Urgаnch dаvlаt universiteti tаbiiy va qishloq xo’jaligi fаnlаri fаkultet kengаshi yig‘ilishining


Download 16.57 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi16.57 Kb.
#1766032
Bog'liq
Fakultet kengash bayonnomasidan ko\'chirma


URGАNCH DАVLАT UNIVERSITETI
TАBIIY VA QISHLOQ XO’JALIGI FАNLАRI FАKULTET KENGАSHI YIG‘ILISHINING
2 BАYONNOMАSIDAN
KO‘CHIRMA
Urganch shahri
Qatnashdilar: kengash aʼzolaridan 21 kishi

KUN TАRTIBI
1.
2.
6. Har xil masalalar… Iqtidorli talabalarning ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha tanlangan mavzulari muhokamasi
Soʻzga chiqdi: Fakultet kengash raisi: J.SH.Ruzimov so‘zga chiqib, “Biologiya” yoʻnalishi iqtidorli talabalarning ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha mavzu tanlash, ularni kafedra professor-oʻqituvchilariga biriktirish va uni bajarish tartibi, ilmiy rahbarlar bilan tanlagan mavzulari ustida reja asosida ish olib borishligini gapirib oʻtdi.
Kun tartibidagi har xil masalalar yuzasidan Biologiya kafedrasi mudiri dotsent. Z.R.Tajiyev soʻzga chiqib iqtidorli talabalalarni kafedra bazasidagi yechimini kutayotgan muammoli mavzular bilan tanishtirildi.
Kafedra iqtidorli talabasi Matyoqubov Isroiljon Muzaffar oʻgʻli oʻzining qiziqishiga koʻra “Xorazm sharoitida kovrak oʻsimligini yetishtirish agrotexnologiyasi” nomli ish mavzusini tanladi.
Ushbu tanlangan mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm sharoitida kovrak yetishtirish agrotexnologiyasi, belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu ilmiy maqola tadqiqotiga muayyan darajada hissa qoʻshadi.
Ilmiy ishning maqsadi: Xorazm sharoitida kovrak yetishtirish bugungi kundagi aholi sonining ortishi va turli kasalliklarni tabiiy dorivor oʻsimliklar orqali davolash va aholi immun himoya tizimini yaxshilash, Xorazm viloyati florasini boyitishdan iborat.
Ilmiy ishning amaliy ahamiyatlari: Xorazm sharoitida kovrak yetishtirish koʻplab iqtisodiy foyda olib keladi, hamda aholini tabiiy resurslar bilan davolash, immun himoya tizimini oshirishda foyda keltiradi.
Fakultet kengashi a’zolari tanlangan mavzuning hozirgi kunda haqiqatdan dolzarbligi yuzasidan oʻzlarining fikrlarini bildirib oʻtdilar.
Yuqoridagi masalalarni ko‘rib chiqib, Fakultet kengashi
QAROR QILADI:
1. Matyoqubov Isroiljon Muzaffar oʻgʻliga “Xorazm sharoitida kovrak oʻsimligini yetishtirish agrotexnologiyasi” nomli ilmiy ish mavzusi berkitilsin va unga kafedra mudiri dots. Z.R.Tajiyev ilmiy rahbar etib tayinlansin va bir hafta muddatda ilmiy ishni amalga oshirish boʻyicha kalendar tematik reja ishlab chiqish topshirilsin.


Fakultet kengash raisi: J.SH.Ruzimov
Fakultet kengash kotibi: J.Q.Raximov
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling