Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet93/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Antimonit – Sb2S3. Mineral nomi yunoncha «antimonium» surg’ma so’zini anglatadi. Tarkibi Sb – 71,4%, S – 28,6%, aralashma sifatida As, Ag, Au uchraydi. Rombik singoniyali, ko’proq prizma shaklida, ustunchaga, ignaga o’xshash, yonlari tik chiziqlar bilan qoplangan bo’ladi. Bahzan antimonit kristallari qiyshaygan, xatto buralib ketgan bo’ladi. Antimonitning rangi qo’rg’oshindek kulrang, ayrimda kristallari ko’kimtir qora bo’lib tovlanadi. U shaffof emas, metall kabi yaltiraydi, uning qattiqligi 2-2,5, ancha mo’rt mineral. Ulanish tekisligi prizma bo’yicha mukammal, solishtirma og’irligi 4,6, elektr tokini o’tkazmaydi. Antimonitni boshqa minerallardan farqlash uchun, unga KONdan bir tomchi tomizilsa, u parchalanib sarg’ish, keyin sarg’ish-qizil rangga kiradi.
Uning yirik uyumlari gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Bahzan vulqon mo’rilarida va atrofida vulkan maxsulotlari orasida uchraydi. Oksidlanish zonalarida ancha osonlik bilan parchalanib turli oksidlarga - valentenid, servantit, kermezitlarga aylanadi.
Mashxur konlariga Farg’ona vodiysidagi - qadamjoy, Yaponiyaning SHikoku orolidagi Itshinokava konlari yaxlit misol bo’la oladi. Surg’ma qo’rg’oshin va rux bilan tayyorlangan qotishmasi «tipografiya metali» deb yuritiladi. Surg’ma, rezina, kauchuk, to’qimachilik sanoatida, shisha tayyorlashda va meditsinadi ishlatiladi. Surg’mani qazib olishda antimonit asosiy manba xisoblanadi.
Nikelin – NiAs. Tarkibida - 43,9% nikelg’ - 56,1% margimush bo’ladi, izomorf aralashma xolida Fe – 1-2,5%, S – 1-5%, Cu – 0,1%, Sb – 2%, Bi – 0,1% uchraydi. Tabiatda geksagonal singogiyada kristallanadi. Nikelin kristallari kam uchraydi, odatda yaxlit massalar, bahzan xol-xol xamda buyraksimon ko’rinishlarda yuzaga keladi. qattiqligi – 5, mo’rt, ulanish tekisligi mukammal emas. U elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Nikelin rangi – misdek - qizil, metall kabi yaltiraydi. Fizik xossalari bo’yicha bornitga o’xshash, undan rangi va metall kabi yaltirashi bilan farqlanadi.
Nikelinning aksariyat qismi gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Nikelin oksidlanish xisobiga och yashil rangli mineral annabergitga – Ni[AsO4]2·8H2O – aylanadi. Nikelin sof tug’ma vismutli (ginesberg) kobalg’t-nikelg’-kumush formatsiyasini xosil qiladi - Saksoniyadagi mahdan tog’ koni.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling