Dala shpatlari guruxi.
Dala shpatlar guruxi silikatlar orasida yer po’stida keng tarqalgan bo’lib, og’irligi bo’yicha 50% ni tashkil etadi. Dala shpatlari ximiyaviy tarkibi (24-jadval) va ichki tuzilishi bo’yicha uch guruxga bo’linadi:
1.Natriy-kalg’tsiyli Na[AlSi3O8]–Ca[Al2Si2O8]x– katorlaridan iborat bo’lib, plagioklazlar deb ataladi.
2. Kaliy-natriyli dala shpatlari, yuqori xaroratda K[AlSi3O8] - Na[Al Si3O8] uzluksiz qattiq eritma qatorini xosil qilib, asta-sekin soviganda kaliyli va natriyli minerallarga ajraladi.
3. Kaliy-bariyli dala shpatlari xam K[AlSi3O8] – Ba[Al2Si2O8] izomorf aralashmasidan iborat, tabiatda kam uchraydigan gialofanlar deb ataladigan minerallarni xosil qiladi.
Plagioklazlar. Bu guruxga kiradigan minerallar alg’bit va anortit molekulalarining turli nisbatdagi qattiq izomorfik qatorini tashkil etadi. Ushbu izomorf qatorga kiruvchi minerallar qo’yidagilarga bo’linadi:
Alg’bit-Na[AlSi3O8]-0-10%, Oligoklaz-10-30%, Andezin-30-50%, Labrodor- 50-70%, Bitovnit-70-90%, Anortit- Ca[Al2Si2O8]-90-100%.
Plagioklazlar barcha magmatik jinslar tarkibida uchraydi ularning ximiyaviy tarkibi muxim axamiyatga ega, U.S.Fedorov xar bir plagioklazlar tarkibidagi anortit molekulasining foizdagi miqdoriga qarab aloxida guruxchalarga ajratadi (25-jadval). Masalan, agar plagioklazning №37 bo’lsa, unda 37% anortit va 63% alg’bit molekulasi bo’lsa andezin deyiladi, yozilishi qo’yidagicha An37Ab63 agar plagioklaz №56 bo’lsa, anortit 56% va alg’bit – 44%ni tashkil etadi va labrodor deb ataladi An56 Ab44 .
Plagioklazlarning kimyoviy tarkibi
(% xisobida, A.G.Betextin bo’yicha)
25-jadval
tarkibi
|
№0
|
№25
|
№50
|
№75
|
№100
|
Na2 O
|
10,76
|
8,84
|
5,89
|
2,92
|
-
|
CaO
|
-
|
5,03
|
10,05
|
15,08
|
36,62
|
Al2O3
|
19,40
|
23,70
|
28,01
|
32,33
|
36,62
|
SiO2
|
68,81
|
62,43
|
56,05
|
49,67
|
43,28
|
Plagioklazlar triklin singoniyali, simmetriya ko’rinishi pinokoidal, tabletkasimon, yoki tabletkacha-prizmatik qiyofaga ega. Odatda murakkab polisintetik qo’shaloq kristallari keng tarqalgan, oddiy qo’shaloq kristallari kam.
Rangi xilma-xil, oq, qul rang, bahzan yashilroq, ko’kimtir, ayrimda qoraroq, shishadek yaltiraydi, qattiqligi 6-6,5 ulanish tekisligi (001) va (010) bo’yicha mukammal, ularning solishtirma og’irligi alg’bitda 2,61 va anortitda 2,77. Ular magmatik jinslarda keng tarqalgan jins xosil qiluvchi mineral deyiladi. Bulardan tashqari kristallik slanetslar va rogoviklar tarkibida piroksen, amfibol va slyudalar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |