Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar va materiallar
mavzu: Tog’ jinslari haqida tushuncha, klassifikatsiyasi va ta’rifi. Mashg’ulotning maqsadi. Tabiatda tarqalagan minerallarni o’rganish oson bulishi uchun klassifikasiyalash va shu asosida ularning ta’rifini tarqalishini xamda ahamiyatini o’rganish. Klassifikasiyalash turlari va avfzalliklari o’rganiladi. Kerakli asboblar va materiallar. 1.minerallar 2. tog’ jinslari 3.endogen minerallar (oltingurgut, kvars, orgoglaz, olivin, galenit va x.k) 4. ekzogen minerallar (montlyurilonit, kaolinit tuzlar, bo’r, temir rudalari) 5.sof tug’li elementlar (grafit, olmos) 6.nitratlar (NaNO3-chili silitrasi, KNO3 xind yoki Turkiston silitrasi) 7.kalsit (CaCO3) 8.moloxit(Cu2 (OH)2 CO3) 9.gips.(CaSO4*2H2O) Minerallar tabiatdagi murakkab fizik, ximyaviy va termodinamik sharoitlarda paydo buladi. Xar bir mineral muayyan temperatura, bosim, mineral tarkibini xosil qiluvchi jism mavjud bulgandagina paydo bulib, shu mineralga xos sharoitlarda u tabiatda turg’un buladi. Ba’zi sharoitlarda esa mineralla asta-sekin parchalana boshlaydi. Xamda qayta uzgaradi va butunlay yangi mineral birikmalarini xosil qiladi. Tog’ jinslaridagi turli geologik jarayonlar xamda insonlarning ishlab chiqarish faoliyati natijasida paydo bulgan turli tuman birikmalar tuproqning tarkibiga ta’sir etadi. Minerallar paydo bulish sharoitiga qarab 1.magmatik 2.chukindi. 3.qayta o’zgargan (metamorfik) gruppalarga bo’linadi. Magmatik va metamarfik minerallar yerning ichida (endogen sharoitda) cho’kindi minerallar esa uning yuza qismlarida bir oz chuqurlikda (16 km chuqurlikkacha) paydo buladi.shu sababli minerallar kelib chiqishi va ximyaviy tarkibiga kura ikki xil ximyaviy va genetik klasifikasiyaga bulinadi. A. Endogen minerallar Minerallarning genetik kelib chiqishiga kura klassifikasiyasi. 1.Magmatik minerallar- kvars, ortoklaz. 2.metasomatik minerallar-olivin, rogovaya, obmayka (shox aldoqchisi) avgit. 3.Pegmatit tomirli minerallar-kvars bilan dala shpatini birga uchrashidan xosil bulgan pegmatit (“yaxudiy toshi”). 4. Pnevmatolit tomirining minerallari –oltingurgut, oltin, galenit. 5.Gidrotermal minerallar- sulfitlar. B. Ekzogen minerallar 6.ximyaviy nurash prosesida xosil bulgan minerallar-kaolinit, montmorillonit. 7.Dengiz kul va botqoqlikdagi ximyaviy chukindi minerallar- tuzlar, marjon, sadaf, marvarid, bur, oxakli chig’anoqlar, fosfaritlar, torf, temir rudalari. Minerallarning ximyaviy klassifikasiyasi. 1.sof tug’ma elemetlar-olmos-S, grafit-S, oltin-Ai, platina-Rt. 2.oksidlar-kvars, magnetit . 3.suvli oksidlar –opal, gidrogiyotit. 4.sulfitlar-pirit. Xalkopirit. 5.galoidlar-galit, silvin, flyuorit. 6.karbonatlar-kalsit, magnezit, dolomit. 7.sulfatlar-gips, barit. 8.fosfatlar-apatit, vivianit. 9.silikatlar-ortoklaz, olivin. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling