Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Xromshpinelidlar –(Mg,Fe),(Cr,Al,Fe)


Download 7.25 Mb.
bet102/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Xromshpinelidlar –(Mg,Fe),(Cr,Al,Fe)2O4. Ximiyaviy tarkibiga binoan xromshpinelidlar quyidagi turlarga bo’linadi: xromit – FeCr2O4, magnoxromit (Mg,Fe)Cr2O4, alyumoxromit – Fe(Cr2Al)2O4 va xrompikotit (Mg,Fe)(Cr,Al)2O4. Ushbu turlarda Cr2O3 miqdori 18-62% gacha o’zgaradi, FeO – 0-18%, MgO – 6-16%, Al2O5 – 33%, Fe2O3 – 2-30%. Bulardan tashqari tarkibida TiO2– 2% gacha, 1,0% chamasi MnO va biroz vanadiy oksidi bo’ladi. Ular kubik singoniyali. O’ta asosli jinslarda xromit oktaedrik shakllarda mavjud.
Donador, yirik kristalli yaxlit agregatlar tarzida uchraydi. Rangi qora, yarim shaffof bahzan to’q qizil, jigar rangli. Xromshpinelidlarning yaltirog’ligi metalldek, qattiqligi – 5,5-7,5 ulanish tekisligi yo’q, solishtirma og’irligi – 4,8, tarkibida temir bo’lgan xromshpinelidlar kuchsiz magnit tortish xususiyatiga ega. Xromshpinelidlar doimo o’taasos magmatik jinslarning oralarida shtok, uyasimon, ustunsimon shaklli yirik konlar xosil qiladi. Ayrim o’taasos intruziv jinslarda xromshpinelidlar platinoid guruxi minerallari bilan birga paragenetik bog’liqligi aniqlangan. Nurash zonalarida xromshpinelidlar ximiyaviy barqaror, ammo issiq iqlimli sharoitda ular xam oksidlanadi va parchalanadi.
Mashxur xromit konlari Kampirsoy, Saranovsk (Rossiya), Yangi Kaledoniya, Turkiya va Kubalarda joylashgan. Xromitlar guruxiga kiruvchi minerallar xrom qazib olishda birdan-bir xomashyo xisoblanadi.
SHpinelg’ – MgAl2O4. Tarkibida MgO – 28,2, Al2O3 – 71,8% tashkil etadi. Bulardan tashqari FeO, ZnO, MnO, Fe2O3 va Cr2O3 uchraydi. Ushbu birikmalar tufayli shpinelning boshqa turlari xosil bo’ladi. Gertsinit – FeAl2O4, ganit – ZnAl2O4, galaksit – (Mn,Fe)Al2O4. SHpinelg’ kubik singoniyali. Odatda jinslar oralarida oktaedrik shakllarda uchratish mumkin. Uning kristallari uncha katta bo’lmaydi, bahzan yirik 25 sm.lik donalari uchraydi. SHpinelg’ rangsiz, shaffof, xar xil rangli - qizil, pushti, yashil, ko’k ranglilari mavjud. U shisha kabi yaltiraydi, qattiqligi – 8, solishtirma og’irligi – 3,8, kislotalar tahsir etmaydi.
SHpinellar kontakt-metasomatik jarayonlar maxsuli bo’lib, granatlar, piroksenlar bilan birga paragenetik uyushmalarda uchraydi. U bahzan pegmatitlarda yuzaga keladi. SHpinellar o’rta darajali metamorfizm jarayonlarda yuzaga kelgan gneyslar va kristallik slanetslar oralarida uchratish mumkin. qizil rangli qimmatbaxo asl shpinellarning konlari TSeylon, Birma, Tailand, Afg’onistonlarda topilgan. SHpinelning mutlaqo shaffof va darzi yo’q yirik kristallari qimmatbaxo bezak toshlar sifatida ishlatib kelinmoqda.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling