Geometriya asoslarining tarixiy sharhi. Evkilidga qadar boʻlgan geometriya. Evkilidning ʼʼNegizlarʼʼ asari” Bajardi


II- BOB. GEOMETRIYA ASOSLARINING TARIXIY SHARHI.EVKILIDGA QADAR BOʻLGAN. ASOSIY GEOMETRIK TUSHUNCHALAR


Download 72.26 Kb.
bet6/10
Sana13.04.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1354337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Komiljonova Dilrabo

II- BOB. GEOMETRIYA ASOSLARINING TARIXIY SHARHI.EVKILIDGA QADAR BOʻLGAN. ASOSIY GEOMETRIK TUSHUNCHALAR


2-1-§. Geometriya — geometrik shakllarning xossalari haqidagi fan
Fazoning hamma tomonlaridan chegaralangan qismi geometrik jism deyiladi. Geometrik jism uni qamrab olgan fazodan sirt vositasida ajralib turadi. Sirt haqida dastlabki tasavvurni qog‘oz varag‘i berishi mumkin. Varaq fazoning bir qismini ikkinchisidan ajratadi, lekin u qandaydir qalinlikka ega bo‘lganligidan, sirt ham bo‘ladi. Shu sababli sirt deganda, qalinligi doimo (cheksiz) kamayib boradigan qog‘oz varag‘i tushuniladi. Sirtning ikkita qo‘shni sohasining umumiy qismi chiziq deb ataladi. Shuningdek, chiziqni ikkita sirtning kesishishi deb ham aytish mumkin. Sirt holida bo‘lgani kabi, bu chiziqlar ham qalinlikka ega bo‘ladi, lekin geometrik chiziqlar qalinlikka ega emasligi ma’lum. Chiziqning bir qismi qo‘shni qismidan nuqta bilan ajraladi. Nuqtaning biron-bir o‘lchovi yo‘q. Nuqtalar, chiziqlar, sirtlar va jismlarning ixtiyoriy majmuasi shakl deb ataladi. Bunda birorta tanlab olingan nuqtaning holatlari majmuasi sifatida qaraladigan shakl nuqtalarning geometik o‘rni deyiladi. Geometrik shakllarni fazoda hech qanday o‘zgartirmasdan (ularni qisish yoki cho‘zishlarsiz) harakatlantirish (siljitish) mumkin. Agar ikkita shaklning barcha nuqtalari bir-birining ustiga tushsa, ular teng shakllar deyiladi. Geometriya shakllarning xossalari va ular orasidagi munosabatlarni o‘rganadi. O‘rganish natijalari ma’lum bir tasdiqlar ko‘rinishida ifodalanadi. Tasdiqlar geometriyada ikki qism: shart va xulosadan iborat bo‘ladi. Shartda shakl haqida barcha berilgan ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi, xulosada berilgan shartdan hosil qilinadigan xossalar keltiriladi. Masalan, „Agar o‘zaro tenglarga tenglar qo‘shilsa, yana tenglarni olamiz“ tasdig‘ida „Agar o‘zaro tenglarga tenglar qo‘shilsa“ qismi — shartdan, „yana tenglarni olamiz“ qismi — xulosadan iborat. Geometriyada tasdiqlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: aksiomalar va teoremalar. Isbotsiz qabul qilinadigan (o‘z-o‘zidan ravshan) tasdiqlar — aksiomalar, qolgan barcha tasdiqlar esa teoremalar deb ataladi va ular, albatta, isbotlanishi shart. Isbotlashning mohiyati — teorema shartlariga asoslangan holda xulosada keltirilgan xossalarni isbotlashdan iboratdir. Berilgan tasdiqqa teskari tasdiq deb, sharti berilgan tasdiqning xulosasi bilan ustma-ust tushadigan tasdiqqa aytiladi va aksincha. Teoremadan bevosita kelib chiqadigan tasdiq natija deb aytiladi. BC to‘g‘ri chiziqning ixtiyoriy A nuqtasi uni ikkita AC va AB qismlarga bo‘ladi. To‘g‘ri chiziqning bir tomonidan chegaralangan qismi nur deb ataladi. Nurni chegaralovchi nuqta uning boshi deyiladi, boshi umumiy bo‘lgan va bir-birini to‘g‘ri chiziqqacha to‘ldiradigan nurlar to‘ldiruvchi nurlar deyiladi (1.2- chizmada AC va AB nurlar). 2- §. Nuqtalar va to‘g‘ri chiziqlar Tekislikda nuqtalar va to‘g‘ri chiziqlar asosiy geometrik obyektlar hisoblanadi. To‘g‘ri chiziqlar a, b, c, ... kabi kichik lotin harflari bilan, nuqtalar esa A, B, C, ... kabi bosh lotin harflari bilan belgilanadi. 2.2- chizmada A va C nuqtalar a to‘g‘ri chiziqqa, B, C, D nuqtalar esa b to‘g‘ri chiziqqa tegishlidir. C nuqta esa ham a to‘g‘ri chiziqqa, ham b to‘g‘ri chiziqqa tegishlidir. Bu holda a va b to‘g‘ri chiziqlar C nuqtada kesishadi deyiladi, C nuqta esa a va b to‘g‘ri chiziqlarning kesishish nuqtasi bo‘ladi. Nuqta va to‘g‘ri chiziqning asosiy tegishlilik xossalari aksiomalarda o‘z ifodasini topgan. 1- aksioma. Istalgan to‘g‘ri chiziq uchun unga tegishli bo‘lgan nuqtalar ham, unga tegishli bo‘lmagan nuqtalar ham mavjud. 2- aksioma. Istalgan ikkita har xil nuqta qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ulardan o‘tuvchi yagona to‘g‘ri chiziq mavjud. 2.1- chizma. • • • 17 Berilgan ikkita A va B nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq AB kabi yoziladi. Ikkita har xil to‘g‘ri chiziq bittadan ortiq umumiy nuqtalarga ega bo‘la olmaydi. Agar ikkita to‘g‘ri chiziq ikkita umumiy nuqtalarga ega bo‘lsa, ular ustma-ust tushadi. Berilgan uchta nuqtadan to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkinmi? Bu ishni hamma vaqt ham bajarib bo‘lmas ekan. Agar berilgan uchta nuqta 2.3- a chizmada ko‘rsatilganidek joylashgan bo‘lsa, A, B va C nuqtalardan to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. Bu holda A, B va C nuqtalar to‘g‘ri chiziqqa tegishli deyiladi. Agar A, B, D nuqtalar 2.3- b chizmadagi kabi joylashgan bo‘lsa, ular orqali bitta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin emas. A va C nuqtalar B nuqtaning turli tomonlarida yotganligi ma’lum. Bu holda, B nuqta A va C nuqtalar orasida joylashgan deb ham aytiladi. 3- a k s i o m a. Berilgan to‘g‘ri chiziqning uchta har xil nuqtasidan biri qolgan ikkitasining orasida yotadi. To‘g‘ri chiziqda A va B nuqtalar berilgan bo‘lsin. To‘g‘ri chiziqning A va B nuqtalar orasida yotgan barcha X nuqtalari to‘plami (unga A va B nuqtalar ham kiradi) AB kesma A va B nuqtalar esa kesmaning uchlari (oxirlari) deyiladi. Agar tekislikda AB kesma va a to‘g‘ri chiziq berilgan bo‘lsa, a to‘g‘ri chiziq tekislikni ikkita α va β yarimtekislikka bo‘ladi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling