Geologiya qidiruv ishlarini tashkillashtirish


Download 0.83 Mb.
bet5/7
Sana04.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1076934
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Karyerni hajmini hisoblash

Aralash transport – qazish joyidan qazib olingan kon massasini birin-ketin turli transport vositalariga qayta yuklab tushirish joyigacha tashish jarayonlari tizimidir. Bunda har bir turdagi transport ishlashi qulay bo‘lgan sharoitlarda qo‘llanadi. Masalan, konveyer transporti karyerning eng chuqur joyida, avtotransport yuqoriroqda, temir yo‘l transporti esa yer yuziga yaqin gorizontlarda qo‘llanishi texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda foydali qazilma ustidagi qoplama jinslarni qazib olib, ularni karyer ichiga yoki undan tashqariga joylashtirish bilan bog‘liq texnologik jarayonlar majmui ag‘darma hosil qilish deyiladi.
Ag‘darmalar ichki va tashqi bo‘ladi. Karyer maydonidagi foydali qazilmani qazib olingandan so‘ng bo‘shagan maydonda hosil qilingan qoplama jins ag‘darmasi ichki ag‘darma, karyer chegarasidan ma’lum masofada hosil qilingan ag‘darma esa, tashqi ag‘darma deyiladi.


Yopiq usulda qazib olish
Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarish asoslari

Foydali komponentlar turi bo‘yicha rudalar metall va nometall guruhlarga bo‘linadi. Qora metall (temir, marganets, xrom, titan, nikel va kobalt), rangli metall (mis, qo‘rg‘oshin, rux, aluminiy, volfram,molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush,platina) va radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari metall rudalariguruhiga kiradi. Appatit, fosforit, tosh tuz, qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shuningdek, grafit, slyuda va boshqa mineral xomashyolar nometall rudalar guruhini tashkil qiladi.


Tarkibidagi foydali komponentlar soni bo‘yicha metall rudalar oddiy (monometalli) va murakkab (polimetalli) bo‘lishi mumkin. Ruda konlari bir-biriga yaqin joylashgan va turli shaklga ega bo‘lgan ruda tanalaridan tashkil topadi.
Ruda konlarini ochish va tayyorlash. Ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan o‘ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig‘iga joylashgan bo‘ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yo‘nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo‘linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60–80 metrni tashkil qiladi
Ruda yotqizig‘i cho‘ziqligi bo‘yicha qavatlar uzunligi 50–60 m bo‘lgan bloklarga ajratiladi.
Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig‘ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko‘ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o‘tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo‘llaniladi.
Konni ochishda shaxta stvoli odatda yer yuzidan birinchi gorizontgacha o‘tiladi va qavat kvershlagi o‘tish orqali ruda yotqizig‘I ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi borasida (davomida) stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o‘tiladi.Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollarini tez-tez


chuqurlashtirish asosida navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi.


Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun konni ochishda bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o‘tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi (1.7 chizma)
1.7-chizma. Tik ruda yotqiziqlarini vertikal stvollar bilan ochish:
1 – bosh stvol; 2 – yordamchi stvollar; 3 – qavat kvershlaglari.

Chuqurlik bo‘yicha katta uzunlikka ega bo‘lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko‘p hollarda ko‘r stvollar o‘tish orqali amalga oshiriladi (1.8-chizma).


Bosh stvol ruda tanasining bor bo‘yiga o‘tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig‘ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda rudatushirgichlar orqali yig‘ma gorizontga tushiriladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig‘ma gorizont kvershlagi orqali tashilib bosh (ruda kutarish) stvoliga etkazib beriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling