Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet126/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

SILIKATLAR VA GRANATLAR GURUXI
TSirkon-ZrSiO4. nomi forscha «TSar»-oltin, «gun»-rang degan so’zlarni anglatadi. Uning tarkibida ZrO2-67% va SiO2-32% bo’ladi, aralashma tariqasida gafniy HfO2-4% gacha, siyrak yer elementlaridan Y2O3 va Ce2O3 aniqlangan. Bularan tashqari Nb va Ta%, bahzan ThO2-1,5% bo’ladi.
Singoniyasi-tetragonal. Tabiatda tetra-gonal-dipiramidal, bahzan prizma shaklida uchraydi.
qattiqligi- 7-8, metamikt parchalanishga uchragan xillarida uning qattiqligi 6 gacha kamayadi. U notekis chig’anoqsimon yuzalar xosil qilib sinadi. Solishtirma og’irligi-4,6-4,7 uning o’zgargan xili-tsirtalitlarda 3,8 gacha kamayadi. TSirkon turlari bo’lgan malakon va tsirtalit, odatda radioaktivdir.
Aniqlash belgilari-tsirkon kristallari ko’proq tetragonal kalta ustunsimon xamda dipiramidal qiyofada uchraydi. quyidagi minerallarni 1) rutildan (qattiqligi va sindirish ko’rsatkichiga qarab ajratiladi); 2) kassiteritdan (solishtirma og’irligiga qarab), 3) toritdan (qattiqligi va kuchli ikkilanib sinish ko’rsatkichiga qarab ajratiladi). TSirkon magmatik intruziv jinslar: nefelinli sienitlarda, granitlarda, gneyslarda xol-xol bo’lib joylashgan shakllarda bo’ladi. Odatda nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida kengroq miqdorda uchraydi. TSirkonning shaffof xamda rangi chiroyli xillari zargarlikda ishlatiladi.
Torit-ThSiO4. Uning xillari: oranjit-sarg’ish, qizil rangli shaffof xili. Uranotorit 10-16% gacha UO2 bo’lgan xili-makkintoshit. U tetrogonal singoniyali. Uning tashqi ko’rinishi tsirkonga o’xshash, ammo yaxshi kristallari kam uchraydi. Bahzan xol-xol donalar ko’rinishda nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida mavjud. Uning rangi qora, qoramtir, sariq va qizg’ish to’q sariq bo’ladi. CHizig’i to’q qora, yaltirashi shishadek, yog’langandek, qattiqligi 4,5-5, mo’rt, ulanish tekisligi yo’q, chig’anoqsimon yuzalar bo’yicha sinadi. Solishtirma og’irligi 5,4. U NSl da erib, kremnezyom xosil qiladi.
Torit ishqorli va nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral xolida uchraydi. U pegmatitlarda keng tarqalgan. Bahzan yuqori xaroratli gidrotermal jarayonlarda xam yuzaga keladi.
Topaz-AI[SiO4](F,OH)2. Nomi qizil dengizdagi Topazos orolidan kelib chiqqan. Tarkibida: Al2O3-62,0-48,2%, SiO2 3-28,2%, F-13-20,4%. H2O-2,45% gacha. U rombik singoniyali, uning yaxshi kristallari kam uchraydi, faqat bo’shliqlarda topiladi. Topazning yirik kristallari-25-32 kg pegmatitlarda topilgan (12-rasm). U ko’pincha pinakoid, dipiramidalar va boshqa shakllari ko’proq uchraydigan prizmatik qiyofalarda mavjud. U rangsiz, bahzan och sariq, somon sariq va och xavo rang, och pushti, kamdan-kam och qizil tuslarda bo’ladi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi –8. ulanish tekisligi (001) bo’yicha mukammal.

12-rasm. Topaz.

Uning solishtirma og’irligi 3,5-3,57. Topaz nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral, ammo ularning pegmatitlarida ko’p uchraydi. Bularda flyuorit, turmalin kvarts, berill, kassiterit, volg’framitlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalar xosil qiladi. Topaz ayniqsa greyzenlarda keng tarqalgan. U slanets, gneyslar oralaridagi yuqori xaroratli gidrotermal tomirlarda xam yuzaga keladi. Topazning yirik, shaffof rangi chiroyli kristallari bezak tosh xisoblanadi.


Disten-Al2[SiO4]yoki AI2O3. SiO3 yunoncha «Di»-ikki xil «stenos»-qarshilik ko’rsatuvchi, yahni ikki xil yo’nalishda ikki xil qattiqlikka ega.
Tarkibi: AI2O3-63,1%, SiO2-3.6 9%. U triklin singoniyali, «S» o’qi bo’yicha cho’ziq ustunsimon, bahzan yassi taxtachaga o’xshash kristallari yuzaga keladi. Uning rangi xavo rang, ko’k, bahzan yashil, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi yuzasi sadafdek yaltiraydi, qattiqligi yonida 7,5, ko’ndalang yo’nalishda 6. U mo’rt, ulanish tekisligi (100) bo’yicha mukammal solishtirma og’irligi 3,5-3,7.
Disten kristallangan slanetslar uchun tipomorf mineral xisoblanadi. U metamorfik jinslarda stavrolit va sillimanitlar bilan birga uchraydi.



Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling