Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati
YER EGRILIGI VA TIK (VERTIKAL) REFRAKSIYANING NIVELIRLASH NATIJALARIGA TA’SIRI
Download 1.06 Mb.
|
Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati
YER EGRILIGI VA TIK (VERTIKAL) REFRAKSIYANING NIVELIRLASH NATIJALARIGA TA’SIRIFormulani keltirib chiqarishda boshlang‘ich sathiy sirt EF tekislik, A va B nuqtalarga o‘rnatilgan reykalar esa o‘zaro parallel va atmosferada yuradigan CD nur to‘g‘ri chiziqli deb qabul qilingan edi. Haqiqatda esa reykalar A va B nuqtalardagi sathiy sirtlarga perpendikular. Agar sathiy sirtni sfera deb qabul qilinsa, B nuqtaning A nuqtadan nisbiy balandligi. h = BC = MA - N B kesmani tashkil etadi. A va B nuqtalarda tik (vertikal) qo‘yilgan reykalardan MA va NB sanoqlarni hosil qilish uchun gorizontal qarash nurlarining PA va QB sanoqlarini Yer egriligi uchun tegishlicha k1 = PM va 2 k = QN tuzatmalar ayrilishi kerak. Bunday sharlarda h = BC nis- biy balandlik 2 bo‘ladi. Dh= s 2R h = ( P A - k ) - ( QB - k ) formulaga binoan yer egriligi uchun tuzatma: Dh= k » S 2 . 2R Ammo OP va OQ qarash nurlari nivelir va reyka orasidagi o‘z yo‘lida har xil zichlikdagi atmosfera qatlamlari bilan uchrashadi va ular orqali o‘tishda sinib, refraksiyali deyiladigan egri chiziq- ni ifodalaydi. Shu sababli PA va QB sanoqlar o‘rniga haqiqatda reykadan mA va nB sanoqlarni olamiz. Pm va Qn kes- malar A va B nuqtalar turgan reykalar bo‘yicha sanoqlarga ref- raksiya uchun tuzatma bo‘ladi, kuzatilayotgan narsalar refraksiya ta’sirida o‘z holatidan ko‘tarilibroq ko‘rinadi, bunga botib bo‘lgan Quyoshning qizarib ko‘rinib turishi misol bo‘ladi. 2 Kuzatishlardan refraksiya uchun tuzatma o‘rtacha yer egriligi uchun k tuzatmaning Dh= S 2R formula bo‘yicha taxminan 16 %ni Refraksiya uchun tuzatma yer egriligi uchun tuzatmani ka- maytiradi, shu sababli. Yer egriligi va refraksiya uchun tuzatmani ifodalaydigan mM va nN kesmalar f = k - r bo‘ladi, bu formulaga k va r o‘rniga ularning formulalardagi qiymatlari qo‘yilsa, quyidagiga ega bo‘lamiz: f = 0, 42 S Nivelir nivelirlanuvchi nuqtalarning aniq o‘rtasiga o‘rnatilsa, 2 1 f - f farqni nolga teng deb qabul qilish mumkin. Shu sababli geometrik nivelirlash, asosan, o‘rtadan usulida olib boriladi. Ol- dinga nivelirlash esa ayrim hollarda daryo, jarlik va boshqa to‘siq- lardan balandlik uzatishda qo‘llaniladi. Agar formulaga Yer radiusi sonli qiymati va S masofa- ning qiymati yuzlab metrlarda qo‘yilsa, f ning millimetrlarda ifo- dalangan qiymatini hisoblash uchun qulay formulaga ega bo‘lamiz: fmm = 0,66S 2 (yuzlab metrlarda). Agar S = 100 m bo‘lsa, f = 0,66 m, agar S = 400 m bo‘lsa, f = 10,6 mm. O‘rtadan nivelirlashda Yer egriligi ta’siri to‘la kompensatsiya- lanadi, refraksiya ta’siri sezilarli darajada kamayadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling