Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet107/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Rodoxrozit – Mn(CO3) – yunoncha «rodon» – atirgul. Tarkibida – MnO – 61,7%, SO2 – 38,3%. Izomorf aralashma sifatida – Fe, Mg, Zn, Co ishtirok etadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi, odatda mayda donador, zich massa xolda bo’ladi. Rangi pushti (malina rangiga o’xshash) bo’lib, donador mayin tuproqsimon massalarga o’xshaydi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi – 3,5-4,5, solishtirma og’irligi – 3,6, ancha mo’rt mineral. Marganetsning kam uchraydigan gidrotermal temir yoki metasomatik konlarida rodoxrozit, sulg’fid va marganets oksidlari bilan bir assotsiatsiyada braunit, gausmanit, baritlar bilan birga bo’ladi. Rodoxrozit yirik massalar xolida dengiz cho’kindi konlarida ko’proq uchraydi.
Magnezit – MgCO3.Tarkibida MgO – 47,6%, CO2 – 52,4%. Tabiatda yirik kristallari xam uchraydi. Uning rangi –oq, sarg’ish va kul rang bo’lib tovlanadi. Uning yaltirashi shishadek, qattiqligi – 4,1-4,5, solishtirma og’irligi – 2,9-3,1, mo’rt, ulanish tekisligi romboedr bo’yicha mukammal, sinishi notekis. Tabiatda keng tarqalgan magnezit, o’taasos intruziv jinslari – dunit, peridotit va piroksenitlarning so’ngi jarayonlarda o’zgarishi va nurash oqibatida paydo bo’ladi.
Ushbu magnezitlar bronzit, serpentin, talg’klar bilan birga uchraydi. quyidagi xolda yuzaga kelgan magnezit, bahzan yirik konlar xosil qiladi. Ayrimda yirik konlar gidrotermal-metasomatik jarayonlarda paydo bo’ladi, unda magnezit, dolomit, kalg’tsit, barit, talg’k, kvarts, pirit, xalg’kopiritlar bilan paragenetik assotsiatsiyada yuzaga keladi (Satka – Rossiya, Veytch – Avstriya, Kvebek – Kanada).
Siderit – FeCO3 yunoncha «sideros» temir demakdir. Tarkibida – FeO – 62,1%, SO2 – 37,9%. Trigonal singoniyali, yaxshi kristallangan, donador, bahzan yashirin kristallangan, shuhlasimon shakllarda uchraydi. Bahzan yirik kristallari (1,5-2 sm) andezitlarda topilgan (Mulatalavavidi Vengriya). Sideritning rangi no’xatdek sariq, sariq-qo’ng’ir bo’ladi, yaltirashi shishadek, ayrimda sadafdek, mo’rt, qattiqligi – 4, solishtirma og’irligi – 3,9. Siderit gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan polimetall konlarida katta uyumlarini xosil qiladi ((Kornuoll, Angliya, Dreyberg, Germaniya). Sideritning eng yirik uyumlari ekzogen (xemogen) jarayonlarda paydo bo’ladi (Kerch koni Kavkaz, Jayram, qozog’iston). Siderit temir olishda asosiy manbalardan biri xisoblanadi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling