Smitsonit – ZnCO3. Tarkibida ZnO – 64,8%, SO2 – 35,2%, bulardan tashqari – Fe, Mg, Mn, bahzan So va Sa – 7,5% ni tashkil etadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi. Odatda tuproqsimon yoki zich yashirin kristall agregatlari uchraydi. Smitsonit – oq rangli, rangsiz, bahzan sariq, qo’ng’ir, yashil va xavo ranglarda uchratish mumkin. SHishasimon yaltiroq va yog’langandek, bahzan sadafdek yaltiraydi. Uning qattiqligi – 4,5-5,0, solishtirma og’irligi – 4,5, ulanish tekisligi romboedr bo’yicha. Smitsonit oxaktoshlar orasida uchraydigan qo’rg’oshin – rux polimetall konlarining ostki qismida uchraydi. Smitsonitning yirik uyumlari kon sifatida aniqlangan (Kerchinsk, Rossiya; qoratog’, J.qozog’iston). Smitsonit mahdanlari rux olinadigan manba xisoblanadi.
Viterit – BaCO3. Mineralni nomi angliyalik mineralog V.Viteren sharafiga qo’yilgan. Tarkibida VaO – 77,7%, SO2 – 22,3% bo’ladi, aralashma sifatida MgO, CaO – 1% atrofida va Sr –1,5% gacha aniqlangan. Yaxshi kristallari kamroq, bahzan bo’yraksimon, varaqasimon agregat xolda uchraydi. U rangsiz, qordek oppoq, bahzan sarg’ish tuslarda bo’lib shishadek yaltiraydi, ayrimda yog’langandek ko’rinadi. Uning qattiqligi 3-3,5, solishtirma og’irligi – 4,3, mo’rt, ulanish tekisligi aniq emas. Viterit gidrotermal sharoitda paydo bo’ladi va kalg’tsit, dolomit, baritlar bilan birga uchraydi. Uning yirik uyumlari juda kam uchraydi. Dunyodagi eng yirik koni – Settlindston Angliyada. Ushbu konda – viterit kalg’tsit, sulg’fidlar bilan birga uchraydi. Bariy olishda ikkinchi darajali mineral xisoblanadi.
Dolomit – CaMg(CO3)2. Frantsuz mineralogi Dolomg’e (1750-1801) nomi bilan atalgan. Tarkibida – SaO – 30,41, MgO – 21,86 va SO2 – 47,73%. Trigonal singoniyali, kul rang, bahzan sarg’ish, qo’ng’ir yashil tusda tovlanadi, shishadek yaltiroq, qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og’irligi – 2,9, mo’rt, ulanish tekisligi romboedr bo’yicha mukammal. Dolomit xam kalg’tsitga o’xshash keng tarqalgan, ayniqsa kembriy davrigacha yuzaga kelgan jinslar oralarida yirik qatlamlar xosil qiladi. Dolomit tipik gidrotermal temir konlarda magnezit, kalg’tsit, sulg’fidlar, kvarts va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Dolomit qurilish materiali sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |