Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet100/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Kvarts – SiO2. Kremniy oksidi minerallari yer po’stida keng tarqalgan (barcha minerallarning 12% dan ortig’rog’ini tashkil etadi) va puxta o’rganilgan. Kremniy oksidi polimorf turlarining bu guruxga oid uch xili – kvarts, kamroq axamiyatli tridimit va kristobalit bo’lib, ular o’z navbatida ikkita – yuqori va past xaroratli xillarga bo’linadi. Past xaroratda xosil bo’lgan – kvartsning kristallik tuzilishi, yuqori xaroratda kristallanadigan β – kvarts tuzilishidan ancha farq qiladi (22-jadval).



6-rasm. Kvarts.

Kremniy oksidining turli xil singoniyali turlari (modifikatsiyalari) bir-biridan fizik xossalari va optik xususiyatlari bilan farq qiladi (19-jadvalga qarang).


U rangsiz, shaffof, sutdek oq (6-rasm). Bahzilarining tarkibida rutil, aktinolit va boshqa minerallarning mayda zarrachalari bo’ladi. Kvartsning turli ranglarga bo’yalgan xillarining aloxida nomlari bo’ladi: 1) tog’ billuri - rangsiz, shaffof(7-rasm); 2) ametist – binafsha (8-rasm);

7-rasm. Tog’ billuri.

3) rauxtopaz - kulrang qo’ng’ir tusli; 4) marion - qora rangli; 5) tsitrin - tilla sariq, limon sariq rangli. Kvartsning qattiqligi – 7, ulanish tekisligi yo’q, solishtirma og’irligi – 2,5-2,8. U nordon va o’rtanordon intruziv jinslar uchun mansub mineral.



8-rasm. Ametist.


Xaltsedon – SiO2tolasimon tuzilishga ega. Odatda rangsiz, oq, kulrang va boshqa ranglarda uchratish mumkin. Rangining o’zgarishiga sabab tarkibida xromofor – rang beruvchi – temir, xrom, nikellarning mavjudligidir.
Koesit – SiO2 kremniy oksidining zich turlaridan bo’lib birinchi marta sunhiy ravishda yuqori bosim (35000 atm.) va kuchli xaroratda (500-800o). Yapon olimi Koes (1953) tomonidan Na2SiO3 va (NH4)H’O4 birikmalaridan olindi.
Stishovit – SiO2. Tetragonal singoniyali bu kremniy oksidining eng zich turi (4,3 gG’sm3). U yuqori bosim (160000 atm.) va kuchli xaroratda (1200-1400oS) Rossiya olimlari Stishov va Popovlar (1961) tomonidan sunhiy ravishda olingan.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling