Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari. Geometrik nivelirlash


Download 0.57 Mb.
bet1/3
Sana05.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1168071
  1   2   3
Bog'liq
Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari


Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari. 

Geometrik nivelirlash - ikki nukta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash. Nivelir asbobi bilan gorizontal chiziq oʻtkazish orqali bajariladi. Bunda/4 va V — joydagi nuqtalar. / — asbob gorizonti. Nivelir reykalari nul tomoni bilan balandlik belgisi ustiga qoʻyiladi. Nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik h=a— b ifodasidan topiladi (a, b — orqadagi va oldindagi reykalardan olingan sanoqlar).
Asbob va refraksiya xatoliklarini kamaytirish maqsadida nivelirlash ikki nuqta oʻrtasidan amalga oshiriladi.
Nivelirlash usullari.
Nuqtaning balandligini o‘lchash yoki nivelirlash yo‘li bilan yer yuzidagi nuqtalarning bir- biriga yoki boshlang‘ich deb qabul qilingan satxiy yuzaga nisbatan balandligi aniqlanadi.
Qo‘llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo‘linadi:


  1. Geometrik nivelirlash.

  2.  Trigonometrik nivelirl

  3.  Barometrik

  4.  Mexanik

  5.  Gidrostatik

  6. Radio nivelirlash

  7. Stereofotogrammetrik nivelirlash


Geometrik nivelirlash.
Bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo‘yicha reykalardan bevosita sanoq olish yo‘li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirdan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi, nivelirlashning boshqa turlariga qaraganda aniqroq topiladi.
Geodezik tayanch nuktalarini va plan olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, turli masshtabda plan olishda, injenerlik inshootlarining loyihalarini tuzishda, bu inshootlarni qurishda, shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik injenerlik inshootlarining cho‘kishi va deformatsiyasini aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda geometrik nivelirlash qo‘llaniladi. Nivelirlash metodi va asboblari nuqtalar balandligining qanchalik aniq o‘lchanishi zarurligiga qarab tanlanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling