Geologiya va konchilik ishi


Download 1.18 Mb.
bet4/14
Sana02.01.2022
Hajmi1.18 Mb.
#185215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Лотинча лаборатория геомеханика

1.1– rasm. Tog‘ jinsi namunasini mustaxkamlikka tekshirish

1 – tog‘ jinsi namunasi, 2 - press plitasi


1.2 – rasm. Tog‘ jinsi namunasini cho‘zishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasini Braziliya usulida tekshirish

1 – tog‘ jinsi namunasi, 2 - press plitasi

Silindr shaklidagi namunalarni bu tarzda siqilsa, siquvchi kuch yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalishda namunani buzuvchi, cho‘zuvchi kuchlanganlik vujudga keladi. Bu usulda tekshirilgan tog‘ jinsi namunasining cho’zishgа bo‘lgan chegaraviy qiymati Gers formulasi asosida aniqlanadi.



(1.5)

bunda: F0 ̶ buzuvchi kuch, N;

d ̶ namuna diametiri, m;

h ̶ namuna balandligi, m.


Qattiq jinslar mustaxkamligining bir necha nazariyasi ma’lum. Murakkab kuchlanganlik xolatda bo‘lgan jinslarning xar bir nuqtasidagi urinma va normal kuchlanganlik o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan Morning mustaxkamlik nazariyasi tog‘ jinslariga muvofiq ravishda qo‘llash keng tarqalgan. Tog‘ jinsi chegaraviy kuchlanganlik xolatining xar hil vaziyatiga tuzilgan to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida normal va urunma kuchlanganlik qiymati asosida bir necha kuchlanganlik doiralari olish mumkin. Kuchlanganlik oralig‘ida bo‘lgan egri og‘uvchi aylanma mor og‘uvchisi egriligi deyiladi. Bu egrilik bir necha nuqtalar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib tog‘ jinsini chegaraviy kuchlanganlik xolatini tavsiflaydi.

Shunday qilib, tog‘ jinslarining xar qanday kuchlanganlik holati grafik va nuqtalar bilan tavsiflangan, agar kuchlanganlik og‘uvchi chiziq ichida bo‘lsa, berilgan tog‘ jinsi uchun buzmaydigan, agar og‘uvchi chiziq tashqarisida bo‘lsa, буzуvchi kuchlaganlik xolatida bo‘ladi.



Kuchlanganlik (, σ) grafigida bir o‘q bo‘yicha siqish va cho‘zish, toza siljish va shunga o‘xshash murakkab kuchlanganlik xolatiga mos keluvchi tog‘ jinsi kuchlanganlik xolatini chegaraviy doiralar tashkil etishi mumkin.


1.3 – rasmda Morning ko‘pincha axamiyatga ega bo‘lgan kuchlanganlikning chegareviy doiralari va uning og‘uvchi egriliklari keltirilgan. Amaliy ishlar ishlar bajarishda Morning og‘uvchi egriligini to‘g‘ri chiziq tarzida qabul qilish va quydagicha ifodalash mumkin:

tgφ , Pa ( 1.6 )
bunda: τ ̶ tog‘ jinsini siljishga va buzilishga olib keluvchi mаksimаl urunma kuchlanish, Pa;

τ1 ̶ tog‘ jinsini normal kuchlanganlik bo‘lmagan holatidagi kesishga bo‘lgan mustaxkamligining chegaraviy qiymati (toza siljishda), ya’ni tog‘ jinsini tortishish xolati.

σ ̶ tog‘ jinsi siljish vaqtida ta’sir etuvchi (buzilish sirtida) nomal kuchlanish, Pa.

φ ̶ tog‘ jinsining ichki ishqalanish burchagi (tgφ=f0 ichki ishqalanish koeffitsiyenti)), gradus.

(1.6) ifoda tog‘ jinsining mustaxkamlik tenglamasi deyiladi, u tog‘ jinsini buzilishida chegaraviy holatni ifodalaydi. Tog‘ jinsini ichki ishqalanish burchagi ko‘p xollarda tog‘ jinsini tashkil etuvchilariga, tuzilishiga, namliligiga va tog‘ jinsining kuchlanganlik xolatiga bog‘liq. Bir o‘qli kuchlanganlik xolatdan hajm kuchlanganlik xolatiga o‘tganda φ = 60 – 65 dan 30 – 36 % gacha. Tog‘ jinsi nam va uning tarkibida loy bo‘lsa, tog‘ jinsining ichki ishqalanishi kamayadi, chunki tog‘ jinsi zarralarini bir-biriga nisbatan o‘zaro siljishiga moyillik ko‘rsatadi.

Mo‘rt tog‘ jinslari ichki ishqalanish burchagi tog‘ jinsining tabiiy qiyalik burchagini ifodalaydi.

Barcha hisob ishlarini bajarib, Namunaning o‘lchov qiymatlaridan foydalangan holda uning mustahkamlik pasportini tuzilganidan so‘ng talaba tomonidan ishni bajarish tartibining qisqacha yozma va namuna pasportning grafik ko‘rinishi keltiriladi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling