Геология ва геоинформацион тизимлар факультети мавзу: Геокимёвий тадқиқоқт усуллари. Тошкент
Download 1.36 Mb.
|
Litogeokimyoviy.tadq.us. Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geokimyoviy tadqiqot usullari
- Litogeokimyoviy usul
Mavzu: Litogeokimyoviy tadqiqot usullariOʼzbekiston Respublikаsi Oliy tа’lim, fаn vа innovаtsiyalаr vаzirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va muxandislik geologiyasi fakulteti “Geokimyo va mineralogiya” kafedrasi “Geokimyoviy tadqiqot usullari” fani O‘qituvchi: Z.T.Akbarova Bajardi: Sitbayev Alibek Geokimyoviy tadqiqot usullari
Litogeokimyoviy usulGeokimyoviy usullar bilan foydali qazilmalarni qidirish ishlarini o‘tkazish kon atrofidagi yirik geologik hududlarda va foydali qazilmalarning alohida tanalari atrofida ma’lum kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniniyatini bilishni talab etadi. Bundan tashqari qanaqa elementlar miqdorining o‘zgarishi ma’lum bir kon mavjudligidan darak berishi, shuningdek ular mazkur turdagi kon uchun qidirish mezoni va belgisi ham mumkin. Litogeokimyoviy syemka tub ma’dan qamrovchi tog‘ jinslarini ma’lum tartibda namunalash yo‘li bilan kimyoviy elementlar taqsimlanishini o‘rganishdan iborat. Bu syemka endogen konlarni izlashda qo‘llaniladi. Konning birlamchi tarqalish oreoli deganda ma’dan hosil bo‘lishi jarayonida bir qator kimyoviy elementlar bilan boyigan va uni qamrab turgan tog‘ jinslari zonasi tushuniladi. Izlash bosqichlarida geokimyoviy syemka 1:50000-25000 masshtablarda asosan bo‘shoq yotqiziqlar qoplamisiz hududlarda (1-jadval), ayrim hollarda esa birlamchi oreollar tarqalib ketish oqibatida bo‘shoq qoplamda namoyon bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda yopiq maydonlarda amalga oshiriladi. Bu etap vazifasi - erozion kesimga chiquvchi endogen konlar birlamchi oreollarini aniqlashdir. Namunalash yer yuzasi yoki tog‘ inshootlari va qulay burg‘i quduqlari, yopiq rayonlarda xaritalar tuzish maqsadida foydalaniladigan burg‘i quduqlarida amalga oshiriladi
Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling