Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet112/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

SULG’FAT MINERALLARI


Bu gurux minerallariga sulg’fat kislotaning selenatli va selenitli birikmalari kiradi. Bu sinfga kiruvchi minerallar 175 dan ortiq, ularning ayrimlari qo’shimcha anionlar [‘O4], [AsO4](CO3] tufayli xosil bo’ladi. Sulg’fatlarning tuzilishida [SO4]-2 anionining axamiyati ulkan, bunda olti valentli oltingugurtni kislorodni qurshab olgan va ular faqat yirik ikki valentli kationlar bilan birikishi natijasida barqaror panjaralar xosil qiladi. Sulg’fat minerallarini xosil qilishda faol kationlardan: Ca, Ba, Na, ‘b, K, Mg, Cu, Zn ning roli katta.
Barit – BaSO4. Yunoncha «baros» – og’irlik demakdir. Kub-singoniyali, kristallari donador, kamdan-kam zich, yashirin kristallangan, tuproqsimon bo’ladi. Barit - qordek oq, shaffof, ayrimda sarg’ish, ko’kish, qo’ng’irroq bo’ladi. Uning yaltirashi – shishadek, ulanish tekisligi sadafdek mukammal, qattiqligi – 3,5, solishtirma og’irligi – 4,5. Barit uyumlari o’rta va past xaroratli gidrotermal jarayonda yuzaga keluvchi – barit-polimetall konlarning – 50-60% ni tashkil etadi, barit-flyuorit tomirlarida esa undan xam ko’plab uchraydi SH.Angliya, Garts, Gyuringi, Germaniya, bahzan galenit, sfalerit va kinovarlar bilan birga uchraydi (Xaydarkon, Farg’ona). Barit vulqon jinslari orasida tomir va tomirchalar xosil qiladi (Bolnis, Gruziya). Barit sanoatning turli tarmoqlarida keng qo’llaniladi.
TSelestin – SrSO4. Yunoncha «tselestis» xavo rang demakdir. Tarkibida – SrO – 56,4% bo’ladi, bahzan Sa va Va – 1,5-2% atrofida. U rombik singoniyali, kristallari tabletkasimon, ustunsimon yoki prizma ko’rinishda bo’ladi. Uning rangi – xavo rang, sarg’ish, qizg’ish, ayrimda rangsiz, shaffof, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi mukammal, sadafdek tovlanadi. TSelestinning qattiqligi – 3,5, solishtirma og’irligi – 4, mo’rt mineral. Uning asosiy uyumlari cho’kindi – xemogen sharoitda paydo bo’ladi va gips, angidrid, strontsianit va baritlar bilan birga uchraydi, ayrimda shu jinslarning muayyan bir qatlami bilan bog’liq xolda topiladi. U dengiz organizmlarida, jumladan radiolyariya va ammonitlarning toshqotgan chig’anoqlarida aniqlangan. TSelestin perm davri cho’kindi jins qatlamlarida keng tarqalgan (Arxangelg’sk, Boshqirdiston, Orenburg, Rossiya). TSelestin strontsiy olishda birdan bir manbadir.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling