Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet117/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

SHeelit – CaWO4. SHved ximigi K.V.SHeell nomi bilan atalgan. Tarkibi: SaO – 19,4%, WO3 – 80,6%, aralashma xolida MoO3- 10% gacha, CuO – 7% uchraydi. U trigonal singoniyali, tetragonal prizmali, yassi tabletkasimon ko’rinishda bo’ladi. Mahdanlarda noto’g’ri shaklli donalar, bahzan yaxlit massalar xolida topiladi. U rangsiz, sariq, yashil-sariq, qo’ng’ir, kulrang, yog’langandek tuyuladi va olmosdek yaltiraydi. qattiqligi – 4,5, solishtirma og’irligi – 6,2, mo’rt, notekis yuzalar xosil qilib sinadi.
SHeelitning yirik konlari kontakt – metasomatik (skarn) sharoitda paydo bo’ladi. Bunday konlar nordon intruziv (granit, granodiorit) jinslarning karbonatlar bilan tutash joylarda yuzaga keladi. Odatda sheelit – monoklin piroksen (diopsid-gedenbergit qatori), granat va sulg’fid minerallari – xalg’kopirit, pirit, pirrotin, molibdenitlar bilan birga uchratish mumkin. Yirik konlari Sangdon, Koreya, qo’ytosh, Ingichka, Langar - O’zbekiston.
Povelit – SaMoO4. Tarkibi: SaO – 28%, MoO3 – 72%. Nomi amerika geologi – Jona Povella (1834-1902) sharafiga qo’yilgan. Uning kristallari mayda tetragonal-dipiramidal, ayrimda yassi tabletkasimon, tuproqsimon – varaqasimon qiyofalarda topiladi. Povelitning rangi och sariq, yashil-sariq, olmosdek yaltiraydi, ulanish tekisligi yo’q, qattiqligi – 3,5, solishtirma og’irligi – 4,5, mo’rt. U HCl va HNO3 kislotalarida eriydi. Povellit-molibden konlarining oksidlanish zonalarida va bahzan gidrotermal konlarda katta uyumlari aniqlangan. Sanoatbop molibden olishda foydalaniladi.
Vulg’fenit – ‘bMoO4. Mineral Avtraliya mineralogi Frantsa Vulg’fen (1728-1805) nomi bilan atalgan. Tarkibi: ‘bO – 61,4%, MoO3 – 38,6%, aralashma xolida CuO, MgO, WO3, Cr2O3 lar aniqlangan. U tetragonal singoniyada kristallanadi, ko’pincha tabletkasimon, bahzan yassi va cho’ziq piramidalarga o’xshab uchraydi. Vulg’fenitning rangi mo’mdek qora, asaldek sariq, qo’ng’ir, qizg’ish tuslarda bo’ladi. Uning qattiqligi – 3, solishtirma og’irligi – 7, olmosdek yaltiraydi, yangi singan joyi – sadafdek.
Vulg’fenit qo’rg’oshin konlarining oksidlanish zonalarida ko’proq uchraydi va odatda galenit, tserussit, vanadinitlar bilan birga topiladi. Katta uyumlari boshqa ikkilamchi minerallar bilan molibden va qo’rg’oshin olishda asosiy manba xisoblanadi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling