Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet91/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Xal’kozin – Cu2S. Nomi yunoncha «xalg’kos» mis so’zini anglatadi. U bahzan mis yaltirog’i xam deyiladi. Xalg’kozin uch modifikatsiyada uchraydi, bulardan biri quyi xaroratda bo’lib, 91o dan past xaroratda turg’un bo’lib, rombik singoniyada kristallanadi. qolgan ikkitasi yuqori xaroratda (91o dan yuqorida) yuzaga kelib, geksagonal va kubik shakllarda kristallanadi. Tabiiy xalg’kozin ko’pincha quyi xaroratda xosil bo’lgan rombik (β – xalg’kozin) va xalg’kozin aralashmasidan tashkil topgan.
Xalg’kozin tarkibida – Cu – 79,9% va S – 20,1%, bundan tashqari Ag, As, Fe, Co, Ni aralashmalari bo’ladi. Singoniyasi – rombik. Xalg’kozinning yaxshi kristallari kam uchraydi, ammo ko’pincha qalin tabletkasimon, kalta ustunlar xosil qiladi. Ayrim xollarda geksagonal qiyofada bo’ladi. Tabiatda yaxlit, mayda donali bo’lib – bornit, xalg’kopirit bahzan sfalerit, galenit, kovelinlarning o’rniga pesvdomorfozalar shaklida xol-xol bo’lib uchraydi. Xalg’kozinning rangi - qo’rg’oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. qattiqligi 2-3, solishtirma og’irligi 5,5-5,8, elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Xalg’kozin HNO3 da erib, oltingugurt ajraladi.
Xalg’kozin gidrotermal va ayniqsa ekzogen jarayonda paydo bo’ladi. Xalg’kozin nurash zonalarida bardosh beraolmaydi va parchalanib kuprit, malaxit va azurit kabi mis oksidlariga aylanadi. Xalg’kozin misga eng boy sulg’fid bo’lib, mis qazib olishda katta axamiyatga ega. Xalg’kozin mahdanining yaxlit massalari SH.Uraldagi Turg’insk konida uchraydi. Uncha boy bo’lmagan xol-xol xalg’kozin mahdanlari qo’ng’irot (Balxash ko’li) qozog’iston va Olmaliq mis konlarida aniqlangan.
Argentit – Ag2S. Nomi yunoncha «argentum» kumush so’zidan kelib chiqqan. Argentitning ikki modifikatsiyasi mavjud, bulardan biri – yuqori xaroratli (1790S dan yuqori) kubik modifikatsiyali – argintit va 2) past xaroratli (1790 S past) rombik singoniyali – akantit.
Argentit tarkibida – Ag – 87,1%, S – 12,9%, bundan tashqari aralashma sifatida mis, qo’rg’oshin, surma uchraydi. Argentit – rombik singoniyali, rangi qo’rg’oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi, pichoqda yaxshi kesiladi. Tabiatda kub, bahzan oktaedr ko’rinishlarda bo’ladi. qattiqligi –2-2,5, mo’rt mineral. Ulanish tekisligi kub bo’yicha mukammal, solishtirma og’irligi – 7,2-7,4. Argentitning aksariyati gidrotermal jarayonida paydo bo’ladi. Odatda tarkibida kumush bo’lgan boshqa minerallar bilan birga kumush oladigan manbaa xisoblanadi.
Galenit – ‘bS. Nomi yunoncha «Galena» qo’rg’oshin mahdani so’zidan kelib chiqqan. Tarkibida ‘b – 86,6% va S - 5-13,4%, aralashma tariqasida Cu, Zn, Bi, Fe, As, Sb uchraydi. U kubik singoniyada kristallanadi. Rangi qo’rg’oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. qattiqligi 2-3, u ancha mo’rt mineral, ulanish tekisligi kub bo’yicha mukammal. Solishtirma og’irligi 7,4-7,6. U kuchsiz elektr o’tkazadi.
Galenit asosan gidrotermal jarayonda vujudga keladi. Tashqi ko’rinishi bilan galenit antimonit Sb2S3, bulanjerit ‘b5[Sb2S4]2S3 va burnonit – Cu’b[SbS3] larga juda o’xshash, ularning farqi: antimonit – cho’zinchoq - zirapchasimon kristall xosil qiladi. Bulanjerit esa, sho’lasimon, tolasimon ko’rinishda. Burnonit – cho’zinchoq stolbasimon shakli. Nurash jarayonida oksidlanib tserussitga – ‘bCO3 va anglezit – ‘bSO4 aylanadi. Galenit qo’rg’oshin olishda muxim asosiy manbaa xisoblanadi. Respublikamizda polimetall deb ataluvchi gidrotermal konlar yetarli darajada, ular Uchkulach (SH.Nurota) va Olmaliq konlaridir.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling