Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pirit – FeS 2
Molibdenit – MoS2. Grekcha «molibdos» qo’rg’oshin degan so’zni anglatadi. Tarkibida Mo – 60%, S-40%. Izomorf aralashma sifatida Re – 0,1-2,0%, Tu – 2% gacha va boshqalar bo’ladi. Molibden geksagonal singoniyada kristallanadi, u odatda qavat-qavat bo’lib uchraydi. Xar qaysi qavatlardagi ionlar bir-biri bilan mustaxkam bog’lanish xosil qilmaydi. Kristallari geksagonal taxtachalar qiyofasida uchraydi. Prizmatik kristallari kam uchraydi. Ko’proq varaqsimon, tangachasimon, sferolit ko’rinishlarda, qoramtir rangli tuproqsimon xollarda uchraydi. Molibdenit rangi qo’rg’oshindek kulrang, xavorang bo’lib tovlanadi. U metalldek yaltiraydi, yupqa varaqchalari egilgan va bukilgan, qattiqligi – 1, solishtirma og’irligi – 4,7-5,0, molibdenitning asosiy belgilaridan - qo’lga yog’langandek tuyulishi va qog’ozda iz qoldirishidir. Molibdenitning elektr tokini o’tkazish qobiliyati o’zgaruvchan. Oddiy xaroratda past darajada o’tkazsa, xarorat ortishi bilan o’tkazmaydi.
Tabiatda uchraydigan aksariyat molibdenit konlari nordon intruziv jinslar bilan genetik bog’liq. Molibdenit gidrotermal jarayonda kvarts tomirlarida kassiterit – volg’framit, bahzan muskovit, topaz va vismutinlar bilan bir formatsiya xosil qiladi. Karaoba qozog’iston, Beluxa va Bukuka CHita viloyati Rossiya, Xermingi, Gavay, Birma. Bulardan tashqari dunyodagi eng yirik konlari yuqori xaroratli gidrotermal maxsuloti – mis porfirli. Bunda molibdenit, xalg’kopirit, bornit va piritlar bilan birga uchraydi. (AqSHning Kolorado shtatidagi kon – Klaymaks, Kadjaran Armaniston, Kounrad qozog’iston, Olmaliq O’zbekiston). Ushbu genetik turdagi konlar dunyoda qazib olinadigan molibdenning 80-90% beradi. Pirit – FeS2. Yunoncha «piros» olov demakdir (urganda uchqun chiqadi). Tarkibida Fe – 46,6%, S – 53,4% tashkil etadi. Bulardan tashqari 10% gacha kobalg’t, Ni, Hg – 2% atrofida 0,2-0,5% xisobida, bahzan Cu, As, Zn, ‘b, Ti bo’ladi. Nisbatan kamroq miqdorda Au, Sb, Cd, Ge va boshqalar aniqlangan (5-rasm). 5-rasm. Pirit. Pirit kub singoniyali. Odatda to’g’ri tuzilgan kristallari uchraydi. Mahdanlarda uchraydigan pirit kubik, pentagondodekaedr, bahzan oktaedr ko’rinishda yuzaga keladi, bulardan tashqari tog’ jinslarida xol-xol xolda uchratish mumkin. Piritning rangi och mis-sariq, sarg’ish-qo’ng’ir ola-bula bo’lib tovlanadi. Bu metall kabi yaltiroq, qattiqligi 6-6,5, u elektr tokini yaxshi o’tkazmaydi. Keng tarqalgan pirit koni miskolchedanli (Urup – Karachay – CHerkesda, Sibay, Gay, Degtyarka, Karabash, Uchali Markaziy Ural). Kolchedan polimetalli (Buryatiya, Orlovsk, Tishinsk, Altay, Jeyran qozog’iston, Rio-Tinto, Uelg’va Ispaniya), oltingugurt kolchedanli (rifey-vend jinslardagi (Kareliya, Rossiya) bulardan tashqari pirit skarn, oltin-sulg’fidli, qo’rg’oshin, rux mahdan konlarida yuzaga keladi. Albatta, turli genetik konlardagi pirit turining fizik xossalari bilan farqlanadi. Ushbularni ehtiborga olgan xolda formatsiya turlarini ajratishda foydalanishi mumkin. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling