Геология ва геоинформацион тизимлар факультети мавзу: Геокимёвий тадқиқоқт усуллари. Тошкент


Download 1.36 Mb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1480606
1   2   3   4
Bog'liq
Litogeokimyoviy.tadq.us. Mustaqil ish

Ikkilamchi tarqalish oreollari juda muhim amaliy axamiyatga ega bo‘lib, ekzogen sharoitlarda paydo bo‘ladi. Ikkilamchi tarqalish oreollarining paydo bo‘lishi quyidagicha. Fizik, kimyoviy va biogen nurash natijasida tog‘ jinslari yemiriladi. Atmosfera suvlari qisman pasaygan uchastkalarga intiladi va tog‘ jinslarining darzlik va boshqalari bo‘ylab grunt suvlari gorizontiga kirib boradi; oz qismi esa o‘simlik ildizlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Ushbu uchta yo‘nalishlarda kimyoviy elementlar eritma holida ko‘chib yurib soy, daryo va grunt suvlarini, grunt suvlari satxidan balandda yotuvchi tog‘ jinslari va o‘simlik to‘qimalarini boyitadilar.
Ikkilamchi oreollar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun nurash po‘stlarini o‘rganish kerak. Hozirgi zamon nurash jarayonlarini o‘rganish qadimgi nurash po‘stlarini hosil qilgan ancha qiziqarli jarayonlarni tushunish imkonini beradi. Ular o‘ziga xos mineral tarkibga va teksturaga ega. Ma’lum bir stratigrafik gorizontlarga (devon davri gorizontlaridan to to‘rtlamchi davr gorizontlarigacha) bog‘langan va yer po‘sti rivojlanishining platforma bosqichlari bilan genetik bog‘liq; ya’ni nurash po‘stlari geologik formatsiyadan iboratdir. Nurash po‘stida elementning juda katta konsentratsiyalari (temir, nikel, kobalt va boshqalar) hosil bo‘ladi. Oreollar nafaqat nurash po‘stlarida, balki yopuvchi tog‘ jinslari qatlamlarida ham uchraydi. Agar yopuvchi tog‘ jinslari qatlamlari “kritik qatlamlar”dan kam bo‘lsa, oreollar yuzaga chiqib qoladi.
“Kritik qatlam” qora tuproqli cho‘l polosasida 3,0-3,5 metrdan baland emas, chala cho‘l rayonlarda esa 1,5-2,0 metrni, tashkil etadi. Ikkilamchi oreollar mexanik, tuzli, biogeokimyoviy, suvli, gazli va boshqa oreollarga ajratiladi.
Tuproq havosida to‘planuvchi gazli va o‘simlik tarkibida metall miqdori baland bo‘lgan biokimyoviy oreollar ham juda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Elementlari o‘simliklarda namoyon bo‘luvchi ma’dan tanalari yotishining chegaraviy chuqurligi Cu uchun 50 metr, Ni, Co, Cr uchun 3 metr, Mo uchun 3 metr, As uchun 10 metr, o‘rtacha 10-15 metr. Mahalliy xalqlar tilidagi joy, daryo, vodiy va soylarning nomlari (“Qo‘rg‘oshin soyi”, “Qalayli daryo”, “Oltintopgan” va boshqalar) ham izlanish belgilari sifatida e’tiborga loyiq.
1 ma’dan qamrovchi to‘b tog‘ jinsi; 2 ma’dan tanasi;
3 yemirilgan tog‘ jinlari; 4 ikkilamchi tarqalish oreollari;
Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling