Geologiya qidiruv ishlarini tashkillashtirish
Download 0.83 Mb.
|
Karyerni hajmini hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geologiya qidiruv ishlarini tashkillashtirish
Geologiyada tarixiy usul. Tabiat va jamiyatni o‘rganishda tarixiy usul dialektikaning eng asosiy jarayonlaridan hisoblanadi. Bu usulda har qanday voqea va hodisa tarixiy rivojlanish sharoiti asosida, o‘rganiladi. Geologiyada tarixiy usul geologik tushunchalar paydo bo‘lgandan keyin, ayniqsa, ilmiy geologiya paydo bo‘lishi munosabati bilan qo‘llanila boshladi. Bu tarixiy marksistik ilmiy kuzatish usuli sobiq sovet geologiyasida keng rivoj topdi.
Yer sharining qazilma boyliklari bo‘shliqda tasodifan joylashgan emas, balki ular Yer sharidagi kimyoviy moddalarning fizik-kimyoviy jarayoni natijasida paydo bo‘lgan. Mineral va tog‘ jinslarining hosil bo‘lishida geologik jarayonlar katta rol o‘ynagan. Shuning uchun ham har bir geologik mahsulotni tarixiy geologik voqealar bilan bog‘lab tekshirilsa, uning asl mohiyati ochib beriladi. Geologiya qidiruv ishlarini tashkillashtirish Geologiyada qidiruv ishlari zamonaviy yangi geotektonika va geodinamika nazariyasi asosida olib boriladi. Yangi global geotektonika va geodinamika nazariyasi Braziliyada bo‘lib o‘tgan XXXI Xalqaro geologik kongressda qabul qilingan. Geodinamika – Yer qobiqlari tuzilishi, tarkibi harakatga keltiruvchi jarayonlar va kuchlarni o‘rganish vazifalarini o‘z ichiga olgan fandir. Yaqin kunlargacha uni dinamik geologiyaning bir qismi,tektonik deformatsiyalarning faqatgina mexanik tabiatini o‘rganadigan yo‘nalish deb qabul qilishgan. Oxirgi yillar mobaynida Yer haqidagi fanlardan asosiy uchtasini – geologiyaning, geofizikaning va geoqimyoning yutuqlarini sintez qilish natijasida u geologic nazariyada va amaliyotda asosiy yetakchi o‘rinni egalladi. Geodinamik nuqtayi nazardan Yer kurrasini tashkil etuvchi halqasimon qavatlar yoki geosferalar (yadro, mantiya, litosfera, Yer po‘sti) o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Tadqiqotlar ko‘lamiga qarab umumiy va hududiy geodinamika ajratiladi, ularning har biri o‘z maqsadi va vazifalariga ega, hamda geodinamik tiklashda o‘z uslublari bilan ajralib turadilar. Litosfera plitalari tektonikasi vujudga kelishi haqli ravishda A.Vegener nomi bilan bog‘liq. Olim 1912-yilda qit’alar dreyfi gipotezasini ishlab chiqqan. Dastlab qit’alar harakati mavjudligi haqida O.Fisher va F.Teylor ham ta’kidlab o‘tishgan. Dreyf gipotezasi Amerika va Afrika qit’alarining chet qismlari va geologik tuzilishi bir-biriga yaqin ekanligiga, o‘simliklar va hayvonlar tarqalishiga, qadimgi muzliklar izlariga va boshqa dalillarga asoslangan. 1.1-chizma. Kontinentlar dreyfi va yangi okeanik po‘stloqning shakllanishi. Yuqoridagi chizmada qit’alar parchalanishiga qadar bo‘lgan vaziyat, pastda parchalanish va yangi okean hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Plitalar tektonikasining shakllanishiga – markaziy okeanik tizmalar va markaziy rift cho‘kmalari kashf qilinishi, chuqur cho‘kmalarni o‘rganish, spreding va subduktsiya jarayonlarini aniqlash asosiy sabab bo‘ldi. Yo‘l-yo‘l magnit maydon anomaliyalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega edi. Keyingi o‘n yillar mobaynida geologik tadqiqotlar, asosan, ushbu yangi plitalar tektonikasi asosida o‘tkazilyapti. O‘tkazilgan tadqiqotlar davomida okeanlarda 1200 ga yaqin quduqlar burg‘ulangan. Maxsusajratilgan geodinamik poligonlarda okean plitalarini qayta tiklash usullari yordamida tekshirilgan. Litosfera plitalari nazariyasining asosiy holatlarini geologik amaliyot asosan isbotlab berdi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling