Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet167/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Faоliyat mazmUni




О`qituvchining

Talabaning

1 bоsqich
O’quv хUjjatlarini
Tо`ldirish, davоmat оlish 5 daq.
kirish 5daq)

1 Talabalarni pеd. Tеxnologiya talablari asosida topshiriqlar bеradi.
Rеl`еfga insonlarning ta`siri ni yozma ravishda izoxlab bеradilar.



Talabga mUvоfiq guruхlarga bо`linadilar va tоpshirig`larni qabul qilib оladilar

2 bоsqich
Asоsiy 20daq. Davоmida guruхlarda ishlash, 30daq davоmida хar bir guruх 7 daq chiqish qiladi.

Хar bir guruх tоpshiriq Ustida ishlashini nazоrat qilib zarUriy kо`rsatmalarni va yоrdamini bеrib bоradi.

Хar bir guruх о`z tоpshirig`i Ustida ishlaydi, markеrlar yоrdamida klastеr, sхеma yоki jadvalini chizib tо`ldirib bоradi.
Guruхlardan 2ta (va bUndan оrtiq) ishtirоkchi tоpshiriq bо`yicha chiqish qiladilar

3 bоsqich. Talabalarni bahоlash 20 daq.

Mavzu bо`yicha хulоsa qilish. Хar bir guruх faоliyati tavsiflanada va guruхning хar bir ishtirоkchisi qanday baхоlanganligi aytiladi

Хar bir talaba о`z faоliyati baхоsini eshitadi va e’tirоzi bо`lsa aytadi. Mashg`ulоt yUzasidan mUlохazalari bо`lsa bildirishi mUmkin.

MAVZU. Geologik xaritalar turlari bilan tanishish va tuzish yo’llarini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi.geologik xaritini o’rganish. Geologik xarita orqali tog’ jinslari va minerallarning tarqalishi va uning shartli belgilarini chizib o’rganish. Geoxronologiya jadvali orqali yer pusti tarixini urganish.
Mashg’ulotning maqsadi: geologik xarita o’rganish. Geologik xarita orqali tog’ jinslari va minerallarning tarqalishi va uning shartli belgilarini chizib o’rganish. Geoxronologiya jadvali orqali yer po’sti tarixini o’rganish.
Kerakli asbob va materiallar:
1. Geologik xarita.
2. Geoxronologik jadval.
3. Tog’ jinslari va minerallar.
4. Shartli belgilar chizmalari.
5. Joyning sxematik geologik xaritasi.
6. To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi.
Yer yuzasidagi geologik yotqiziqlarni qog’ozga tushirilgan tasviri geologik xarita deyiladi. Geologik xarita ma’lum maydonda olib boriladigan geologiya kuzatuvi va tadqiqotlarining qog’ozdagi ifodasidir. Shu sababli geologiya kuzatuv ishlarini boshlamasdan oldin geologik xaritani o’qiy bilish, u Bilan ishlay olish xamda uni tuzishni yaxshi bilib olish shart. Geologik xarita daladagi geologik kuzatuv ishlari davomida topografik xarita asosida tuziladi. Geologik xaritalarning bir necha turlari bor. Geologik xaritalardan litologik xarita, petrografik xaritalar, seysmik xarita, foydali qazilmalar xaritasi, geomorfologik xarita, gidro geologik xarita, geofizik xarita , tektonik xaritalar ko’proq ishlatiladi.Geologik xaritalarda turli yoshdagi tog’ jinslaring yer betiga chiqib qolgan qismlari chiziqlar Bilan chegaralab tushuriladi. To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritalarida asosan eng yosh ya’ni to’rtlamchi davrda paydo bo’lgan yotqiziqlarning yer betiga chiqib qolgan qismi chegaralari tushirilgan bo’ladi. To’rtlamchi davr uvoq yotqiziqlari tub jinslarni yopib turadi xamda ularning o’zi xam asosiy tuprq paydo qiluvchi jinslar xisoblanadi. Ba’zi bir maxsus xaritalarda yer yuzasining shakillari, litologik xaritalarda – tog’ jinslaring tiplari , tektonik xiritalarda- yer po’stining tektonik strukturasi tasvirlanadi.
Geologik xaritalar sonliv a chiziqli masshtablarda tuziladi. Bunday xaritalardan gorizontal masofalarni osongina aniqlash mumkin.
Geologik xaritalar maqsadga qarab xam turli misshtabda tuziladi. Geologik xaritalar masshtablariga ko’ra : obzor xaritalr- masshtabi 1: 1000000 dan kichik; mayda masshtabli -1:1000000-1: 500000; o’rta masshtabli -1:200000-1:1000000 va yirik masshtabli yoki mukammal(masshtabi 1:50000 dan yirik) xaritalarga bo’linadi. Obzor xaritalar kata teritoriyalar uchun tuziladi. Boshqalari esa respublikalar, viloyatlar , tumanlar, ayrim foydali qazilma konlari rayonlari va boshqa nisbatan kichik teritoriyalar uchun tuziladi.
Geologik xaritalarning eng muxim tarkibiy qismi ularning shartli belgilaridir. Ular ma’lum xarita uchun qabul qilingan va geologik tushunchalarni ifoda qiladigan tasvirlardir.Dunyodagi barcha davlvtlarning obzor xaritasi uchun bir xil shartli belgilar sistemasi qabul qilingan. Geologik xaritalarda tog’ jislari turli ranglarda tasvirlanadi yoki shtrixovka Bilan ko’rsatiladi.
Geologik xaritalarni tuzishda tekshirilayotgan rayonning geologik kesimi batafsil o’rganib chiqiladi. Anna shu maqsadda rayonning geologik tuzilishiga doir barcha ma’luaotlar Bilan tanishgach, dalada tog’ jinslari qatlamlari ochilib qolgan joylar xar tomonlama o’rganiladi. Geologik xarita tuzish uchun asos qilib olingan topografik xaritada tekshirilayotgan xamma ochilmalar belgilanadi va dala jurnaliga shu joyni o’rganishga doir materiallar yozib boriladi. Qatlamlarda uchraydigan turli tosh qotgan organizm qoldiqlari , qatlamning yotish xolati elementlari uning qalinligi va bu qailamning pastdagi qatlamlarga utish xarakteri aniqlanadi. Labaratoriyada tekshirish maqsadida xar bir qatlamdan jins namunalari olinib etekitka tuziladi. Eteketka namuna qaysi ochilma va qatlamdan qachon va kim tomonidan olingani kursatiladi. Qatlamlarda uchraydigan barcha organizmlar qoldiqlari xam tekshirib olinib labarotoriyada urganiladi. Keyinchalik shular aossida mazkur qatlamning paydo bulish sharoiti va yoshi xaqida ma’lum xulosa chiqariladi.
Geologik xaritalarda bevosita yer yuzasini qoplab oluvchi turtlamchi davr g’ovak yotqiziqlari chiqarib tashlanib ana shu jinslarning ostida joylashgan qadimgi tub jinslargina tasniflanadi. Ba’zan turtlamchi yotkiziqlari qalin bulib, uning tagidagi jinslar xaqida yetarli ma’lumot bulmasa yoki xozirgi vaqtda chukindilar kup to’planayotgan rayonlarda turtlamchi davr jinslari xam kartaga tushiriladi. Turtlamchi davr yotqiziqlari uchun esa, yuqorida aytib o’tilganidek aloxida geologik kartalar tuziladi.
Geoxronologiya va yer po’sti yoshini aniqlash metodlari.
Yer shari uzining juda uzoq geologik tarixiga ega. Yer pustidagi turli tog’ jinslarining geologik belgilari asosida yer pustining yoshi 4-5miliard yilga teng deb xisoblanadi. Bu uzoq geologik tarix davomida yer pustida qanchadan qancha uzgarishlar, voqyealar ro’y bergan.
Geologik xranologiya yer pusti tarixini uning yoshiga qarab ketma ket tartibda o’rganish imkoninin beradi. Tog’ jinslari va imnerallar yoshining nisbiy xamda absolyut geoxronologiyasi ajratiladi.
Nisbiy geoxronologiya yer tarixidagi turli geologik xodisalar va yer pusti qatlamining qaysi avval yoki keyin paydo bulganligini qiyosiy aniqlash imkoninin beradi. Nisbiy geoxronologiyada turli metodlar qullaniladi. Bulardan eng muximlari paleontologiya va stratigrafiya metodlaridir. Ma’lumki, geologik yotqiziqlar odatda qatlam-qatlam joylashadi. Bunda pastdagi qatlamlar –oldin, ustki qatlamlar esa keyin paydo buladi, ya’ni nisbatan yosh xisoblanadi. Geologik yotqiziqlar yoshini bunday nisbiy aniqlash metodi stratirafiya metodi deyiladi. Ba’zan qatlamlar tiktonik xarakatlar natjasida kuchli burmalangan va xatto tuntarilgan bulishi mumkin. Shunda qatlamlarning yotish tartibini bilib bulmaydi. Bunday xollarda tog’ jinslari qatlamlari yoshinin aniqlashning paleontologiya metodlaridan foydalaniladi. Poleontologiya metodida tog’ jinslari tarkibidagi tosh qotgan qadimgi o’simlik xamda xayvonlar qoldiqlari o’rganiladi va ularning yoshi aniqlanadi. Organizm qoldiqlarining yoshi asosida esa geologik yotqiziqlarning nisbiy yoshi aniqlanadi.



Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling