Poligonometriya yo’lini tenglashtirish va aniqligini baholash. Poligonometriya xillari.
Poligonometriya yo’li joyda siniq chiziqlardan iborat bo’lib, tomon uzunliklari va o’ng yoki chap tomon gorizontal burchaklari o’lchanadi. Poligonometriya ko’rinishi bo’yicha 2 xil bo’lib, ochiq yoki yopiq poligonlardan tashkil topgan bo’ladi.
Poligonometriyada burchaklar optik va elektron teodolitlar bilan, masofalar esa har xil asbob uskunalar bilan o’lchanadi.
Poligonometriyada masofa o’lchash usullari.
Svetodal’nomer poligonometriya barcha sinfdagi geodezik to’rlarni barpo qilish va zichlashtirishda, maxsus geodezik to’rlarni barpo qilishda qo’llaniladi. Jumladan: Svetodal’nomer yordamida masofa o’lchash yorug’lik nuri tezligiga asoslangan bo’lib, boshlang’ich nuqtaga svetodal’nomer, oxirgi nuqtaga esa nur qaytargich o’rnatilib, nurning borib qaytishiga sarf bo’lgan vaqt o’lchanadi.
Radiodal’nomer poligonometriya barcha sinfdagi geodezik to’rlarini barpo qilishda qo’llaniladi.
Radiodal’nomer yordamida masofa boshlang’ich va oxirgi nuqtalarga radio stansiya o’rnatilib, to’lqin uzunligi, amplituda va vaqtga asoslanib aniqlanadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |