Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti
Download 0.75 Mb.
|
yer osti suvlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Yer osti suvlarining geologik faoliyati. Shifobaxsh suvlar. Yer osti suvlarini muhofaza qilish.
- Yer osti suvlari
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INOVASIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOLOGIYA VA MUHANDISLIK GEOLOGIYASI FAKULTETI AMALIYOT HISOBOTI Mavzu: Yer osti suvlarining geologik faoliyati. Shifobaxsh suvlar. Yer osti suvlarini muhofaza qilish. Bajardi: 2-kurs (sirtqi) talabasi: Saydaliyev B. Qabul qildi:__________ Toshkent-2023 MUNDARIJA: I.Kirish. II. Asosiy qism 2.1. Yer osti suvlarining geologik faoliyati 2.2. Shifobaxsh suvlar 2.3. Yer osti suvlarini muhofaza qilish III.Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi. Kelib chiqishiga koʻra Ye.o.s. atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi. 2.1. Yer osti suvlarining geologik faoliyati E.o.s. tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Ye.o.s. chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Ye.o.s. ga boʻlinadi. Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taʼminlangan. U rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Ye.o.s. konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi (qarang Artezian suvlari). Yer osti suvlari - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi. Kelib chiqishiga koʻra Ye.o.s. atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi. E.o.s. tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Ye.o.s. chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Ye.o.s. ga boʻlinadi.Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taʼminlangan. U rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Ye.o.s. konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladii. Yer osti suvlarining tasnifi.Yer osti suvlarini xillarga ajratishda ularning hosil bo'lishi, yer ostida yotish holati, tarkibi va boshqalarga e’tibor beriladi. Yer osti suvlari paydo bo'lish sharoitiga (yer qatlamlarida uchrashiga) qarab uch xil: Yuza suvlar (verxavodka), grunt (sizot) suvlar, bosimli yoki artezian suvlarga bo'linadi. Suv o'tkazmaydigan qatlamdan ancha yuqorida vujudga kelgan suvlar yuza suvlar deb ataladi. Ular suv shimiluvchi qatlamlar orasidagi gil yoki soz tuproq ustida qum, qumoq jinslarda to'planadi. Yuza suvlar to'planuvchi qatlamning qalinligi 2-3 m dan oshmaydi. O'zbekistonda Qashqadaryo, Buxoro viloyati cho'llarida, ayniqsa Qizilqumda ko'p uchraydi. Bunday yer osti suvlari ko'pincha chuchuk bo'ladi, dashtlarda va cho'llarda ulardan aholini suv bilan ta’minlash maqsadida foydalaniladi..Grunt suvlari. Yer yuzasi bilan suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi suvlardir. Bu suvlar, odatda g’ovakli jins (qum, shag’al, lyoss) orasida ko'proq uchraydi. Bundan tashqari, qatlamli va serdarz jinslar orasida ham uchrab turadi. Grunt suvlarini o'tkazmaydigan qatlam ustida yana suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaganligi uchun bu suv joylashgan qatlam bilan uni suv bilan ta’minlovchi qatlam birdir. Grunt suvlarining sathi yer betidan har xil chuqurlikda yotadi. Yer osti suvlarining suv bilan to'yingan qatlam yuzasi yer osti suvlarining oynasi deyiladi. Suv bilan to'yingan qatlam suv saqlovchi qatlam deb ataladi. Grunt suvlarida bosim bo'lmaydi, chunki uning ustida suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaydi. Grunt suvlari pastqam joylarda (soy, jar, ariq) yer betiga sizilib chiqib qoladi. Yer osti suvlari yer yuzasiga chiqmagan joylarda quduq qazilganda ham yer osti suvlaridan ko'tarilishi, ularning umumiy sathidan oshmaydi. Bunga O'rta Osiyoda grunt suvlar yuzasini birlashtiruvchi quduqlar (kyariz) usuli misoldir.Yer osti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi. Yer osti suvlari tog’ jinslari orasidan ko'pincha nishab tomonga qarab sizib o'tadi. Rel'yefning bunday joylaridan yer osti suvlari buloq yoki sizot suv tarzida chiqib turadi. Bunday suvlar Sirdaryo viloyatidagi yangi o’zlashtirilgan joylarda ko'plab uchraydi..Sizot (grunt) suvlar tog’ jinslari orasidan sekin, lekin doim o'tib turadi. Ularning tezligi jinsning suv o'tkazuvchanligiga va yer osti suvini saqlovchi qatlamning qiyaligiga bog’liq, quyidagi formula bilan ifodalanadi.sinklinalning ikki suv o'tkazmaydigan qatlami orasidagi suv o'tkazuvchi qatlamga ko'p suv to'planishidan artezian suvi hosil bo'ladi. Artezian suvining hosil bo'lishi uchun suv o'tkazuvchi qatlamning yer yuziga chiqqan qismi shu qatlamning yer ostidagi qismiga nisbatan balandda bo'lishi shart.Sinklinal qatlamlarda hosil bo'lgan yer osti suvini burg’u qudug’i bilan qaziganda ikkita suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi suv otilib chiqadi. Toshkent mineral suvi xuddi shunday sinklinal qatlamda joylashgan bo'r davri dengiz qumi yotqiziqlari orasidan (1800-1850m chuqurlikdan) chiqmoqda.Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi. Tabiatdagi suvlar, jumladan yer osti suvlari nihoyatda erituvchanlik xususiyatiga egadir.Yomg’ir yerga tushguncha chang va gazlar bilan aralashib tarkibini o'zgartiradi. Oqar suvlarning bir qismi yer qatlamlar ostiga shimila boshlaydi va har xil tarkibli jinslardan o'tib, ularni qisman eritib, o’z tarkibini ham o'zgartiradi.Yer osti suvi tarkibiga qatlamlar tarkibi, ularning chuqurligi, yotish holati va boshqa omillar ham ta’sir ko'rsatadi. xiv.Yer qatlamlari orasidagi suvlar tarkibida erigan moddalarning miqdori juda xilma-xildir. Tabiatdagi hamma yer osti suvlari minerallanishi jihatidan to'rtta katta guruhga bo'linadi: 1. Chuchuk suv umumiy minerallanish 1 g/l gacha; 2. Sho'rroq - 1 g/l dan 10 g/l gacha; 3. Sho'r - 10 g/l dan 50 g/l gacha; 4. O'ta sho'r -juda ko'p minerallashgan suv, umumiy minerallanishi 50 g/l dan ko'p (200- 300 g/l). xv.Yuqorida ko'rsatilgan guruhlar yer osti suvlarining minerallanishi bir me’yorda bo'lmasligini ko'rsatadi. 1 l yer osti suvida 1 g tuz bo'lsa ichish uchun yaroqli hisoblanadi. Yer osti suvlarida har xil moddalar birikmasidan iborat ximiyaviy elementlar bo'ladi. Ximiyaviy element va birikmalardan ko'proq CaSO4, HCO3Na, Sa, Mg ba’zan NH4, Fe va Mn uchraydi. Gazlardan esa, erigan holatda SO2 kamdan-kam N2S bo'ladi.xvii.Mineral suvlar. Yer ostidagi va qavatlaridagi mineral va gazga to'yingan suvlar, odatda shifobaxsh hisoblanadi. Lekin yer osti mineral suvlarining hammasi ham shifobaxsh bo'lmaydi. Mineral suvlar tarkibida davolanish uchun zarur bo'lgan mineral elementlar bir xil miqdorda bo'lmay, ba’zilarida ko'proq ba’zilarida kamroq bo'ladi. Mineral suvlar tarkibida temir, mish'yak, radiy, brom, yod va bir oz gaz bo'ladi. Mineral suvlar tarkibiga qarabgina emas, balki, haroratiga qarab ham xilma-xil bo'ladi. xviii.Mineral suvlar, asosan, yosh tog’lar va vulqonli o'lkalarda ko'p uchraydi. Mineral suvlar tektonik harakat natijasida vujudga kelgan yer yoriqlari bilan va u yerdagi moddalarning o'zgarishi, aralashishi va bosimi bilan bog’liqdir. Yosh tog’li o'lkalarda, masalan, Kavkaz, Pomir tog’larida, Kamchatka va Kuril orollarida, O'zbekistonimizda ham mineral suvlar ko'p. Hozirgi vaqtda bunday mineral suvlardan tibbiyotda va sanoatda keng foydalanilmoqda. Tog’ jinslari orasidan asta-sekin o'tib boradigan suv sekin harakatlanishiga qaramay, sezilarli geologik ish bajaradi, yer osti suvlarining erituvchanlik xossasi orqali bo'ladigan ximiyaviy ishi ayniqsa sezilarlidir. xix.Tog’ jinslari orqali sizilib o'tayotgan mineral zarrachalarni va jinslarni eritib quyi qatlamga yoki yer yuziga olib ketishiga suffoziya deyiladi. Suffoziya jarayoni natijasida yer betida turli xil chuqurliklar hosil bo'ladi. 1 l yer osti suvida 300 g gacha har xil erigan tuzlar bo'ladi. Yer osti suvlarining tog’ jinslari tarkibidagi birikmalarini eritib olib ketishiga ishqorlanish deyiladi.Tog’ jinslari orasidagi tosh tuzi tez eriydi, agar suv harorati me’yorda bo'lsa, u 35 foizga qadar eriydi, shuning uchun tosh tuzi konlari faqat suv o'tib, yuvilib ketmaydigan qatlamlardagina saqlanib qolishi mumkin. Shuningdek, gips va angidrid, ohaktosh, bo'r, dolomit, mergel' jinslari ham suvda yaxshi eriydi. Yer osti suvlarida erigan minerallar bo'lganligidan ular turlicha eritish qobiliyatiga egadir. Sof distillangan 1 l suv CaSO3 (ohaktosh)ni 0,1 mg ini eritsa, tarkibida 1 mg/l karbonat angidrid bo'lgan 1 l suv 50- 60 mg/l erita oladi. Buning sababi SO2 gaziga to'yingan yer osti suvi N va ON ioniga ajraladi, natijada suvni erituvchanligi ortadi, bunda: SaSO2, N2O, SO2, Ca (NSO3)2 bu havoda turg’unsizligidan Ca(NSO3)2 – CaSO3 - N2O - SO ajraladi. xx.Yer osti suvida osh tuzi (NaCl) eritmasi ko'p bo'lsa, gips minerali 2,5-3,5 baravar ko'p eriydi, agar oltingugurtli magniy kislotasi bo'lsa, gips yaxshi erimaydi. Gipsli, ohaktoshli rayonlarda g’or va chuqurliklar vujudga keladi. Bularning diametrlari 100 m va bundan sal ortiqroq bo'ladi; ular yuza qatlamning yuvilishidan, erishidan, ba’zan o'pirilishidan ham vujudga keladi. Ohaktoshdagi voronkalar tagida yoriqlar hamda kanallarni uchratish mumkin, bular ponorlar deb ataladi. Yer qavatlari orasida ohaktoshni erishidan hosil bo'lgan bo'shliqlarni g’or (ungur) deyiladi. Karst voronkalari va g’orlar O'rta yer dengizi, Qora dengiz sohillarida. Uzoq Sharq hamda Ural (Perm' shahri)da ko'p. O'zbekistonda Qoratepa tog’ida, Surxon tog’larida, Piskom, Chotqol, Oloy tog’larida ko'p uchraydi. Bu g’orlar paleozoy ohaktoshlari orasida hosil bo'lgan. Ural tog’laridagi Kungur g’ori 1730 yillardan beri ma’lum, u Sil'va daryosining o’ng sohilida joylashgan. Bu g’orning uzunligi 46 km. G'or ohaktosh va dolomit jinslari orasida vujudga kelgan, g'orning ichida 30 ga yaqin ko'l bo'lib, eng kattasining maydoni 200 m2; chuqurligi 4-6 m. Ko'l suvi sathining balandligi Sil'va suvi sathiga bog’liqdir.xi.Suvda eruvchan tog’ jinslari (ohaktosh, dolomit, gips, qisman tuz, bo’r) ning yer osti (qisman yer usti) suvlari ta’sirida erib ketishidan hosil bo'lgan xilma-xil rel'yef shakllari karst rel'yefini hosil qiladi. Karst rel’yefi o'ziga xos rel'yef shakllaridan: karrlar, voronkalar, quduqsimon chuqurliklar, yer osti g’orlari va yo'lkalari, karst kotlovinalari va boshqalardan iborat. Karst rel'yef shakllarining vujudga kelishi uchun ko'pincha eruvchan jinslarning bo'lishigina kifoya qilmaydi. Karst rel'yefi hosil bo'lishida tog’ jinsi qatlamlarida suv o'tishi mumkin bo'lgan yoriqlarning bo'lishi, joyning nishabliligi, karst paydo bo'ladigan jinslarning qatlam qalinligi, grunt suvlari sathining past yoki yuqori bo'lishi muhim ahamiyatga egadir. Karst so’zi Bolqon yarim orolidagi Triyest shahri shimolidagi Karst ohaktoshli platosining nomidan olingan, sababi bu yerda karst xodisasi juda rivojlangan. Amerikaning Kentukki platosidagi g'or dunyodagi eng katta g’ordir. Bu g'orning uzunligi (shaxobchalardan tashqari) 48 km, balandligi 30 m. Karst yer yuzidagi oson eruvchi ohaktosh va bo'r jinslarida ham bo'lishi mumkin. Bular karr deb ataladi, ular chuqur o'yilgan jarga o'xshash qator-qator shakllardan iborat bo'ladi. Yon bo'shliqlaridan va darzlaridan shimilib o'tgan suvlar o'zi bilan birga eritmalarni olib ketadi va g’orlarda yuqoridan pastga osilib turuvchi sumalaklarni hosil qiladi. Suv bilan birga to'yingan ohak yoki boshqa xil eritmalar g’or shipidan chakillab tomib stalaktitni vujudga keltiradi, ayni vaqtda g’or tagidan yuqoriga o'sib chiqqan tomma- stalagmit deb ataladi. 2.2. Shifobaxsh suvlar Qadim zamonlardan beri tabiiy noorganik moddalar tibbiyotda turli maqsadlarda qo‘llanilgan. Mineral suvlarning ham samarali davolash usullari har doim eng muhim o‘rinni egallagan. Ko‘plab ertaklar, afsonalar va hatto xristian va islom dinining muqaddas kitoblarida ham suvning mo‘jizaviy kuchi haqida eslatib o‘tilgan. Dunyoning ko‘p joylarda muqaddas suvli buloqlar mavjud bo’lib, undan inson salomatilgini tiklashda keng foydalanib kelinmoqda. Yer osti suvlarini, jumladan mineral buloq suvlarini o‘rganish tarixining ham o’ziga xos jihatlari mavjud. Birinchi bo‘lib bundan 2000 ming yil ilgari yer osti suvlari va 12 buloqlarning paydo bo’lish sabablarini Rim arxitektori va injeneri Mark Vitruviy aniqlagan. O‘rta Osiyoda esa Abu Rayxon Beruniyning qarashlari ma’lum. Oktaviy Konstantinovich Lange (1883-1975) ni O‘rta Osiyo gidrogeologiya maktabining asoschisi [1;5-b.] sifatida bilamiz. Mineral buloq suvlaridan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida foydalanish tarixini ko‘rib chiqamiz. Qadimgi Yunonistondagi mineral suvlar. Qadimgi Yunonistonda mineral suvlar dorivor maqsadlarda keng qo‘llanilgan. Tibbiyot va farmatsevtika san’ati xudosi Asklepiy sharafiga ibodatxonalari (rimliklar uni Eskulapiy deb atashgan) shifoxona sifatida dong taratgan Asklepiy ibodatxonasi yaqinida Kori (Qrim) dan kelgan Yuliy Apellaning shifobaxsh loydan va mineral suvdan davolaganini hikoya qiluvchi yozuv adabiyotlarda topildi. Unga imperator Entoni davrida (miloddan avvalgi II-asrning 2-yarmi) mineral buloqda cho‘milish tavsiya qilinadi. Gretsiyada bu usullar oltingugurtli suvlar bilan davolashning dastlabki usullari edi. Qadimgi Rimning mineral suvlari. Qadimgi Rimliklar Yunonlardan mineral suvlarning shifobaxshlik xususiyatlari bilan davolashni o‘rgandilar. Rimliklar har bir mineral suv buloqlarining kelib chiqishini ilohiy kuchlarning ta’siri deb bilgan va ularni muqaddas deb hisoblashgan. Eng mashhur mineral suvli buloqlari Vezuviy vulqoni yaqinida joylashgan bo’lib, aksariyati termal (issiq) suvlardir. Pliniy Elderning yozishicha, Rimda 600 yil davomida suvni tozalashdan tashqari, mineral suvlarning tasnifini, bemorlarni mineral suv bilan davolash usulini ishlab chiqdi. Rim yerlarida mineral suvlardan dorivor maqsadlarda foydalanilgan 80 ga yaqin aholi punktlari mavjud bo‘lgan [3; 9-b.]. Bolgariyaning mineral suvlari. Balneologiya uzoq tarixga ega Bolgariyada ko‘plab arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, gidroterapiya eramizdan avvalgi 4-5 ming yilliklarda mavjud bo‘lgan (Hisoriy, Sofiya yaqinidagi gidrotermal markazlar, Xaskovodagi vannalar). Balneoterapiyaning gullab-yashnashi uchun asos frakiyaliklar tomonidan qo‘yilgan. Issiq buloqlar joylashgan joylarda quyidagi Kyustendil, Serdika (Sofiya), Sapareva kabi shaharlar qurilgan. Rim imperiyasi davrida balneologiya va issiq buloqlar bilan davolash eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Yangi balneologik markazlar sifatida Augusta (Hisaryo), Desudava (Sandanski), Toansos (Sliven mineral vannalari), Germopolis (Burgasdagi mineral vannalar) va boshqalar rivojlanmoqda. Pautalia va Augusta (Avgusta) Rim imperiyasidagi eng yirik markazlar hisoblangan. Bizning hududlarimizda ham qadimgi balneologik kurortlar mavjud bo‘lgan. Ulardan biri Hisor balneologik kurortidir. Dam olish maskanida IV asrga oid bo‘lib, qal’a devorlari va lotin yozuvli hammom saqlanib qolgan. O‘rta asrlarda eng ko‘p tashrif buyurilgan balneologik markazlar Hisarya, Sapareva Banya, Merichleri, Vergietslar edi. Bu maskanda X asrning o‘zidayoq odamalrning turli kasalliklari davolangan. 13 Vengriyaning mineral suvlari. Davolashda Vengriya poytaxti Budapeshtdagi mineral suvlardan foydalanish bundan 2000 yillar oldin boshlangan. Aquincum issiq buloqlari (rimliklar shaharni shunday atashgan) butun Rim imperiyasiga ma’lum edi. Budapeshtdagi eng qadimiy kurortlardan biri Gellertfürd 1556 yilda qurilgan. Balatonfüder balneologik kurortining rasmiy ochilishi 1708 yil hisoblanadi, o‘shanda birinchi hammom binosi qurilgan. Paradfurde balneologik kurortiga asos solingan 18-asrning o'rtalarida 1925 yilda mineral suvlar negizida Hajduszoboszlo tashkil etilgan [3;10-b.]. Bundan ko‘rinib turibdiki, mineral suvlardan samarali foydalanish bo’yicha Yevropa mintaqasida joylashgan mamlakatlarda tajriba anchagina katta ekanligidan dalolatdir. Ruminiyaning mineral suvlari. Ruminiyaning eng yirik balneologik kurorti Kelimenestida Rim vannalarining qoldiqlari topilgan. 1873 yilda Kelimenesti mineral suvlari Venadagi xalqaro mineral suvlar ko‘rgazmasida namoyish etildi. 1770 yilda Borchekning mineral buloqlaridan olingan suv shishaga solingan va sotish uchun Vena va Budapeshtga eksport qilingan. 1760- 1837 yillarda buloqlarning birinchi tibbiy tavsifi paydo bo‘lib, ular dorivor maqsadlarda qanday ishlatilganligini ko‘rsatadi. 1873 yilda xalqaro Venada mineral suvlar ko'rgazmasi, mineral suvlar oltin medal bilan taqdirlandi. Germaniyaning mineral suvlari. Asrlar davomida Germaniyadagi yirik mineral buloqlarda davolash markazlari shakllana boshladi. Bu markazlar keyinchalik Vichi, Baden, Visbaden, Baden-Baden, Axen deb nomlandi. Axenning buloqlari Markaziy Yevropadagi eng issiq buloqlar hisoblanadi. Ularning shifobaxshlik xususiyatlari ma’lum va mashhur bo’lgan. I asr oxirida rimliklar asos slogan Akve Grani posyolkasi va mineral buloqlarning suvini hammom uchun ishlatgan. Baden-Baden mineral suvlari eramizdan avvalgi I asrda dorivor maqsadlarda ishlatilgan. XVIII asrdan boshlab “Kurort” tushunchasi (nemischa “kur”-davolash va “ort”-joy) muomalaga kirdi va u tabiiy shifobaxsh omillar ta’sirida davolanish amalga oshiriladigan hududni belgilay boshladi. XX asr boshlarida Germaniyada 600 ta kurort bor edi va Italiya bilan birga Fransiya esa kurort biznesi eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirdi. Polshaning mineral suvlari. Polshadagi eng qadimgi kurort-Rabka hisoblanadi. Rabkaning natriy xloridli buloqlari XII asrdayoq mashhur bo‘lgan. 1857 yilda Polsha Fanlar akademiyasining balneologik qo‘mitasi Rabka qa’rida joylashgan sho‘r suvlarning yuqori shifobaxshlik xususiyatlarini asoslab berdi va tasdiqladi. XIII asr oxirida esa mineral suvli buloqlar yonida birinchi ibtidoiy balneologik muassasalar qurilgan. Dushniki mineral karbonli buloqlar tarixi haqidagi ma’lumotlar 1468 yilga borib taqaladi. 1769 yilda bu yerda birinchi tibbiy muassasalar qurilgan. XVI asrdan boshlab Londek kurorti mashhur bo‘lib, u yerda subtermal, radon, chuchuk, kremniyli suvlar bilan davolash boshlangan. Schavno mineral buloqlari birinchi marta K. Shvendfeld tomonidan 1601 yilda tasvirlangan. "Экономика и социум" №11(102)-2 2022 www.iupr.ru 14 Biroq, kurortning paydo bo‘lishining boshlanishi 1776 yil deb hisoblanadi. Mazkur hududda dastlab, mineral suvlarni idishlarga quyish va ularni kurortdan tashqariga olib chiqishni tashkillashtirilgan. Krinitsa mineral buloqlari haqidagi ma’lumotlar XVIII asrga oid bo‘lsada, buloq suvining birinchi kimyoviy tahlili 1814 yilda Fisher tomonidan amalga oshirilgan. 1807 yilda bu yerda birinchi balneologik klinika qurilgan. Birinchi jahon urushidan oldin Krinitsa Polshaning eng yaxshi kurortlaridan biri hisoblangan. Chexiya Respublikasining mineral suvlari. Chexiyadagi dam olish maskanlarining aksariyati uzoq tarixga ega. Karlovi kurorti butun dunyoda mashhur hisoblanadi. Shahar tashkil etilganining aniq sanasi ma’lum emas, doimiy aholi punktining paydo bo'lishi taxminan 1350 yilga to‘g‘ri keladi. O‘rta asrlardan XVI asr oxirigacha Karlovi Vari kurorti davolash, asosan cho‘milish tartib-qoidalaridan ishlab chiqilgan. Ichish tartibini qo‘llash shifokor Vatslav Paer tashabbusi bilan amalga oshirila boshlandi, u 1522 yilda Lipskda Karlovi Varini davolash bo'yicha birinchi maxsus kitobni nashr etdi. Unda u hammom protseduralari fonida va terapevtik vositalardan foydalanishni tavsiya qildi. Marianske Lazne kurortidagi mineral buloqlar 13-asrdan beri ma’lum bo‘lib, kasbiy kasalliklar, semirish, qandli diabetni davolashda suvdan foydalanishga katta e'tibor berilgan. Birinchi tahlil 1760 yilda A. Strinchi tomonidan qilingan. Dam olish maskanining yaratilishining boshlanishi 1808 yil birinchi balneologik klinika qurilgan yil hisoblanadi. Ko‘pgina yirik kurort binolarining qurilishi 19-asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi [3; 14-b.]. Slovakiyaning mineral suvlari. Mamlakatdagi eng qadimgi kurort Luhakovitse hisoblanadi. U bir necha asrlar davomida dorivor maqsadlarda ishlatilgan ko‘plab karbonli buloqlari bilan mashhur. Piestany kurorti esa 1571 yildan beri ma’lum bo‘lib, issiq buloqlarining birinchi tibbiy tavsifi paydo bo‘ldi. 1813 yilda yog‘och binolar o‘rniga toshdan kurort binolari qurilishi boshlandi. Italiyaning mineral suvlari. Italiyada mineral suvlardan foydalanish tarixi bir necha ming yillik tarixga ega. Abano-Tarme mineral suvlari qadimgi Rimda Aponium posyolkasi tashkil etilganda ishlatilgan. Dam olish maskanining tiklanishi XIII asrda boshlangan. Hozir u Yevropadagi eng yirik loydan tozalash kurortlaridan biri hisoblanadi. Acireale kurortida mineral suvlar qadim zamonlardan beri ishlatilgan. Buyuk Britaniyaning mineral suvlari. Vanna Buyuk Britaniyadagi termal buloqlarga ega eng qadimgi va yagona kurortdir. Vannaning asos solingani afsonada Lud Hadibrasning o'g'li Bloodudga va eramizning 863 yilda qirol Lir 16-ning so’zidan kelib chiqqan. Vanna 18-asrda ayniqsa mashhur bo‘ldi.a. Buxtonning mineral suvlari qadimgi Rim imperiyasi davridan beri ma’lum. O‘rta asrlarda dam olish zonasi yaroqsiz holga kelgan. XVI oʻrtalarida Vannalar qayta tiklandi. XVIII asr oxirida mineral suv sanoat usulida olina boshladi. Markaziy Osiyo davlatlarining mineral suvlari. Markaziy Osiyo davlatlarida dunyoga mashhur bo‘lgan mineral suvli buloqlar mavjud. Markaziy Osiyo davlatlari hududidagi mineral suvli buloqlar tarkibida yod, brom, litiy, bariy, temir va boshqa gazlar uchraydi. Mineral suvli buloqlarning asosiy qismi Tyanshan va Pomir tizma tog‘larining etaklarida joylashgan. Chimyon, Uchqizil, Omonxona (O‘zbekiston), Obishifo, Xo‘jaobigarm (Tojikiston), Issiqota, Jetiog‘iz (Qozog‘iston) kabi mineral suvli buloqlar shular jumlasidandir. Markaziy Osiyo davlatlarida mineral buloqlarni xususan yer osti suvlari bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar XX asrda olib borilgan. O‘zbekiston hududida dastlabki tadqiqotlar G‘.O.Mavlonov tomonidan amalga oshirilgan. U O‘zbekiston yer osti suvlarini, ayniqsa, yer osti shifobaxsh suvlarini o‘rganish hamda seysmologiyaga oid tadqiqotlar olib bordi. 1963 yilda S.M.Mirzayev va A.I.Islomovlarning “Toshkentoldi rayoni yer osti suvlari va tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari” nomli monografiyasi chop etildi. O‘zbekistonda gidrogeologiya sohasida juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilgan. Garchand sohalar bir biridan farq qilsada, o‘rganish obyektining bir biriga yaqinligi bilan bog‘liq hisoblanadi. N.N.Xojiboyev, A.N.Sultonxo‘jayev, A.S.Hasanov, I.Otajonov, A.Nizomov singari olimlarning ishlari shular jumlasidandir [4;7-b.]. Kasalliklarni davolashda mineral suvlar tarkibi, organik moddalar va mikroelementlar hisobga olinadi. Mineral vannalarning organizmga ta’sirini ta’minlovchi asosiy omillaridan biri-suvning haroratidir. Harorat teri termoreseptorlariga ta’sir etib, qon aylanish sistemasida reflektor o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi va organizmda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Issiq vannalar terida va surunkali yallig‘lanish o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa asab sistemasining yallig‘lanish kasalliklarini davolovchi asosiy omil hisoblanadi. Organizmga ko‘p miqdorda issiqlik kirib, oksidlanish jarayonini uyg‘unlashtiradi. Zararli moddalarni organizmdan chiqarib yuborib, himoya kuchini oshiradi. Masalan, sulfidli vannalar muolajasidan keyin bemor terisida organizmga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatuvchi tuz qatlami hosil bo‘ladi. Bu mineral suvlarning bemorlarga ham termik, ham mexanik ta’sir ko‘rsatishini bildiradi. Suvning harorati va muolaja davomiyligi kasalliklarning xususiyatiga ko‘ra bekgilanadi. Teri kasalliklarida mineral vannalarning harorati 34-36ºC, davomiyligi 10-15 minut, tayanch harakat a’zolari, asab, me’da-ichak va ginekologik kasalliklarda esa harorat 36-37ºC. davomiyligi esa 10-12 minut qilib belgilanadi. Tayanch harakat a’zolarining og‘ir kechadigan kasalliklarida va tomir toraytiruvchi endoartiritda harorat 38ºC, vaqt esa 10-12 minutdan iborat bo‘ladi. Tromboflibet, trofit, yara va osteomilitda mineral vannalar (qo‘loyoqqa) 38-39ºC haroratda, 10-15 minutdan tavsiya etiladi [5]. 16 Mineral suvning foydalari shubhasizdir. Sog‘lom ovqatlanish esa go‘zallikni harakatlantiruvchi kuchidir. Ushbu ichimlik tarkibida ko‘plab foydali moddalar mavjud. Mineral suv oshqozon-ichak kasalliklarini mukammal davolaydi. Bunday holda, suvni ovqatlanishdan 10-15 daqiqa oldin ichish kerak. Bundan tashqari, ushbu ichimlik ortiqcha vaznni engishga va yoshlikni saqlashga yordam beradi. Shuning uchun ham mineral buloqlar yuzasidan mukammmal va keng qamrovli tadqiqotlarni o‘tkazish dolzarb bo‘lib qolaveradi. 2.3. Yer osti suvlarini muhofaza qilish Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling