Malaxit – Cu2[CO3](OH)2. Yunoncha «malaxe» gulxayri demakdir. SHu o’simlik rangiga o’xshashligi uchun nom berilgan bo’lsa kerak. Tarkibida – CuO – 71,9%, SO2 – 19,9%, N2O – 8,2% miqdorida aniqlangan. U monoklinal singoniyali. Tabiatda radial shuhla kabi tuzilgan (10-rasm), bahzan oqiq shakldagi, massa xolida xam uchraydi, ayrimda kontsentrik zonal tuzilishda bo’ladi. Malaxit yashil rangli, yaltirashi shishadek, olmosdek, ayrimda tolasimonlari ipakdek. Uning qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og’irligi – 4, ulanish tekisligi mukammal. Malaxit mis sulg’fid konlarning oksidlanish zonalarida uchraydi. Malaxitning xosil bo’lishida mis sulg’fat moddalarining karbonat kalg’tsiylar bilan uchrashishi tufayli paydo bo’ladi.:
2CuSO4q2CaCO3q5H2OqCu2[CO3](ON)2qCaSO4·2H2O
10-rasm. Malaxit.
Malaxit bilan yo’ldosh mineral sifatida azurit, xrizokolla, tenorit, kuprit, sof mis va boshqalar bilan birga paragenetik assotsiatsiya xosil qiladi. Malaxit bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Azurit – Cu3[CO3]2(OH)2. Nomi frantsuzcha «azure» xavorang demakdir. Tarkibida – CuO –69,2%, SO2 – 25,6%, N2O – 5,2% bo’ladi. U monoklinal singoniyali, tabiatda kalta ustuncha yoki prizma, qalin tabletkasimon shakllarda topilgan. Azuritning rangi to’q ko’k, xavorang, yaltirashi shisha kabi (11-rasm). Uning qattiqligi – 4, solishtirma og’irligi – 3,9, ulanish tekisligi mukammal emas. U sulfid konlarining oksidlanish zonalarida yuzaga keladi. Kuzatishlardan mahlumki namgarchilik rayonlarda azurit malaxitga aylanadi:
2Cu3(SO3)2(ON)2qH2OqCu2(SO3)(ON)2qCO2
11-rasm. Azurit.
Azurit va malaxit odatda birga uchrashadi, ammo miqdori bo’yicha malaxit keng tarqalgan. Yirik uyumlari – TSumeb, Namibiya, Broken-Xill, Avstraliya, Kayrakto’ (qozog’iston).
Do'stlaringiz bilan baham: |