Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati
H—3 nivelirini tekshirish
Download 1.06 Mb.
|
Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati
H—3 nivelirini tekshirish. Nivelirni ishlatishdan oldin uning quyidagi geometrik shartlarni qanoatlantirishi tekshiriladi:
Doiraviy adilak o‘qi nivelir aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak, ya’ni ZZ¢ JJ¢. Ko‘targich vintlar orqali doiraviy adilak pufakchasi adilak qutisidagi doira markaziga keltiriladi va nivelir yuqori qismi 180° ga buriladi. Pufakcha o‘rtada qolgan bo‘lsa, shart bajarilgan bo‘ladi, aks holda pufakcha og‘gan qismining yarmi markazga adilak tuzatkich vintlari bilan, qolgan yarim ko‘targich vintlar bilan keltiriladi. Tekshirish nazorat uchun takrorlanadi. Iplar to‘rining ufqiy ipi nivelir aylanish o‘qiga perpendikular bo‘lishi kerak (HH¢ JJ ¢). Iplar to‘rining o‘rtadagi ipi nivelirdan Nivelirning asosiy shartini tekshirish. 25—30 m naridagi yaqqol ko‘rinadigan nuqtaga yo‘naltiriladi va truba sekin-asta surilganda to‘r ipi tanlangan nuqtadan tashqariga chiqmasa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda to‘rni truba korpusi bilan mahkamlaydigan vinti bo‘shatilib, iplar to‘ri halqasi buraladi. Trubaning ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi kerak (VV¢ UU¢). Bu asosiy geometrik shartni tekshirish uchun uzunligi 50— 75 m bo‘lgan chiziq uchlari joyda qoziqlar bilan mahkamlanadi, ular oldinga nivelirlash usulida to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda nivelirlanadi. Agar ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lmasa, b sanoqqa x xatolik kiradi to‘g‘ri yo‘nalishda nivelirlashda: 1 1 h = i - ( b - x ) . teskari yo‘nalishda nivelirlashda: 2 2 h = ( b - x ) - i . tenglamalarni yechib, topamiz: x = b1 b2 - i1 i2 . 2 2 x ning qiymati 4 mm kichik bo‘lsa, shart bajarilgan hisoblanadi. 2 Aks holda elevatsion vint yordamida to‘rning o‘rtadagi ipi b = b - - x sanoqqa yo‘naltiriladi, buning evaziga adilak pufakchasi o‘rtadan chiqib ketadi. Adilak tuzatkich vintlari 8 yordamida pufakcha qaytadan o‘rtaga keltiriladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling