Xrizoberill – BeAl2O4. Uning turlari – zumrad kabi yashili aleksandrit deyiladi. Xrizoberill tarkibi quyidagicha: BeO – 19,8%, Al2O3 – 80,2%, aralashma sifatida Fe2O3 – 3,5-6%, bahzan TiO2 – 3% gacha vaf Sr2O3 – 0,4% ishtirok etadi.
Aleksandritning zumrad kabi yashil rangi xrom aralashmasiga bog’liq. Xrizoberill – rombik singoniyali bo’lib, kristallari qalin taxtasimon, bahzan qisqa va uzun ustunsimon prizmatik bo’ladi. Xrizoberill odatda sariq rangli, yashilroq goxo rangsiz bo’ladi. Uning qattiqligi – 8,5, solishtirma og’irligi 3,8, ulanish tekisligi bahzi tomonlari bo’yicha mukammal. U kislotalarda erimaydi, ancha barqaror mineral.
Xrizoberillning mineral uyumlari pegmatitlarda, kontakt-metasomatik jarayonlarda yuzaga keladi. U slanetslar oralarida xam paydo bo’ladi va zumrad va dalashpatlari bilan birga uchraydi. Xrizoberillning shaffof, go’zal rangli xillari qimmatbaxo bezak tosh sifatida ishlatilmoqda.
Kolumbit-tantalit–(Fe,Mn)N62O6-(Fe,Mn)Ta2O6 – uzluksiz izomorf aralashmalar qatorini xosil qiladi. Tabiatda kolumbit va tantalit aloxida mineral xolda uchraydi. Kolumbitda 10-12% Ta2O5, tantalitda esa – 46-62% Ta2O5 bo’ladi. Bahzan tarkibida skandiy va lantanoidlar – 2%, titan–4,6%, qalayi, volg’framlarning miqdori–1% atrofida aniqlangan. Ular rombik singoniyali bo’lib, taxtasimon, ayrimda kalta ustunsimon kristallari aniqlangan. Ularning rangi qora, qo’ng’ir-qora, yarim metall kabi yaltiraydi, qattiqligi – 6, solishtirma og’irligi – 5,2-8,2 gacha. Kolumbit o’zidan elektr toki o’tkazadi, xamda kislotalarda erimaydi. Kolumbit va tantalitni tashqi belgilariga qarab ajratish qiyin.
Bularning yirik uyumlari nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida yuzaga keladi va kvarts, muskovit, turmalin, volg’framit, kassiterit, samarskit va monatsitlar bilan bir assotsiatsiyalarda uchraydi. U oksidlanish zonalarida barqaror, ularning sochma konlari xam uchrab turadi. Bu minerallarning konlari Norvegiya, Frantsiya, Rossiya (Kola yarim oroli), O’zbekistonda Nurota tog’larida Aqtog’ va Aqchop granitlarining pegmatitlarida topilgan. Ushbu minerallar niobiy va tantal metallarini qazib olishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |