burgʼilash stanogi, burgʼilash nasosi, ularni harakatga keltirish uchun dvigatellar, boshqaruv va nazorat – oʼlchov asboblari, yuvuvchi suyuqlikni tayyorlash, saqlash, tozalash tizimi va jihozlari, shuningdek yana turli asbob uskunalardan tuzilgan boʼladi.
4
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Statsionar burg’ilash qurilmalari qoʼzgalmas fundamentga montaj qilinadi. Ular turli vazifalarni bajaruvchi rotorli va turbinali burgʼilash uchun moʼljallangan. Statsionar burgʼilash qurilmalari quduqlarni burgʼilash uzoq muddat davom etganda yoki koʼchma qurilmani olib borish mumkin boʼlmaganda, hamda oʼziyurar qurilma bora olmagan, yetib borish qiyin boʼlgan hududlarda ishlatiladi. Turgʼun burgʼilash qurilmalari transport vositalari yordamida alohida blok-toʼplamlarga boʼlingan holda koʼchiriladi va quduq barpo qilinadigan joyda montaj qilinadi. Bunday qurilmalar odatda,chuqur geologiya-qidiruv yoki neft va gaz uchun quduqlarni burgʼilashda ishlatiladi. Koʼchma burgʼilash qurilmalari oʼzining gʼildirak, chana, suzish vositasi singari transport bazasiga ega boʼlib, biron bir transport vositasi yordamida shatakka olingan holda koʼchiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |