Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Download 1.67 Mb.
bet2/33
Sana14.05.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1461377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
geologiya edu print (2)

Tuproqlar geografiyasi tuproqshunoslikning eng muhim bo‘- limi hisoblansa-da, u tuproqshunoslik bilan geografiyaning tutashu- vida vujudga kelgan bo'lib, tuproqqa oid mavjud xossalarning aksa- riyatini tabiiy sharoit bilan bog'langan holda, tuproqni tabiatning o‘ziga xos muhim komponenti sifatida talqin etadi, tuproq muho- fazasiga geografik yondoshadi. Umuman tuproqlar geografiyasi - tuproqlami Yer sharida tarqalish qonuniyatlari to‘g'risidagi fandir.

2.Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari
Tuproqshunoslikda Dokuchayevning genetik tamoyillariga asos- langan tuproq-geografik tadqiqotlar Rossiya va sobiq ittifoq hudud- larida keng quloch yoza boshladi, natijada tuproqlar geografiyasi alohida tabiiy — ilmiy fan darajasiga erishdi. Birinchi tuproq geografiyasi kafedrasi XX asming 20-yillarida S.S.Neustruev bosh- chiligida Leningrad (Sankt-Peterburg) davlat universitetida tashkil etildi, olim tomonidan „Tuproqlar geografiyasi elementlari” nomli birinchi darslik yaratildi (1930-1931). 1939-yilda Moskva davlat universitetining geologiya-tuproqshunoslik fakultetida, 1946-yilda Voronej universitetida ham „Tuproqlar geografiyasi” kafedralari tash­ kil etildi. Ushbu kafedralarning tashkil etilishi bilan tuproqshunoslar va geograflar uchun muntazam darsliklar chop etila boshlandi.Demak, ko‘rinib turibdiki „Tuproqlar geografiyasi” tabiiy- ilmiy fan sifatida paydo bo'lganiga bir asr bo'libdi. Fan — bu tartibga va tizimga kcltirilgan bilimlar majmuasi bo‘lsa, har qanday bilimlar ikki tarkibiy qismlardan iborat bo'ladi: obyekt va usul (metod). Obyekt - bu tushunarli: gap nima haqida ketmoqda, nima tadqiq qilinadi. Usui esa - bu obyekt qanday o‘rganiladi demakdir.
Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, „Tuproqlar geografiyasi”ning
tadqiqot obyekti - bu tuproq qoplami, aniqrog‘i tuproqlarning tarqalishi va ulaming sabablaridir.
Tuproqlar geografiyasining asosiy vazifasi tuproq qoplamining zonal-regional hamda landshaft-ekologik xususiyatlaridan kelib chiqib undan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari hamda amaliy tavsiyalami ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni navbatma-navbat yechishda qishloq, o‘rmon va yer resurslaridan foydalanuvchi boshqa xojaliklarni har xil masshtabdagi tuproq xaritalari va tuproq-geografik hamda ekologik rayonlashtirish xaritalari bilan to‘liq ta’minlash taqozo etiladi.


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling