Geologiya fanining bo’limlari - Tarixiy geologiya - yer paydo bo’lgandan to shu davrgacha hosil bo’lgan yer po’stining rivojlanish tarixini o’rganadi.
- Paleontologiya - yer qatlamlarida saqlanib qolgan toshga aylangan hayvon-o’simlik (flora-fauna) qoldiqlarini tekshiradi.
- Geotektonika - yer po’stining tuzilishini yoki undagi strukturalarning tarqalish va rivojlanish tarixini o’rganadi.
- Geomorfologiya - yer yuzidagi relьef shakllarini, ularning paydo bo’lish va rivojlanish sabablarini tekshiradi.
- Paleogeografiya - yer yuzida qadimgi davrlarda bo’lib o’tgan tabiiy geografik sharoitni o’rganadi.
- Gidrogeologiya - yer osti suvlarini hosil bo’lishi va qatlamlar orasida tarqalishini hamda xalq xo’jaligidagi ahamiyatini o’rganadi.
- Injenerlik geologiyasi - yer osti suvlari ta’siridan yer qatlamlarida sodir bo’ladigan tabiiy o’zgarishlar va tog’ jinslarining fizik (qurilish sohasida) xossasini o’rganadi.
-
Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar - Geologiya fani asosan quyidagilarni o’rganadi:
- 1) Yer qatlamlari tarkibini, xossa va xususiyatlarini.
- 2) Yerning ichki va ustki qismida sodir bo’ladigan xodisa va (protsesslarni) jarayonlarni, ularning rivojlanish qonunyatlarini.
- 3) Yer ustki ko’rinishi o’zgarish jarayonlarini xamda yer qobig’ini tashqil qiluvchi tog’ jinslar qatlamlarini, ularning yotish xolatlarini, yotqizilish sharoitlarini, qalinliklarini, shu qatlamlarda uchraydigan xayvon, o’simlik qoldiqlarini taxlil qilib o’rganish, xulosa chiqarish natijasida ana shu tog’ jinslar qatlamlari yoshini aniqliligi.
- 4) Yer qobig’i qatlamlarini va ana shu qatlamlarning paydo bo’lish bilan bogliq bo’lgan yer osti boyliklarini kishilik jamiyati manfaatlari uchun foydalanish yo’llarini o’rganadi. Geologiya fanining o’zoq o’tmishi, rivojlanishi taraqqiy etishi qishilarning bu fanga bo’lgan munosabatlarining doimo o’zgarib, o’sib borishi bu fanning bir qancha mustaqil fanlarga ajralishiga olib keldi. Bu fanlar quyidagilardan iborat:
- 1. Tarixiy geologiya 2. Mineralogiya 3. Kristollografiya 4. Petrografiya 5. Geotektonika 6. Paleontologiya 7. Geofizika 8. Geoximiya 9. Geomorfologiya 10. Foydali qazilmalar geologiyasi 11. Seysmologiya 12. Gidrogeologiya 13. Injenernaya geologiya 14. Umumiy geologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |