Geologiya va konchilik ishi


Tajriba o‘tkazish usullari


Download 1.18 Mb.
bet9/14
Sana02.01.2022
Hajmi1.18 Mb.
#185215
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Лотинча лаборатория геомеханика

Tajriba o‘tkazish usullari

Tog‘ jinsiga dinamik ta’sir etishning rezonans va impuls ultratovush usullari mavjud.



Rezonans usul tekshirilayotgan tog‘ jinslar namunasida ko‘ndalang va egiluvchan aylantiruvchi tebranish hosil qilish va tebranishga mos kelgan keskin kuchayish chastotasini aniqlashdan iborat.

Impulsli ultratovush usuli qaytariluvchan bir xil vaqt oralig‘ida tog‘ jins namunasidan ultratovush to‘lqinini o‘tkazish va unda ultratovush to‘lqinini tarqalish tezligini aniqlashdan iborat. Namunadan o‘tayotgan to‘lqin tezligi impuls ultratovush asbobi yordamida aniqlanadi. O‘lchangan ultratovush to‘lqini tezligi orqali tog‘ jinsini dinamik deformatsion xossalari koeffitsiyenti E va μ qiymatlari hisoblab aniqlanadi.

Impuls ultratovush usuli o‘z ichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lqin o‘tkazish usuli, to‘lqin qaytarish usuli, ko‘ndalang qiyalab to‘lqin o‘tkazish va boshqa usullarni o‘z ichiga oldi.

Tog‘ jinsi dinamik deformatsion xossalari tavsifini hozirgi davrda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lqin o‘tkazish usulini qo‘llash asosida aniqlanadi.

Ultratovush to‘lqinini tog‘ jinsi namunasida tarqalish vaqti «Beton-12M» UKB-1, UKB-1m, UK-14, UK-10 PMS va shularga o‘xshash ultratovush asboblari yordamida aniqlanadi. Ultratovush apparatlari konstruktiv tuzilish jihatdan bir biridan qisman farq qiladi. «Beton-12M» ultratovush asbobi uch qisimdan iborat: elektron blok 1, uning old qismiga ultratovush tulqinlari namunadan o‘tish vaqtini ko‘rsatuvchi raqamlar indekator 4 joylashtirilgan; pyezoelektrik kristalli ultratovush to‘lqinini tarqatuvchi o‘zgartirgich 2 va uni ishga keltiruvchi ulagich tugma 5; ultratovush to‘lqinini qabul qiluvchi o‘zgartirgich 3 ham xuddi To‘lqin tarqatuvchi datchikka o‘xshash, uning farqi shundaki, unda ulagich tugmasi yo‘q va unga dastlabki kuchaytirgich qurilmasi o‘rnatilgan.



To’lqin tarqatuvchi va qabul qiluvchi o‘zgartirgich elektron blok 1 bilan kabel 6 orqali ulangan. Raqamli indekator 4 tog‘ jinsi namunasidan o‘tayotgan ultratovush to‘lqinining vaqtini mikrosekundlarda qayd etadi. (3.1-rasm).



3.1. – rasm. «Beton-12M” ultratovush asbobi



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling