VOLG’FRAMATLAR VA MOLIBDATLAR
Bu guruxga 15 dan ortiq minerallar kiradi. Ularning aksariyati volg’fram va molibden kislotalarining tuzlari. Minerallarning asosiy qismini Ca, Fe, kamroq ‘b, Mn2, Cu2, kationlar tashkil qilib, bahzan o’zaro izomorf qatorlarini xosil qiladi.
Volg’framat guruxiga gyubnerit – MnWO – ferberit – FeWO4 izomorf aralashma qatori minerallari kiradi. Bularning ko’p xususiyatlari bir-biriga juda yaqin va tabiatda ular keng tarqalgan.
Volg’framit (Mn,Fe)WO4. Yunoncha «bo’ri ko’pigi» mahnosini anglatali. Bu mineral bilan aralashgan qalayi mahdanlarini eritganda, qalayi ustida ko’pik paydo bo’ladi. SHuning uchun mineralning nomi shu xususiyati asosida yuzaga kelgan. Ferberit – FeWO4, volg’framit – (Mn,Fe)WO4, gyubnerit – MnWO4 lar izomorf qatorining tarkibi o’zgaruvchan, ularning chegaralari quyidagicha: ferberit – 100-80%, volg’framit – 80-20% va gyubneit – 20,0% ni tashkil etadi. Ular tarkibida bahzan (Nb,Ta)2O6 – 2,5%, CuO – 1,3% miqdorda aniqlangan.
Volg’framit monoklin singoniyali, tabiatda qalin tabletkasimon yoki prizmatik qiyofalarda va bahzan yaxlit yirik donador agregatlar bo’lib uchraydi. Uning rangi - qora, gyubnerit qizg’ishroq yoki binafsha rang, ferbergit esa qora bo’ladi. Yaltirashi oynadek, olmosdek, bahzan yog’langandek tuyuladi. Mineralning qattiqligi – 5,5, solishtirma og’irligi – 7,5 gacha.
Volg’framit –gipogen mineral kontakt-metasomatik (skarn), greyzenlarda va yuqori xaroratli gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. U ancha barqaror mineral va kon atrofida sochilmalar xosil qiladi. Volg’framit aksariyat xolda kassiterit, vismutli sulg’fidlar, vismutin, topaz, berill, molibdenit, magnetit, arsenopirit, pirit, jilg’bertitlar bilan birga assotsiatsiyalarda uchraydi (Zabaykalg’e, Rossiya, Kozog’iston, Ta-yu, Kit-ang’, Xitoy, Vg’etnam, Birma va AqSHning janubiy shtatlari). Volg’framit WO3 qazib olishda asosiy manbalardan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |