Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lamprofillit
GRANATLAR GURUXI.
Granatlar guruxi minerallari ikki qatorga bo’linadi: 1) alg’mandin qatori-(Mg,Fe,Mn)3Al2[SiO4]3 pirop-Mg3 AI2[SiO4]3 alg’mandin-Fe3 AI2[SiO4]3 spessartin-Mn3AI2[SiO4]3 andradit qatori-Ca3(AI,Fe,Cr)2[SiO4]3 grossulyar-Ca3AI2[SiO4]3 andradit-Ca2Fe2[SiO4]3 uvaravit-Ca3Cr2[SiO4]3 Granatlar guruxi minerallari kub singoniyali; simmetriya ko’rinishi geksaoktaedrik. Kristall qiyofasi rombik dodekaedr, tetragon-trioktaedr. Ko’pincha donador yaxlit massalar xolida topiladi. Granatlarning rangi va tarkibi o’zgaruvchan bo’ladi (23-jadval). Odatda ular qizil, qo’ng’ir-qizil, sariq, zumrad-yashil, qoramtir, bahzan qora. qattiqligi 6,5-7,5, notekis yuzalar xosil qilib sinadi. Solishtirma og’irligi 3,5-4,2. Granatlarga xos belgi-kristallarning o’ziga xos qiyofasi, yog’langandek yaltirashi, yuqori qattiqligi. Granatlar kontakt-metasomatik, regional metamorfizmda yuzaga keladi. Granatlarning shaffof rangi chiroyli xillari zargarlik ishlarida qimmatbaxo tosh sifatida ishlatiladi. Aksinit-Cu2(Mn,Fe)AI2Bsi4O15[OH]. Yunoncha «aksine»-bolta demakdir. Tarkibi o’zgaruvchan, triklin singoniyali, simmetriya ko’rinishi pinokoidal, kristallari bo’shliqlarda ko’pincha druzalar tarzida uchraydi. Odatda jigar rang, qo’ng’ir, pushti, oq, kul rang, shishadek yaltiraydi, qattiqligi 6,5-7, ulanish tekisligi (010) bo’yicha mukammal, solishtirma og’irligi 3,2-3,30. U gidrotermal mineral sifatida, kontakt zonalarida yoki dioritlarda topiladi. Ayrim mamlakatlarda bor olishda manbaa xisoblanadi. Datolit-Ca2B2[SiO4][OH]2. Tarkibida: CaO-35%, B2O3-21,8%, SiO2-37,6%, H2O-5,6% bo’ladi. Monoklin singoniyali, simmetriya ko’rinishi prizmatik. U donador agregatlar tarzida keng tarqalgan. Rangi oq, bahzan kulrang-tovlanuvchan och yashil, sariq, qattiqligi 5-5,5, ulanish tekisligi ko’rinmaydi. U chig’anoqsimon yuzalar xosil qilib sinadi. Datolit shishadek yaltiroq, solishtirma og’irligi 2,9-3,0. Mineralni o’ziga xos shishadek yaltirashi, chig’anoqsimon yuzalar xosil qilib sinishi va shakli bilan boshqalardan farqlash mumkin. U skarnlarda, mahdanli tomirlarda bodosimon ko’rinishda magmatik jinslar oralarida ko’rish mumkin. U bor qazib olishda manhba xisoblanadi. Lamprofillit- Na2Sr Fe Ti2[SiO4]3(F,OH). Tarkibida bahzan bor-2% gacha, F-1,8 gacha bo’ladi. Rombik singoniyali, kristall qiyofasi «S»o’qi bo’yicha cho’zinchoq, ayrimda uzunligi 20 sm gacha bo’ladi. U oltin rang-qo’ng’ir tovlanadi, yaltirashi shishadek. Uning qattiqligi 2-3, mo’rt, ulanish tekisligi (100) bo’yicha o’ta mukammal, solishtirma og’irligi 3,5. Lampofillit nefelinli sienitlarda va ularning pegmatitlarida egirin, nefelin, evdialit, sodalit, murmanitlar bilan birga uchraydi. Ortit-(Ca,Ce)2(AI,Fe)3[Si2O7][SiO4]O(O,OH). Tarkibida: Ce2O3-6% gacha, (La. . .)2O3-7% bo’ladi. Bulardan tashqari FeO,MgO, MnO 8% gacha, V2O3, Si2O3, ThO2-3,8% gacha aniqlangan. Monoklin singoniyali, simmetrik ko’rinishi rombo-prizmatik, qalin ustunsimon, ayrimda nayzasimon, ko’pincha xol-xol donalar tarzida topiladi. Rangi qoramtir, mumdek qora, goxo sariq, yaltirashi shishadek (mumsimon), yog’langandek. Ortitning qattiqligi 6, ancha mo’rt, chig’anoqqa o’xshash yuzalar xosil qilib sinadi. Uning solishtirma og’irligi 4,1, radioaktivlik xususiyatga ega. Tabiatda qora rangiga, mumsimon yaltirashiga, notekis yuzalar xosil qilib sinishi ortit uchun mansub belgi xisoblanadi. Ortit xol-xol dona xolida ko’pincha intruziv jinslarda granit, sienit va ularning pegmatitlarida, bahzan gneys, kontakt-metasomatik konlarda xam topilgan. Berill-Be2AI2[Si6O18]. Tarkibida: BeO-14,1%, AI2O3-19,0%, SiO2-66,9%, aralashma xolida K2O, Li2O, Rb2O-7% gacha uchraydi. U geksagonal singoniyali, ko’rinishi digeksagonal-dipiramidal. Berillning kristal-lari aniq tuzilgan ustunsimon yoki prizmatik qiyofaga ega. Uning rangi och yashil, sarg’ish, yashil, xavo rang, tiniq yashil (13-rasm). Rangsiz shaffof xillari xam uchraydi. Rangiga qarab quyidagi xillarga bo’linadi. 1) zumrad och yashil, yashil va shaffof xillari eng qimmatbaxo xisoblanadi. 2) akvamarin-tiniq ko’kimtir xavo rang, 3) vorobg’evit-pushti rangli va 4) geliodor-sariq shaffof. Bularning barchasi shishadek yaltiraydi. Uning qattiqligi 7,5-8,0, ancha mo’rt, ulanish tekisligi (1010) prizma va (0001) pinakoid bo’yicha mukammal emas, notekis yuzalar xosil qilib chig’anoqqa o’xshab sinadi. Solishtirma og’irligi 2,6-2,9. 13-rasm. Berill. Berill nordon va ishqorli intruzivlarning pegmatitlarida paydo bo’ladi. Bahzan pnevmatolit-gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Ushbu jarayonlarda berill topaz, turmalin, flyuorit, fenokit, xrizoberill, volg’framit, kammiteritlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda ko’rish mumkin. Berill ayrim konlarda yirik, gigant kristallar (AqSH da og’irligi 16 tonnagacha), uzunligi 5 m gacha va ko’ndalangi 1,5 m gacha topilgan. Rangi chiroyli, shaffof xillari zumrad, akvamarin zargarlikda ishlatiladi. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling