Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvli oksidlar
KISLORODLI BIRIKMALARI – oddiy oksidlar: Kuprit – Cu2O Rutil – TiO2 Korund – Al2O3 Anataz – TiO2 Gematit – Fe2O3 Brukit – TiO2 Uraninit – UO2 Kassiterit – SnO2 Kvarts – SiO2 Pirolyuzit – MnO2 Xaltsedon – SiO2 Koesit – SiO2 Opal – SiO2·nH2O Stishovit – SiO2 II – murakkab oksidlar Ilg’menit – FeTiO3 Ferberit – FeWO4 Xrizoberill – BeAl2O4 Gyubnerit – MnWO4 Braunit – MnO·MnO3 Perovskit –CaTiO3 SHpinelg’ – MgAl2O4 Kolumbit –(Fe,Mn)Nb2O6 Gertsinit – FeAl2O4 Tantalit –(Fe,Mn)Ta2O6 Magnetit – FeO·Fe2O3 Camarskit –(Y,Er)4[(Nb,Ta)2O7]3 Xromit – FeCr2O4 Suvli oksidlarBrusit – Mg(OH)2 Gessit – HFeO2 Gibbsit – Al(OH)3 Manganit– MnO2[OH]2 Diaspor – HAlO2 Lepidoxrokit–FeO(OH) Bu gurux minerallari–metall va metalloidlarning kislorod va gidroksidlar bilan qo’shilib xosil qiladigan eng oddiy birikmalarini o’z ichiga oladi. Keyingi mahlumotlarga binoan kislorod bilan 40 dan ortiq ximiyaviy element turli xil birikmalar xosil qiladi. Er po’stida oksidli birikmalar og’irligi bo’yicha 17% tashkil qiladi, bulardan 12% ni kremniy oksidi (SiO2), 3,9% temir oksidi va gidrooksidi tashkil qiladi. Boshqa elementlardan; alyuminiy, titan, marganets, xrom, mis oksidlari va boshqalar katta o’rin tutadi. Atmosferada oksidlardan – karbonat angidrid (SO2) va suv bug’lari keng tarqalgan va ularning tarqalish chegarasi yer yuzasidan 12 km balanddan o’tadi. Gidrosferaning tarkibi va asosiy qismi suvdan iborat, ular tabiatda keng tarqalgan. Demak, yuqoridagilardan mahlum bo’ldiki, tarkibi xilma-xil bo’lgan oksid, gidrooksidlarning maksimal miqdori Yer po’stining ustki qismlarida – erkin kislorodli atmosfera chegarasida joylashgan. Yer po’stining chuqur qismiga kislorodning kirib borishi yer osti suvining satxiga bog’liq. Yer po’stining ustki qismi turli tog’ jinslari va mahdan konlarining oksidlanish zonasi minerallarni qayta xosil qiluvchi ximiyaviy reaktsiyalar yuzaga keladigan maydon xisoblanadi. Ushbu oksidlanish maydonlarida yuzaga kelgan minerallar orasida metall oksidlari va gidrooksidlari muxim rol o’ynaydi. Oksidlanish zonasidagi ikkilamchi minerallarni paydo bo’lishida tarkibida karbonat angidrid bo’lgan yomg’ir suvlarining axamiyati juda katta. Xavoga to’yingan 1 litr yomg’ir suvida 25-30 sm3 gaz borligi aniqlangan. Bu gaz tarkibining 30% ni kislorod, 60% azot va 10% ga yaqinini karbonat angidrid tashkil etadi. Yomg’ir suvi Yerning chuqur qismiga borgan sari erkin kislorod sulg’fid va shunga o’xshash birikmalarni oksidlantirish uchun sarf bo’ladi. Tog’ jinslari va mahdan maydonlarida ishtirok etgan Feq2, Mnq2, v3 tez oksidlanib, kislorodli birikmalar xosil qiladi. Oksidlanish zonalarida dastlab yuzaga kelgan tuzlar (sulg’fatlar, karbonatlar va boshqalar) mahlum tezlikda suv bilan reaktsiyaga kirib parchalanadi – gidrolizlanadi, natijada metallarning aksariyati suvda qiyin eriydigan gidrooksidlar xolida ajraladi. Minerallarning fizik xossalari ularning strukturasi (tuzilishi) va tarkibiga bog’liq. Oksidlar strukturasining (kubik, geksagonal) asosida zichlashgan kislorod atomi, xamda oktaedrlardagi bo’shliqda kationlar joylashadi. Kremniy, alyuminiy va magniy oksidlari ion-kovalent bog’lanishni xosil qilsa, qolgan oksidlar (mis, temir, xrom va boshqalar) metall bog’lanishdan yuzaga keladi. SHuning uchun xam kremniy, alyuminiy, magniy oksidlari yuqori qattiqlikka ega, yahni kvarts, shpinel, korund, xrizoberillarning qattiqligi – 7-9 ni tashkil etadi, qolgan oksidli minerallarning qattiqligi – 5-6 atrofida. Oksidlarning zichligi 2,5 dan (kvarts) – 10,6 gacha (uranit) bu o’zgarish shu tarkibga kiruvchi elementlarning atom og’irligining ortib borishiga uzviy bog’liq. Varoqsimon kristall strukturaga ega bo’lgan gidrooksidlar qatlamlari orasidagi mavjud bo’sh bog’lanishga binoan, uncha mustaxkam bo’lmagan kristall panjarasi bilan belgilanadi. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling